Geografiya o'qitish metodlari


Geografiya o’qitish metodikasi fani quyidagilarni o`rganadi


Download 58 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi58 Kb.
#1513882
1   2   3   4
Bog'liq
GEOGRAFIYA O\'QITISH METODLARI

Geografiya o’qitish metodikasi fani quyidagilarni o`rganadi.

  • Maktab geografiyasining ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini (nima uchun o`qiymiz?)

  • Maktab geografiya ta’limining mazmunini (nimani o`qitamiz?)

  • Geografiya ta’limining shakl va metodlarini (qanday o`qitamiz?)

  • Geografiya o`qitish vositalarini (nima yordamida o`qitamiz?)

Maktabda geografiya fanini o`qitish jarayonining tarkibiy qismlari mavjud. Ular quyidagilardan iborat:

  • Geografiya fanini o`qitish maqsadlari.

  • Maktab geografiya ta’limining mazmuni.

  • Geografiya fanini o`qitish metodlari.

  1. Geografiya fanini o`qitish va o`rganishning tashkiliy asoslari.

  2. Sinfdan va maktabdan tashqari geografiya ta’limining asosiy mazmuni.

  3. Geografiya ta’limining vositalari.

Maktabda o`quv jarayonining yuqorida sanab o`tilgan tarkibiy qismlari o`rtasida o`zaro bog’liqlik mavjud. Geografiya o`qitish metodikasi fani xuddi mana shu bog’liqlik qonuniyatlarini o`rganadi.
Pedagogika fanining ta’lim jarayoni bilan bog’liq qonuniyatlarini didaktika fani o`rganadi. Fanlarni o`qitish metodikalari esa didaktika fani qonuniyatlariga asoslanadi. Geografiya o`qitish metodikasi fanini shartli ravishda ikki qismga ajratish mumkin.
1. Umumiy metodika - geografiya fanini o`qitishning umumiy qonuniyatlarini, ta’limni tashkil etish shakl va metodlarini, o`quv jarayonining asosiy bosqichlarini, o`quv vositalarini va hokazolarni o`rganadi va tadqiq qiladi.

  1. Xususiy metodika - har bir sinfda o`qitiladigan geografiya fani bilan bog’liq qonuniyatlarni o`rganadi va tadqiq qiladi.

Geografiya o`qitish metodikasi fani sohasida ko’p yillik tadqiqot o’tkazgan yirik mutaxassis olimlar A.V. Darinskiy, I.S. Matrusov, L.M. Pancheshnikova, A.E. Bibiklarning xizmatlarini ta’kidlab ko’rsatish lozim.
Geografiya o`qitish metodikasi fani quyidagi vazifalarni hal qiladi:

  • Maktabda o`qitiladigan geografiya kurslarining mazmunini belgilaydi;

  • Maktab geografiyasiga qo`yilgan davlat talablari mazmunini o`rganadi;

  • Geografiya darslarining tiplari, ularni tashkil etish bosqichlarini o`rganadi;

  • Geografiya ta’limida qo`llaniladigan o’qitish metodlari va usullarini o’rganadi;

  • Geografiya ta’limida qo`llaniladigan o`quv vositalarining tarkibi va amalda qo`llash yo`llarini o`rganadi;

  • Maktab geografiya xonasi, geografiya maydonchasi va o`lkashunoslik muzeylarini jihozlash tartibini o`rganadi;

  • Geografiyadan sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar mazmunini o`rganadi.

Geografiya o`qitish metodikasi fani oldida hal qilishi lozim bo`lgan quyidagi ta’limiy muammolar mavjud:

  1. Geografiya ta’limini o’lkashunoslik tamoyili asosida o`rganish va amalda qo`llash yuzasidan bajariladigan istiqbolli rejalarni tadqiq qilish.

  2. Geografiya darslarini yangi pedagogik texnologiya asosida samarali tashkil etish yo`llarini belgilovchi yo’nalishlarni o`rganish.

  3. Davlat ta’lim standartlari asosida o`quvchilar bilim, ko`nikma va malakalarini sifat darajasini o`rganib undagi bo`shliqlarni mazmunan to`ldirish yo`llarini belgilash.

  4. Geografiyaga oid darslik, dastur, karta va boshqa o`quv vositalarining yangi avlodini ishlab chiqish yuzasidan tavsiyalarni berish.

  5. Geografiyaga doir sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni ilmiy jihatdan to`g`ri tashkil etishning nazariy - pedagogik asoslarini ishlab chiqish.

Geografiya o`qitish metodikasi fani uzoq shakllanish tarixiga ega. Chunki bu fan bevosita geografik bilimlarning shakllanishi bilan bog’liq. Geografik bilimlar ibtidoiy jamoa tuzumidan shakllandi va rivojlandi. Tosh davrida ham ibtidoiy odamlar o’zlari yashab turgan uylari atrofini o`rganishi zarur bo’lgan. Chunki ular yashashi uchun oziq - ovqat va boshqa moddiy boyliklarni faqat atrof - muhitdan yig`ib olishgan. Geografiyani juda qadim zamonlarda kundalik xalq ehtiyojlari oqibatida paydo bo`lgan desak xato qilmaymiz.
Geografik bilimlar mukammallasha borgani sari insonlar o`z sayohatlarini, xotiralarini, yurishlarini oddiy chizmalarda aks ettirganlar va shu tariqa geografik kartaning yaratilishida asos bo`luvchi fakt va ma’lumotlarni to`plaganlar. Qadimgi Rim, Misr, O’rta Osiyo kabi davlatlarda geografik bilimlar birmuncha taraqqiy etgan. Birinchi marta “Geografiya” atamasini qo`llagan grek olimi Erotosfen 2 tomli “Geografiya” nomli asarni yozgan. Shu tufayli ham uni “Geografiyaning otasi” deb aytiladi.
Mashhur geograf, tarixchi Strobon ham 17 tomli “Geografiya” nomli asarini yozadi. Unda mamlakatshunoslik haqidagi bilimlar yaqqol aks etgan. Eng muhimi antik davr olimlarining Yer to`g`risidagi fikrlarini umumlashtirib bergan.
Qadimgi dunyoning eng mashhur astronom va geograflaridan biri Ptolomey ham geografiya faniga salmoqli hissa qo’shgan. U 8 tomdan iborat “Geografiya” nomli asar yozgan. Ayniqsa, Ptolomey tuzgan kartalar birmuncha mukammal bo’lgan. Uning kartalaridan bir necha yuz yillar davomida foydalanib kelingan.
Ayniqsa, O`rta Osiyodan yetishib chiqqan Muhammad al – Xorazmiy va

Download 58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling