Geografiya ta'limida qo'llaniladigan metodlar tasnifi reja


Download 248.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana05.04.2023
Hajmi248.84 Kb.
#1275890
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
GEOGRAFIYA TA\'LIMIDA QO\'LLANILADIGAN METODLAR TASNIFI

bilim olish metodlari” va “Olingan bilimlarni qayta tiklash 
metodlari” ga ajratish ham mumkin. Har bir ta’lim metodi bir-
biri bilan bog`liq bo`lgan ta’limiy va tarbiyaviy tomonlar bilan 
birlashib turadi.
Ko`pchilik pedagoglar ta’limda faol va sust metodlarni ham 
ajratadilar. Bu unchalik to`g`ri yo`l emas. Chunki barcha 
metodlar ham o`rnida to`g`ri qo`llanilsa, o`quvchilar faoliyatini 
faollashtirishi mumkin. 
O`quvchilarning bilish faoliyati ko`pgina omillarga, xususan, 
o`quv materialining murakkablik, nazariy bilimlar hajmi, 


sinfning darajasi, o`quvchilarning mustaqil ishlarini qay 
darajada bajara olish qobiliyati va boshqalarga bog`liq. 
Har bir metod ijobiy va salbiy tomonlarga ega. M:hikoya va 
ma’ruza metodlarini qo`llash shu paytda yaxshi natija beradiki, 
qachonki o`quvchilarda bilim olishga ishtiyoq kuchli bo`lsa. 
Yoki muammoli hamda tadqiqot metodlarini qo`llash, uni 
uyushtirish uchun ko`p vaqt, o`qituvchilardan esa kuchli bilim 
talab 
etadi. 
Biror 
metodni 
tanlagan 
paytda 
albatta 
o`quvchilarning bilish qobiliyati, aqliy darajasi, ta’lim vositalari 
bilan ta’minlanganligi e’tiborga olinishi kerak.
Ta’lim metodlari samaradorligini oshirish hozirgi sharoitda 
dolzarb vazifalardan biridir.Bir yoki bir necha metodni afzal 
ko`rish yoki bilish qiyin. Bunga har tomonlama yondashish 
zarur. Ta’limdagi muvaffaqiyatni ta’lim metodlari tizimi 
ta’minlaydi. Metodlarning har biri o`ziga xos afzalliklarga ega. 
U yoki bu tushunchani o`quvchi ongida shakllantirishda har bir 
metodning o`ziga xos o`rni bor. 
Ta’lim 
metodlarida 
o`qituvchining 
qiyofasi, 
uning 
dunyoqarashi, ruhiy pedagogik , uslubiy va maxsus ilmiy 
tayyorgarligi aks etgan bo`ladi. Xuddi ana shu omillar ta’lim 
metodlari samaradorligini belgilaydi. Muayyan metodga yaxshi 
tayyorgarlik ko`rmagan o`qituvchida shu metodning o`zi salbiy 
jihatlarini ham namoyon qilishi mumkin, shu sababli ta’lim


metodlarini samaradorligini oshirish uchun o`qituvchining 
tayyorgarlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Metodlarni 
noto`g`ri tanlash o`quvchilarning bilim va ko`nikmalarini sust 
egallashga sabab bo`ladi. Demak ta’limda universal metod yo`q. 
Shu tufayli ham o`qituvchi faqat bitta metoddan foydalanib 
dars o`tmaydi. Bunday bo`lishi mumkin emas. Geografiya 
ta’limining eng muhim xususiyati shundan iboratki, o`qituvchi 
aksariyat darslarni o`tishda og`zaki bayon metodlarini qo`llaydi 
va samarali natijalarga erishadi .
Geografiya ta’limida kartalarni rasmlarni tanlashda 
izchillikning bo`lmasligi ham bilimlarni sustlashtiradi. Masalan 
VII-sinfda “Afrika tabiat zonalari” mavzusida o`quvchilar 
ekvatorial 
o`rmon, 
savanna 
sahro 
kabi 
tushunchalarni 
egallashlari kerak. Bunda dastlab o`qituvchi o`quvchilarda 
yuqoridagi tabiat komplekslarining tasvirini o`quvchilar ko`z 
o`ngida gavdalantirish, so`ngra esa uni kartadagi o`rni bilan 
bo`lsa, hududiy komplekslar turli-tumanligi haqida o`quvchilar
zarur bilimga ega bo`ladilar.
Quyidagi geografik bilim manbalariga ko`ra o`qituvchi va 
o`quvchi faoliyati asosida eng ko`p qo`llaniladigan geografiya 
ta’limi metodlarini ko`rib chiqamiz .


Download 248.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling