Geografiya test
Download 430.63 Kb.
|
Geografiya test-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-MAVZU: O`quvchi tarbiyasiga zamonaviy yondashuv. Asosiy so’z va tayanch tushunchalar
Adabiyotlar
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch.-T.: «Ma’naviyat», 2008 y. Adizova T.M. Boshqaruv muloqoti psixologiyasi. –Toshkent, 2000 y. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari.-T.: «O’qituvchi», 1994 y. Anikeev N.P. Jamoada ruhiy muhit. –T.: “O’qituvchi”, 1993 y. Qoplonova M., Avlaev O. Boshqaruv psixologiyasi.-T., 2004 y. Qoplonova M. Pedagogik jamoadagi shaxslararo munosabatlar.–T., 1995 y. Mixeev V. Sotsialьno-psixologicheskie aspekti upravleniya. –Moskva, “Molodaya gvardiya”, 1975 g. V.Petrovskiy. tahriri ostida. Psixologicheskaya teoriya kollektiva.- Moskva: “Pedagogika”, 1979 g. Qoplonova M., Avlaev O.U. Rahbar shaxsining psixologik jihatlari. –T., 2006 y. Adizova T.M. Boshqaruv muloqoti psixologiyasi. – T., 2000 y. Rasulova M. A. O’qituvchi shaxsini psixologik himoya mexanizmi.- «Xalq ta’limi», 2001 yil, 1-son. Qudratullaev H.S. va boshqalar. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «O’zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’li», «Asosiy maqsadimiz-yurtimizda erkin va obod, farovon hayot barpo etish yo’lini qat’iyat bilan davom ettirishdir» hamda «Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash-barcha islohot va o’zgarishlarimizning bosh maqsadidir» nomli ma’ruzalarini o’rganish bo’yicha tavsiyalar.- T., 2008 y. 4-MAVZU: O`quvchi tarbiyasiga zamonaviy yondashuv. Asosiy so’z va tayanch tushunchalar: Didaktik qobiliyat, akademik qobiliyatlar, perseptiv qobiliyatlar, nutq qobiliyati , tashkilotchilik qobiliyati, kommunikativ qobiliyat, avtoritar qobiliyat, diqqatni taqsimlay olish qobiliyati, pedagogik xayol qobiliyati. Maktab o’quvchisining ma’naviy qiyofasini tarkib toptirish paytida uning shaxsiy tajribasini shanday yo’lga qo’yish kerakki, bu tajriba ijtimoiy axloq me’yor va qoidalarini o’zlashtirib olish uchun qulay zamin yaratsin. Shaxsiy tajriba va ijtimoiy talablar bir-biriga ta’sir ko’rsatib turgan vaqtda o’quvchi shaxsini tarkib toptirish jarayonida bolada uning xatti-harakatlarini hamisha xarakatga keltiruvchi motivlarga aylanib qolgan e’tiqod va ideallar tizimi yuzaga keladi. Ana shu asosda shaxsning axloqiy barqarorligi, ya’ni odamning o’zi o’zlashtirgan prinsiplariga va ularga mos keladigan xatti-harakatiga har qanday sharoitda sodiq bo’lib qolish qobiliyati paydo bo’ladi. O’quvchi tushib qolgan axloqiy-emosional muhitga e’tibor berish, o’qituvchida turli axloqiy tasavvurlar mavjudligi paytida unda axloqiy xislar hamda istaklarni tarkib toptirish va taraqqiy ettirish maktab tarbiyaviy ta’sirining muhim psixologik shart-sharoitlaridan biridir. Biroq, faqat shuning o’zini bilish kifoya qilmaydi. E’tiqod-shunday bilimlar, qoidalar, muloxazalar, fikrlardirki, ular o’zlarining haqiqatligiga, shubxasizligiga, ishonarligiga chuqur ishonish hamda xissiy kechinish bilan bog’liqdir. E’tiqod-tushunilgan, faxmlab olingan narsagina emas, balki chuqur tarbiyalash uchun o’quvchi ta’sirlanadigan ijobiy misolga ega bo’lgan ( bevosita, yoki «badiiy»-kino, teatr, adabiyot yoki nihoyat, tarbiyachining jonli, yerkin, obrazli va emosional so’zi) kamol topib borayotgan odamning shaxsiy boyligiga aylanib bo’lgan, kishinining o’zi uchun xatti-harakatlar, ishga bo’lgan o’ziga xos axloqiy bilimlar, ularga berilgan baho, kechinmalar va istaklarning yig’indisiga aylanib qolgan taqdirdagina axloq qoidalari xatti-harakatlarning emosional motivlariga aylanadi. Axloqiy ongni tarkib toptirishning eng muhim yo’li o’quvchilarning o’zlarida to’g’ri xulq-atvorni yuzaga keltirish bilan axloqiy tajribani boyitish va umumlashtirish yo’lidir, albatta. O’quvchilardagi axloqiy bilimning turli-tuman shakllari, ularning ongi va xis-tuyg’ulariga jonli, yorqin otashin so’zning ta’siri bu ishni ancha to’ldirishi mumkin. Muayyan prinsiplar ishlab chiqilgan bo’lib, axloqqa doir suxbatlar o’sha tamoyil asosida tuzilishi kerak. Bu tamoyil quyidagilardir: 1.Axloqqa doir suxbatlar mazmuni jihatidan tegishli yoshdagilarga tushunarli bo’lishi lozim. Mavhum va abstrakt tushunchalar, murakkab muloxazalar bilan toliqtirib qo’yishga yo’l qo’yib bo’lmaydi. 2.Odatda, suxbat o’tkaziladigan jamoani, uning yo’nalishini, bu jamoa a’zolarining o’zaro munosabatlarini o’qituvchiga, o’qish va boshqalarga munosabatini yaxshi bo’lish zarur. 3.Bunday suxbatlarni nixoyatda tez-tez utkazib turmaslik darkor. Agar suxbatlar aniq sabablar bilan, mamlakat yoki jamoa hayotidagi biror voqeaga, masalan, oktyabr revolyusiyasining qatnashchilari bilan, qaxramonlar bilan uchrashuvlarga, yangi kitob yoki kinofilm chiqqanligiga, maktab hayotida yuz bergan biror ijobiy yoki salbiy vokeaga to’g’rilab o’tkazilsa, juda yaxshi natija beradi. 4.Suxbatni yorqin, yaxshilab tanlab olingan aniq misollarni, hayotiy voqealar yoki adabiy asarlardagi faktlarni hamda kuzatishlarni taxlil qilishdan boshlab, umumlashtirish hamda xulosalar chiqarishga o’tish tavsiya etiladi. 5.Emosional tarzda keltirilgan, yorqin va ta’sirchan obrazga oqilona tayanish (nafis san’atdan, adabiyot asarlaridan foydalanish, kinofilmlar yoki teatr asarlariga jamoa bo’lib borish yoxud ularni jamoa bo’lib eslash) zarur. 6.O’quvchilarning ongiga singdiriladigan qoidalarning yaxshilab asoslab berilishi, isbotlangan bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Bu hamma narsani tushunib olishga va buning oqibatida dalil qabul qilishga, oqilona isbotlarga rozi bo’lishga qodir bo’lgan o’smirlar va katta maktab yoshidagi o’quvchilar bilan suxbat o’tkazish paytida juda muhimdir. 7.O’quvchilarda maksimal aktivlik uyg’otish, jonli ravishda fikr almashish istagini uyg’otish, ularning fikrini avj oldirish va o’zlarini axloq masalalari ustida o’ylab ko’rishga majbur qilish zarur. 8.O’quvchilarda chuqur va ta’sirchan emosiyalarni uyg’otishga intilish lozim. Bunda o’qituvchi suxbatni befarq va shavq-zavqsiz emas, balki emosional tarzda jonli qilib o’tkazganidagina erishish mumkin. O’qituvchi o’zining extirosli e’tiqodi o’smirlarga yuqishini unutmasligi darkor. O’smirlarning o’zlari xis etadigan tuyg’ularni taxminan quyidagi shaklda anglab olishlariga erishish juda muhimdir: «Nima uchun bu xodisa menda shunchalik g’azab va nafrat uyg’otadi?» «Nima uchun men bu xatti-harakatdan shunchalik xayratlandim?». O’qituvchi, tarbiyachi o’quvchilarning o’z-o’zidan tarbiyalashiga rahbarlik qilishda to’rtta vazifani ko’zda tutishi kerak. Birinchi vazifa-o’quvchida – o’quvchida o’zida shaxsning ijobiy xislatlarini taraqqiy ettirishga va o’z xulq-atvoridagi yomon tomonlardan xalos bulishga istagini uyg’otish. Ana shundan ikkinchi vazifa-o’quvchiga o’z shaxsiga tanqidiy munosabatda bo’lishda, o’z xulq-atvoridagi xususiyatlarni diqqat bilan va odilona tushunib olishda, o’z kamchiliklarini yaqqol ko’rishda, o’z nuqsonlarini faxmlab olishda yordamlashish vazifasi kelib chiqadi. O’z-o’ziga baho berish, bu bahoning obyektivligi yoki subyektivligi shaxsning tarkib topishi jarayonida muhim rol o’ynaydi. Uchinchidan, o’qituvchi, tarbiyachi o’z-o’zini tarbiyalash programmasini tuzishda, shaxs xulq-atvori xislatining qaysi xususiyatlarini (masalan, o’zini ushlay bilish, qat’iylik va shuning singarilarni) taraqqiy ettirish, qaysilariga (masalan, o’jarlik, yalqovlik, qo’pollikka) barxam berish kerakligini belgilab, hamda xal qilib olishda o’quvchiga yordam beradilar. Xuddi shu yerda shaxs sifatlarini to’g’ri va obyektiv baholashda, ularni kelib chiqish sabablari hamda mazmuni jihatidan baholashda ham o’quvchilarga ko’maklashish muhimdir. Nihoyat, to’rtinchi vazifa-o’qituvchi, tarbiyachi o’z-o’zini tarbiyalashning oqilona yo’llarini ko’rsatib beradilar, o’quvchini shaxsning ijobiy xislatlarini tarkib toptirish va kamchiliklarga barxam berishga oid eng maqsadga muvofiq va samarali ishlash usullari bilan qurollantiradilar. Agar o’z-o’zini tarbiyalash o’quvchilar jamoasining rahbarligi va nazorati ostida amalga oshirilsa, juda yaxshi natija beradi. Agar jamoaning o’zi o’z a’zosiga qat’iy talablar qo’ysa va ularning bajarilishini muntazam ravishda nazorat qilib tursa, bu xol o’quvchini o’z ustida ishlashga nihoyatda rag’batlantirib yuboradi. Pedagogik faoliyatning tuzilishi: O’qituvchining o’ziga xosligi faqatgina uning har tomonlama pedagogik faoliyatidagi fazilatlari bilan bog’liqdir. O’qituvchi faoliyati o’zaro komponentlardan iborat. Pedagogik faoliyatning 3 komponenti farqlanadi: konstruktiv, kommunikativ va tashkilotchilik. Konstruktiv komponenti. Tashkilotchlik komponenti. Kommunikativ komponent. O’qituvchilarning ta’lim oluvchilarga nisbatan 5 xil emmosional munosabatni o’z ichiga oladi: ijobiy emosionallikning sustligi, salbiy emosionallikning aktivligi, salbiy emosionallikning sustligi va har xilligi. O’qituvchidagi emosional xilma-xillik o’quvchilarga nisbatan shubhali va salbiy yo’naltirilgan bo’ladi, bu sentimental va o’quvchilarni asossiz kengaytiradi, bu esa sinfda bir-biriga nisbatan asabiy va va notekis munosabatlarni keltirib chiqaradi. Pedagogik faoliyatning kommunikativ tomoni barcha pedagogik jarayonlarni o’z ichiga oladi. Darsda yangi materialni tushuntirishda o’qituvchining emosional uzatishi o’quvchilarda bilimni yaxshi o’zlashtirishga yordam beradi. Yakka tartibdagi yondoshuv insonning kommunikativ faoliyatining bir tomoni bo’lib uning ishdagi yutug’ini belgilab beradi. O’qituvchi o’quvchidagi o’ziga xos xususiyatlarini sezishi va bilishi kerak, unga nima yordam beradi-yu, nima xalaqit qiladi. O’quvchining sustligi uning temperamenti bilan boђliљ bo’lib, o’qituvchidan takt va sabr-bardoshlikni va anatomofiziologik xususiyatlarning o’ziga xosligi, nutqdagi kamchiliklar mavjud bo’lgan o’quvchilarga alohida e’tiborni talab etadi.O’quv faoliyatidagi har bir dars jarayonining bosqichi va ayniqsa so’roq o’tkazilishida oldindan o’ylangan rejalashtirilgan muloqot imkoniyatlarini talab qiladi. Gapni bo’lmay tinglashni bilish, o’z vaqtida yuzaga kelgan savolni berish, javobni haqqoniy baholash, ta’lim oluvchilarga subyektiv munosabatda bo’lmaslik, pedagog shaxsining o’quvchiga nisbatan ijobiy ta’sirini belgilab beradi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, boshlang’ich sinfda o’qituvchining faoliyatida konstruktiv va tashkilotchilik komponentlari emas, balki kommunikativ komponentlari muhim ahamiyatga ega. Bu esa o’qituvchida o’quvchilarga nisbatan ijobiy yoki salbiy stereotiplarni munosabatlarini keltirib chiqarib, bu o’qituvchida xulq-atvorini o’zgartirish va analiz qilishni talab qiladi. A.I. Sherbakov yuqorida sanab o’tilgan komponentlardan tashqari, pedagogik faoliyatning quyidagi to’ldiruvchi tomonlarini ochib bergan. Bu axborotli tomoni (materialga ega bo’lish va uni mahoratini yetkazish); rivojlantiruvchi (o’quv shaxsining yaxlit holda rivojlanishiga yo’naltirish); harakatlantiruvchi (ta’lim oluvchilarga aqliy faoliyatlarini faollashtirish va ularni mustaqilligini rivojlantirish mo’ljallangan (shaxsni motiv va ideallariga yo’naltirish); izlanuvchan (pedagogik jarayondagi ijodiy izlanishlar), o’z malakasini oshirish va o’z mahoratini joimiy ravishda takomillashtirish. Pedagog kasbi uchun shaxsiy xususiyatlar ko’lami juda muhim hisoblanib, o’qituvchida pedagogik faoliyatida va xuddi shu vaqtning o’zida uning yutuqlarini ta’minlashda anglash va faoliyat yuritish birligi shakllangan bo’lishi kerak. Pedagogik qobiliyat. Psixologik tadqiqotlarda aniqlanishicha, o’qituvchining shaxsida shaxsiy xislatlar va bilim, malaka, ko’nikmalar sintezi paydo bo’lar ekan. Shuning uchun ham har bir pedagog o’zining psixik xususiyatlarni chuqur anglashi natijasida o’zining tarbiyasi bilan shug’ulanishga olib keladi.O’sib kelayotgan avlodni ta’lim-tarbiyasining muvaffaqiyati birinchi navbatda quyidagi xususiyatlarga, ya’ni mustaqillik ruhini ongiga singdirish, ma’naviy xislatlar va erkin emosionallikni shakllantirish va pedagogik yo’naltirish tanlangan kasbga nisbatan muhabbat va sadoqatni o’yg’otish kabilarga bog’liqdir. O’qituvchi faoliyati uchun hamda boshqa turdagi faoliyat mutaxassislari uchun diqqatning barqarorligi, mustaqil fikrlash, dadillik kabi umumiy qobiliyat muhim ahamiyatga ega. Biroq boshqa turdagi sohalarda ham pedagogik faoliyatda haqiqiy muvaffaqiyat bo’lishi pedagogik qobiliyatning rivojlanishiga bog’liqdir. Mazkur faoliyat orqali individual psixik xususiyatlarni muvaffaqiyatni egallanishiga yordam beradi.Pedagogik qobiliyat: Pedagogik qobiliyat inson-jismoniy yoki ruhiy hayotini tizimga solish to’plamidir. Bugungi kunda o’qituvchining psixologik xususiyatlarini shaxsiy fazilatlarini chuqur o’rganish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Pedagogika-psixologiya fanlaridan o’qituvchining kasbiy tayyorgarligiga layoqatiga, shuningdek, shaxsiy sifatlarini shakllantirish masalasiga oid tadqiqot ishlarini qo’llashi keskin ravishda ortadi. O’qituvchining harakter xislatlari, pedagogik qobiliyatlari, uning iqtisodiy ko’nikma va malakalari unda tarbiyachilik mahoratida tarkib toptirishi shartlari o’rganilmoqda. O’qituvchining kasbiy sifatlarini shakllantirishining mexanizmlari va qonuniyatlarini kashf qiladigan maxsus ilmiy izlanishlar salmog’i tobora ortib bormoqda. Kasbiy tayyorgarlikka oid taraqqiyotlarda, o’quvchilarida o’qituvchilik kasbiga tayyorgarlikka oid, motivlari, o’quvchlar pedagogik yo’nalishni tarkib toptirish, tarbiya jarayonining ilmiy-nazariy muammolari o’qituvchilik mahoratini egallashining psixologik manbalari, pedagogik qobiliyatlarini rivojlantirish xususiyatlarini, o’qituvchi va o’quvchilarni hamkorlik faoliyati, pedagogik muloqotlik psixologik asoslari olib borilmoqda. Psixolog prof E.G’oziyev tomonidan tavsiya etilgan zamonaviy o’qituvchining pedagogik qobiliyat qirralari quyidagilardan iborat. 1.Didaktik qobiliyat (Oson yo’l bilan murakkab bilimlarni tinglovchilarga tushuntirish uquvchanligi) o’quv materialini aniq tushunarli qilib o’quvchilarga yetkaza bilish bolalarda fanga nisbatan qiziqish uyg’ota olish, ularning mustaqil fikrlashlarini faollashtirish, v) o’quvchilarni yangi tushunchani izlashtirishga tayyorlash, ularning har birining tayyorgarlik darajasini bilish. g) ta’lim-tarbiya jarayonida har bir bolaning o’ziga xosligidan kelib chiqqan holda, individual yondashish, mazmunini bolalar imkoniyat, ehtiyoj va tayyorgarlik darajalari bilan muvofiqlashtira olish. 2.Akademik qobiliyat (Barcha fanlar yuzasidan muayyan bilimga ega bo’lishlik). o’zi dars beradigan fanning ilmiy-nazariy asoslarini mukammal bilish mutaxassisligi bo’yicha fan yangiliklarini doimiy ravishda o’zlashtirib, o’zining nazariy tayyorgarlik darajasini muntazam ravishda o’stirib borish v) o’z fani bo’yicha ijodiy izlanish, kichik bo’lsa-da, ilmiy tadqiqot ishi olib borish (tajriba- sinov, dastur, darsliklar ustida ishlash). 3.Nutqiy qobiliyat (ixcham, ma’noli, ohangdor, muayyan ritm, temp, chastotaga ega bo’lgan nutq, nutqning jarangdorligi, uning pauza, mantiqiy urg’uga rioya qilish). 4.Perseptiv qobiliyat (qisqa daqiqalarda auditoriya holatini idrok qila olish fazilati). o’quvchilarning ichki xis-tuyg’ularini, ruhiy holatlarini xis qilish, sezish psixologik kuzatuvchanlik v) bolalarga hamdard bo’lish 5.Tashkilotchilik qobiliyati (sinf, guruhi yoki jamoani uyushtirish, faoliyatni rejalashtirish, hamkorlik, o’z-o’zini nazorat qilish ko’nikmalarini shakllantirish). 6. Obro’ga (nufuzga) ega bo’lishlik qobiliyati (o’zining shaxsiy xususiyati, bilimdonligi, aql farosatliligi, mustaqil irodasi bilan obro’ orttirish uquvchanligi). 7.Muomala va muloqot o’rnata olish qobiliyati. 8.Psixologik tashxis (diagnoz) qobiliyati (insonning kelajagini oqilona tasavvur qilishidan iborat bashorati). 9.Diqqatni taqsimlash qobiliyati (bir necha obyektlarga bir davrning o’zida o’z munosabatini bildirish uquvi) 10.Iymon-e’tiqodga, faol hayotiy pozisiyaga yo’naltirish qobiliyati. 11.Tashabbusga, ijodga ilhomlantirish qobiliyati. 12.Aqli donishlik qobiliyati (bilimdonlik). 13.Konstruktiv qobiliyat (o’quv-tarbiya ishlarini rejalashtirish va natijasini oldindan aytish qobiliyati). 14.Gnostik qobiliyat (tadqiqotga layoqatlilik qobiliyat)lari shakllangan bo’lishi lozim. 15. Kommunikativ qobiliyati. (darsni rejalashtirish) 16 Pedagogik xayol (bashorat qiilsh) Reproduktiv (yangi materiallarni bolalar ongiga yetkazish). Adaptivlik (moslashish) Xulosa sifatida shuni ta’kidlash lozimki, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdek muhim, oliyjanob vazifalarni bajarayotgan, ijodiy faoliyati bugungi kun talab darajasiga javob beradigan o’qituvchining qobiliyati, xususiyati, xislati, fazilatlari hamda mahoratining amaliy ishda, pedagogika sohasida tajriba orttirish jarayonida tarkib topadi hamda taraqqiy etadi. Shu bilan birga o’qituvchi o’z malakasini oshirish, o’z malaka, ko’nikma va malakalarini doimiy ravishda oshirishga erishmog’i lozim. Buning uchun: Zamonaviy pedogog o’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayoning yuqori saviyadagi qobiliyat va mahorat bilan boshqarishida yakka-tarzda o’quv-tarbiya ishlarini tashkil qilishi lozim. Har bir o’quvchi shaxsini ruhiy dunyosini va tashqi ta’sirlarga munosabatlarini hisobga olishi lozim. O’quvchi yoshlardagi yosh davrlari va psixologik taraqqiyoti, qiziqishi, layoqati, qobiliyatiga e’tibor berishi zarur. O’quvchi shaxsiyati, o’quvchi va o’qituvchining o’zaro yakka tarzidagi munosabatlarining ma’naviy nuqtai nazarda saviyasini yuqoriligi; O’qituvchi tomonidan yoshlarning sog’lom aqliy intilishlarini qo’llab-quvvatlash. 6.Pedagogik jamoa va o’quvchilar guruhlaridagi sog’lom psixologik iqlimni yaratish; 7. O’quvchilardagi mavjud ijobiy hislatlarni taraqqiy ettirish; 8.O’quvchilarning hulq-atvorida ana shunday xislatlarni yuzaga keltirish; 9.O’quvchining o’quv-tarbiya jarayonidagi ijobiy hatti-harakatlarini o’z vaqtida rag’batlantirish; 10.O’quvchilarning ijodiy tafakkurini shakllantirish; Ishlarini o’z oldiga maqsad qilib qo’yishi lozim deb bilamiz. Ana shu mezonlar orqali o’z oldimizga qo’ygan ulkan vazifani, ya’ni komil insonni tarbiyalash yo’lidagi ta’limiy va tarbiyaviy ishlar samarali kechishi ta’minlanadi . Yuqorida ko’rsatib o’tilgan qobiliyatlardan tashqari o’qituvchi inson shaxsining maqsad sari intilishi uddaburonlik, mehnatsevarlik, kamtarlak kabi qator insoniy xislatlarga ega bo’lishi lozimdir. Pedagogik qobiliyat- bu qobiliyat turlaridan biri kishning pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug’ullana olishi aniqlab beradi. Pedagogik qobiliyatning tuzilishi qanday? quyida bu masalani kurib chiqamiz. Uzoq yillar olib borilgan tadqiqotlar, pedagogik qobiliyatlar murakkab va ko’pqirrali psixologik bilimlardan iboratliligini ko’rsatib berdi. Ana shu tadqikot ma’lumotlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida muhim urin egallaydigan qator komponentlarni (tarkibiy qismlar) ajratib ko’rsatish mumkin. 1. Didaktik qobiliyatlar - bu bolalarga o’quv materiallarni aniq va ravshan tushuntirib, oson-qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg’otib, ularda mustaqil fasl fikrlashni uyg’ota oladigan qobiliyatlardir. Didaktik qobiliyatlarga ega bo’lgan o’qituvchi zarurat to’g’ilganda qiyin o’quv materialarga osonroq murakkabrog’i soddaroq, tushunishi qiyin bo’lganini tushunarliroq-qilib o’quvchilarga moslashtirib bera oladi. O’qituvchining mana shu xislatlarini bilib olgan o’quvchilar odatda; o’qituvchining eng muxim tomoni Ham uning Hamma narsani aniq ravshan va tushunarli qilib berishida, bunday o’qituvchining qulida mazza qilib o’qiting keladi»; «Unisi esa Hech narsaga yaramaydigan o’qituvchi, xech Ham aniq tushuntirib bera olmas edi»; «o’quv materialini oldida tirik odamlar emas, balki qandaydir mexanizmlar bordek, zerikarli va noaniq mujmal qilib tushuntaradi. -Biz bunday o’qituvchilarni yoqtirmaymiz» - deydilar. Hozirgi tushunchamizdagi kasbiy maHorat, shunchaki bilimlarni osonroq Hammabop va tushunarli qilib o’quvchilar ongiga yetkazib berish qobiliyatining emas, balki, shu bilan birga o’quvchilarnnng mustaqil ishlarini, ularning bilish faolligini- oqilona va moHirlik bilan boshqarib, ularni kerakli tomonga yunaltirib turishdan iborat qobiliyatni Ham o’z ichiga oladi. Mana shu qobiliyatlar asosida o’quvchilar psixologiyasiga xos doimiy ustanovka yunaltirish yotadi. qobiliyatli pedagog o’quvchilarning tayyorlik darajasini ularning taraqqiyot darajasini Hisobga olgan Holda bolalarning nimani bilishi va nimani bilmasligini nimalarni allaqachon esdan chiqarganliklarini tasavvur qila oladi. Ko’pchilichk o’qituvchilarga ayniqsa-xafsalasiz o’qituvchilarga, o’quv materiali oddiygina va Hech qanday «alohida tushunitirish Hamda izoH berishni talab qilmaydigandek tuyuladi. Bunday o’qituvchilar o’qituvchilarni emas, balki birinchi galda o’zlarini nazarda tutib ish olib boradilar. SHuning uchun materialini o’ziga qarab tanlaydilar. qobiliyatli, o’qituvchilar asa o’zlarning o’quvchi o’rniga qo’yib, kattalar uchun ravshan va tushunarli bo’lgan matorial o’quvchilar uchun tushunarsiz bo’lishi mumkin degan nuqtai nazarda bo’ladilar. SHuning uchun Ham bunday o’qituvchilar materialning xarakteri va uni bayon etish usullarini alohida o’ylab ko’rib rejalashtiradilar. Materialni bayon etish jarayonida qobiliyatli o’qituvchi uchun o’quvchilarning qanday tushunayotganliklari va zarur bo’lganda dars bayonotiga alohida e’tibor berishga intilayotganliklari kabi qator belgilariga qarab to’g’ri tasavvur qilib, xulosa chiqara oladi. Ana shunday pedagogik qobiliyatni aniqlash uchun psixolog N.Gonobolin juda qulay test tavsiya etadi. Bu testga ko’ra bilish xarakteridagi matnda o’qituvchnning fikri ayrim sinf o’quvchilari uchun qiyin deb Hisoblangan qismlarni alohida ko’rsatib, nima o’chun bu qismlarning qiyinligini tushuntirib bergan, shundan so’ng esa matnni o’quvchilarga yengil va ularning o’zlashtirishlari uchun qulay qilib to’zish tavsiya etiladi. qobiliyatli o’qituvchi shu bilan bir qatorda materialni o’zlashtirish, o’quvchilarga bir oz nafas olib, o’zlariga kelib olishlari va o’z diqqat-e’tiborlarinn bir joyga qo’yib, ayrim qo’zg’alishlarni «so’ndirib», boshqalarni esa jadallashtirib, ularning bo’shashganligini, sustligini va loqaydligini yengishlari uchun zamii tayyorlash zarurligini Ham nazarda to’tadi. Bunday o’qituvchi zarur sharoit yaratilmaguncha darsni boshlamaydi. Haddan tashqari shiddat bilan boshlangan dars o’quvchilarda Himoya qiluvchi tormozlanishning vujudga keltirib, miya faoliyati tormozlanadi va o’qituvchining so’zlari yetarlicha idrok qilinmaydi. Akademik qobiliyatlar — matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot, tarix va boshqa shu kabi fanlar sohasiga xos qobiliyatlardir. qobiliyatli o’qituvchi o’z fanini faqat Hajmidagina emas, balki atroflicha, keng, chuqur bilib, bu soxada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda ko’zata borib, o’quv materialini mutlaqo erkin egallab, unga katta qiziqish bilan qaraydi Hamda ozgina bo’lsada tadqiqot ishlarinn olib boradi. Ko’pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, o’qituvchi o’z fani buyicha bunday yuksak bilim saviyasiga erishish, boshqalarni qoyil qilib xayratda qoldirish, o’quvchilarda katta qiziqish uyg’ota olish uchun u kesak madaniyatli, Har tomonlama mazmunli, keng eruditsiyali (bilimdon) odam bo’lmog’i lozim. Bunday o’qituvchilar Haqida o’quvchilar: «Maxmud aka xuddi professorning o’zginasiya. Biz uning bilmagan bironta sohasi bormikin deb tez-tez uylab turamiz. Darslarga u butun vujudi bilan kirishib ketadi» deydilar. Ba’zan o’quvchilar o’z o’qituvchisi Haqida «Baqir-chaqir qiladi-yu, ammo zarracha bilimi yuq» deb butunlay teskarisini aytsalar, juda alam qiladi. Perseptiv qobiliyatlar - bu o’quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira bilish, psixologik ko’zatuvchanlik, o’quvchi shaxsining vaqtinchalik psixik Holatlari bilan bog’liq nozik tomonlarini tushuna bilshidan iborat qobiliyatdir. qobiliyatli o’qituvchi bolalarning Har qanday mayda-chuyda xatti-Harakatlarida, yorqin ifodalanadigan ayrim tashqi Holatlarida Hamda ularning ichki dunyosida yuzaga keladigan o’zgarishlarni sezdirmasdan bilib oladi. Ana shunday Hollarda o’quvchilar: «Muhabbat opa kimningdir kayfiyatida o’zgarishlar bo’lsa yoki kimdir darsga tayyorlanmasdan kelgan bo’lsa ko’ziga qaraboq bilib oladiki, Bizning o’qituvchimiz Hech qayoqqa yaramasa Ham, Hamma narsani ko’rib turadi» deydilar. Nutq qobiliyati - kishining o’z tuyg’u-xislarini nutq yordamida, shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir. Bu o’qituvchidan o’quvchilarga o’zatiladigan axborot, asosan, ishonchi signal tizimi - nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatdan uning ichki va tashqi xususiyatlari nazarda tutiladi. («Biz uchun adabiyot o’qituvchimiz -Nazira opaniig darsini eshitishdan katta lazzat yo’q. Nazira opamlar shu qadar yaxshi va chiroylik qilib gapiradilarki, Hatto tanaffusga chalinadigan qo’ng’iroq Ham xalaqit beradi»), Darsda qobiliyatli o’qituvchining nutqi xamma vaqt o’quvchilarga qaratilgan bo’ladi. o’qituvchi yangi materialni tushuntiradimi, o’quvchilar javobini sharxlab beradimi, o’quvchilar javobini, ularning xatti-Harakatlari yoki xulq-atvorini ma’qullaydimi yoki tanbeH beradimi, xullas nima qilishdan qattiy nazar, nutqi Hamma vaqt o’zining ishonchliligi, jozibadorliga kabi ichki quvvat bilan alohida ajralib turishi lozim. o’qituvchi nutqi, uning talaffo’zi aniq, ravshan, oddiy va o’quvchilar uchun tushunarli bo’lishi kerak. Beriladigan axborotlar shunday tuzilishi kerakki, bunda o’quvchilarning fikru-zikri va diqqat-e’tiborini yuqori darajada faollashtiradigan bo’lsin. Buning uchun esa o’qituvchi o’qishga savol tashlab, asta syokinlik bilan o’quvchilirni to’g’ri javobga olib keladi, o’quvchilarning diqqat-e’tabori faollashtiruvchi («Bunda ayniqsa ziyrak bo’ling!», «o’ylab, yana o’ylab ko’ring!») so’z va iboralarni o’z me’yorida ishlatadi. Tashkilotchilik qobiliyati bu birinchidan, o’quvchilar jamoasini uyushtira bilish, bunda jamoani jipslashtira olish va ikkinchidan, o’zining shaxsiy ishini tug’ri tashkil qila olish qobiliyatidir. O’quvchilar o’z o’qituvchilari haqida turlicha fikrda bo’ladilar. Jumladan, ayrim o’quvchilar: «Biz Azim akani juda yaxshi ko’ramiz. Ular sinfimizda bir vaqtning ichida, juda tezlik bilan ishchanlik kayfiyatini uyushtirib, barchamizning o’zining puxtaligi, ozodaligi, epchilligi va tadbirkorligi bilan hayratda qoldiradilar» desalar, ayrim o’quvchilar: «Sobir akamlar bizning ixlosimizni qaytarib, hafsalamizni bir pul qiladilar, Ular kup ishga urinadilar-u, ammo birortasini ham oxiriga yetkazmaydi» deydilar. Ba’zan ayrim o’quvchilarning o’z o’qituvchisi haqida: «Nodira opamlar biz bilan xuddi ona tovuqdek ovora bo’ladilar. Agar biz sho’xlik qila boshlasak, ular o’zlarini ko’rmaslikka, payqamaslikka solardilar. Ajoyib ayol edi-yu ammo uning darsida hech kim hech narsa qilmas edi-da...» degan fikrlarni ham eshitish mumkin. O’qituvchining o’z ishini tashkil qila bilishi deganda, uning o’z ishini to’g’ri rejalashtirib, uni nazorag qila olishi nazarda tutiladi. Tajribali o’qituvchilarda vaqtga nisbatan o’ziga xos sezuvchanlik - ishni vaqt buyicha to’g’ri taqsimlab, mo’ljallangan vaktdan tug’ri foydalana olish ko’nikmasi paydo bo’ladi. Dars davomida, albatga, ko’p hollarda vaqtni behuda yo’qotish ham mumkin. yoki bu yo’qolgan dars rejasini tuzatish zaruriyati tuzilgan hollarda bo’lishi mumkin. Tajribali o’qituvchilar vaqtni seza bilishini o’rganish uchun dars rejasini yoki matnda vaqtni nazorat qilish uchun belgilar olib borishni tavsiya etadilar, Jumladan: darsning 10, 20, 30 va boshqa daqiqalari davomida mabodo ko’zda tutilmagan vaqt ortib qolgan takdirda foydalanish uchun qanday qo’shimcha materiallarn tayyorlash yoki vaqt yetmay qolgan taqdirda qanday materialni keyingi darsga qoldirish mumkinligi haqida maslahat beradilar. Avtoritar qobiliyati - bu o’quvchilarga bevosita emotsional -irodaviy ta’sir etib, ularda obro’ orttira bilishdan iborat qobiliyatdir. (Garchan o’qituvchining o’z fanini mukammal bilishi, sezilarli va xushmuomalaligi asosida qozoniladi). Avtoritar qobiliyat o’qituvchining rostgo’yligi, irodaviy uddaburonligi, o’zini to’ta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy xislatlari hamda qator shaxsiy xislatlarga, shu bilan birga o’quvchilarni ta’lim-tarbiyasida javobgarlikni his etish, uning e’tiqodi, o’quvchilarga ma’naviy va ma’rifiy e’tiqodni singdira olganligiga ishonchi kabi xislatlarga ham bog’liqdir. O’quvchilar (ayniqsa, o’g’il bolalar, o’spirinlar - buni alohida ta’kidlab o’tishi kerak) talab qilishni biladigan, o’quvchilarni majbur qilmagan va do’q-po’pisa qilmagan, shu bilan birga behuda rasmiyatchilikka yo’l quymagan holda o’z aytganini qildira oladigan o’qituvchilarnn juda hurmat qiladilar. SHu munosabat bilan o’quvchilarning o’qituvchilar haqida ayrim fikrlarini misol qilib keltaramiz: «Uning ajoyib xislati bor - u Hech qanday zarda va baqiriq, chaqiriqsiz ishlay oladi»; «Biz uni jiddiyligi, vazminliga va talabchanligi uchun juda yaxshi ko’ramiz. U hamma vaqt shunchaki muloyimgina, sipogina talab qiladi, ammo uning talabi shu qadar , ta’sirchanki, unga quloq solmaslik mumkin emas»; «Bizning matematika o’qituvchimiz hamma vaqt yuvosh, osoyishta, o’zini tutgan va shu bilan bir qatorda butun sinfga ajoyib ta’sir eta oladi»; «Kimyo o’kituvchimizning obro’siga e’tibor ztmay ko’pincha, u har qanday sharoitda ham o’z aytganiga erishadi»; «Nig’mat aka bizga ustunlik bilan ta’sir etadi. U hadeb talab qilavermaydi, agar talab qiladigan bo’lsalar unda bo’yin tovaab bo’lmaydi», yoki o’quvchilarning o’z o’qituvchilari Haqidagi mana bunday fikrlari: «Polvon aka maktabimizdan ketganiga biz xursand bo’ldik. U bizni do’q-po’pisa, baqiriq-qichqiriq, buyruqbozlik bilan qo’lga olaman deb o’ylardi-yu, ammo bizni bardosh berishgagina majbur etardi, xolos». Bunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning maktab ta’limi jarayonida olib borilayotgan ishlarning ahvoli to’g’risida juda achinib aytgan fikrlarini keltirish o’rinli bo’lur edi: «Mabodo biror o’quvchi o’qituvchiga e’tiroz bildirsa, ertaga u xech kim havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. Maktablardagi jarayonda o’qituvchi hukmron. U boladan faqat o’zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi, prinsip ham tayyor: «mening aytganim - aytgan, deganim — degan». SHu bilan bir qatorda o’quvchilar o’qituvchining bo’shligi, landavurligi, laqmaligi, soddalarcha ishonuvchanligi, sustkashligi, ortiqcha riyogarchiligi, irodasizligi kabi xislatlarni baralla qoralaydilar: «yaxshi odamu, Lekin o’ta bush: uni aldab ketish hech gap emas»; «Tushunib bo’lmaydi: birda juda qatiqqo’l, talabchan, ba’zan hech qanday talab degan narsa yo’q»; «Juda bo’shang, lanj: uni ko’rishing bilan uyqin keladi»... Kommunikativ qobiliyat - bu bolalar bilan muloqotda bo’lishga, o’quvchilarga yondashish uchun to’g’ri yo’l topa bilishga, ular bilan pedagogik nqtai-nazardan maqsadga muvofiq o’zaro aloqa bog’lashga pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir. Pedagogik takt psixologiyasini o’rganishda psixolog I.V.Straxov benihoyat katta xissa qushgan. Uning fikricha bunda muhimi o’quvchilarga ta’sir etishning eng qulay usullarini topa bilish, tarbiyaviy ta’sirni qullashda maqsadga muvofiq pedagogik choralarga e’tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni Hhisobga olish, o’quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va uning imkoniyatlari Hamda mazkur pedagogik Holatlarini Hisobga olish zarurdir. Pedagogik taktning yaqqol ifodalaridan biri - har qanday pedagogik ta’sirga nisbatan qo’llaniladigan chora-tadbirlarni (rag’batlantirish, jazolash, pand-nasihat) his eta bilishdan iboratdir. Farosatli o’qituvchi bolalarga e’tibor berib, ziyraklik bilan qaraydi, ularning individual psixologik xususiyatlari bilan hisoblashadi. «U biz bilan hayron qolarli darajada, ajoyib, yaqin do’stlarcha yaqin munosabatda bo’ladi»; «Bizning tarix o’qituvchimizning kuchli tomoni - har kimga qanday yondoshishini bilar edi»; «Eng yomoni - o’qituvchining o’quvchilar oldida xushyorlik qilishidir. Bizning zoologiya o’qituvchimiz Farida opamlar shundaylardan edi: ular nimaiki qilib bo’lsa-da, u bolalarni o’ziga qaratish uchun xushomadgo’ylik qilardi! Nega ular o’zlarini bunchalik kamsitib yerga uradi? deb o’ylar edim. Axir ular o’z fanini yaxshi bilardiku»; «Ibrohim aka esa, qarabsanki, xech narsadan xech narsa yuq, kishi diliga ozor berar, tushirib qolar yoki behudaga urishib, koyib berar edi». Pedagogik xayol - bu kishniing o’quvchilar shaxsini tarbiyaviy tomondan loyiHalashtirishda o’z ish-xarakatlarining natijasini oldindan ko’ra bilishda namoyoya bo’ladigan qobiliyatdir. Bu qobiliyat o’qituvchi ma’lum o’quvchidan kelgusida kim chiqishini ko’z oldiga keltirishda, tarbiyalanuvchilarda u yoki bu xildagi xislatlarni o’sib rivojlanishi oldindan ko’ra bilishida namoyon bo’ladi. Bu qobiliyat pedagogik optimizm, tarbiyaning kuchiga o’quvchilarga bo’lgan ishonch bilan bog’liqdir. SHuning uchun ham o’quvchilar ayrim o’qituvchilar to’g’risida: «Ahmad akamlar, chamasi ichimizdagi eng yaramaslarga ham ishonchlarini yo’qotmasdilar, shuning uchun ham biz ularni hurmat qilardik», degan fikrlarni izhor qiladilar. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati - bu qobiliyat bir vaqtning o’zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo’lib, o’qituvchi ishida g’oyat-muxim axamiyatga egadir. qobiliyatli, tajribali o’qituvchi o’zining diqqat-e’tiborini o’quv materialini qanday bayon etilishiga, uning mazmuniga, o’z fikrlarini atroflicha qilib qanday ochib berishga yoki o’quvchi fikriga baralla qaratadi va shu bilan birga bir vaqtning o’zida barcha o’quvchilarni ko’zatib, ularni Toliqqan-toliqmaganligiga, e’tiborli yoki e’tiborsizligiga darsni tushunish-tushunmasligiga ahamiyat berib, o’quvchilarning intizomini ko’zatadi hamda oqibat natijada o’zining shaxsiy xulqatvoriga (yurish-turishiga, o’zini tutishiga, mimika va pontamimikasiga) e’tibor beradi. Tajribasiz o’qituvchi, ko’pincha o’quv materialini bayon etishga berilib ketib, o’quvchilarning nima qilayotganliklarini sezmay qoladi va nazoratdan chiqarib qo’yadi, agar bordiyu, o’quvchilarni diqqat- e’tibor bilan ko’zatishga harakat qilsa, bunday hollarda o’z bayonotinnng izchilligini yuqotib quyadi. Yuqorida ko’rsatab o’tilgan qobiliyatlardan tashqari, o’qituvchi inson shaxsining maqsad sari intlishi, uddaburonlik, mexnatsevarlik, kamtarlik kabi qator ijobiy xislatlariga ega bo’lishi lozim. U o’quvchilarni tarbiyalar ekan, o’zining xulq-atvori, yurish-turishi, xullas, butun o’qituvchilik shaxsi bilan o’quvchilarga urnak bo’lishi kerak. O’qituvchining o’zini qo’lga ola bilishi muhim ahamiyatga egadir. Xulosa qilib, shuni aytish joyizki, o’qituvchining barcha ijobiy, umuminsoniy axloq me’yorlariga mos keluvchi xislatlari katta ahamiyatga ega. Agar biz quyidagi xislatlarini olib qaraydigan bo’lsak, bularning barchasi Ham o’ta muhim omillardir. Jumladan, o’qituvchining tashqi qiyofasi uning obrusi shakllanishiga ta’sir etadi. O’qituvchining ozodaligi, ixchamligi, uning pokizaligi, sarishta-saramjonligi, sipogarchiligi, uning qiliqlari, o’zining chiroylik tutishi, qaddi-qomati va yurish-turishlari o’quvchilarda juda yaxshi taassurot qoldiradi. Jumladan, o’quvchilarning Farida opani nechuk yaxshi kurmaysan, ular Har doim shu qadar xushchaqchaq, ozoda, sarishta-saranjomlar-ku!?» yoki Noila opa maktabda emas, balki teatrda ishlab, tomosha ko’rsatishi kerak - chunki ularning turqi qiyofasi, yurish-turishi yasama, soxta» degan fikrlarni olishimiz mumkin Kasbiy-pedagogik muloqotning 5 ta bosqichi bor. Bular quyidagilardir: 1. Muloqot jarayonida orientirovka(mo’ljal olish) qilish. Bu bosqichda pedagog muloqotining anglanganligi yuzaga chiqadi. SHuningdek, muloqot uslubini yangi kommunikativ faoliyat sharoitida aniqlash ham yuzaga chiqadi. Taniqli psixolog SH.A.Amonashvili bolalarni maktabga kelmasidan avval ularga hat yozgan. Masalan, “salom, qadrli.... Men sening o’qituvchingman. Mening ismim SHalva Aleksandrovich. Maktabga kirayotganing bilan tabriklayman. Umid qilamanki, sen bilan do’st bo’lib ketamiz. Seni 35 ta o’rtog’ing bo’ladi. Seni sinfda kutaman. ”Demak, bu yerda o’quvchiga orientatsiya (mo’ljalga olish), ustanovka(ko’rsatma ) berilyapti. O’z ustida ishlashda pedagogik muloqotning quyidagi bosqichlariga e’tiborni qaratish lozim: — bolada yaxshi taassurot qoldirish uchun tashqi ko’rinishingiz haqida o’ylang; — bugo’ngi kun talablaridan kelib chiqqan holda muloqotning bu bosqichini e’tibordan chetda qoldirmang; — boshqalar bilan muloqotda keskin burilishga yo’l ko’ymang; — bugo’ngi muloqot ko’ngildagidek bo’lmasa uni tuzatishga harakat qiling; — darsda qaror qabul qilishda improvizatsiya( vaziyatni yaratish, real hayotda bor narsani ko’rsatib vaziyatdan chiqish) ga harakat qiling; — auditoriya bilan ish boshlashdan avval faqat o’zingizning pedagogik masalalaringiz haqida emas, balki bolaning holati, faoliyatga tayyorligi haqida o’ylang. Pedagogik faoliyatning muhim jihati e’tiborni o’ziga tortish bo’lib, bola bilan samarali muloqotni amalga oshirish uchun dars jarayonida bolaning diqqati barqaror bo’lishi kerak. O’ziga jalb qilishning quyidagi usullari mavjud: — verbal muloqotda bo’lish(nutqiy); — tanaffus qilish ; — harakatli(doskaga yozish, ko’rgazmani osish) ; — aralash usul (yuqoridagilarni birgalikda qo’llash). Darsda ko’pincha aralash variant usulidan foydalaniladi. Olimlarning fikricha, 40% (yuz ifodasi) va imo-ishoralar orqali ma’ruzada axborot beriladi. Ob’ektning (kishi) kalbini zabt etish bosqichi pedagogik muloqotni tashkillashtirishda katta ahamiyatga ega. Mohiyati jihatidan bu bosqich kommunikatsiyani o’ziga xos izlash bosqichidir. Masalan, yangi materialni bayon etishda pedagog bolalarni muloqotga tayyorlab oladi. O’qituvchining o’quvchini tushunishi kasbiy-pedagogik muloqotning kaliti hisoblanadi. Pedagogik muloqotning yana bir bosqichi bu verbal muloqot, ya’ni o’qituvchining yangi materialni o’quvchilarga og’zaki bayon qilib berishidir. Pedagog uchun nutq muloqoti juda muhim. Pedagogik muloqot tizimida pedagogning so’zi obrazlar qo’zg’atuvchisi bo’lib hisoblanadi. 5. Pedagog bilan tinglovchi o’rtasidagi o’zaro harakatda hayajonlanishni o’zatishning kommunikativ vositalari muhim rol o’ynaydi. Jumladan, pedagogning nutqi jonli, ohanglarga boy, tushunarli, aniq, sodda tilda bo’lishi kerak. SHunda tinglovchilarning idroki to’liq, obrazli bo’ladi. Bu muammo bo’yicha taniqli psixologlar Yu.P. Azarov, L.D.Ershova, A.A. Leontьevlar tadqiqotlar o’tkazishgan. Kasbiy-muloqot treningi mashqlari tizimi ikki bosqichni o’z ichiga oladi: pedagogik kommunikatsiya elementlarini amaliy egallashga qaratilgan mashqlar; berilgan pedagogik vaziyat asosida muloqotning barcha tizimini egallashga qaratilgan mashqlar. Trening samarali bo’lishi uchun bir nechta pedagog birlashgan holda ish olib borishlari lozim. Yosh pedagoglar uchun birlashgan seminar-treninglar tashkil qilish yaxshi natija beradi. Tajribali pedagog rahbarligida treninglar o’tkazilishi maqsadga muvofiq. 1- bosqich- hamma uchun yaratilgan sharoitda harakat qilishni o’rganish.Masalan, hayolingizdagi auditoriyaga kiring, doskaga sanani yozing, yuring, materiallarni tayyorlang, stolga o’tiring, kitobni yoki jurnalni oching, eshikni yoping, tashqariga chiqing. Bu harakatlarni yana bir marta qaytaring, tezda kirish, tezda chiqishni o’rganing. 2-bosqich- Pedagogik faoliyat jarayonida muskullar erkinligini shakllantirish. +o’llaringizni qimirlating, his qiling, qaerga sizning quvvatingiz boryapti (bo’yningizg’ami, boshqa barmogingizg’ami, qo’lingizg’ami); ortiqcha og’irlikni(zo’riqish) yo’qotishga harakat qiling, barmogingizni qattiq ushlang, bo’yningizni ko’yvoring, keyin yelkangizni bo’shating, qo’lingiz erkin harakat qilsin, ko’rsatgich barmog’ingiz esa qattiq tursin. 10 gacha sanab barcha muskullaringizni bo’shatishga harakat qiling, boshingizdan boshlab to oyoq barmoqlaringizgacha. Keyin 5 gacha sanab barcha muskullaringizni yana bo’shatishga harakat qiling. Elementar pedagogik harakatlarni bajarish davomida muskullardagi bosimni olib tashlash. Hayolingizda auditoriyaga kiring, stolga yaqinlashing, (ortiqcha zo’riqish olib tashlanadi), stolda o’tirib yozing, doskaga yozing, ko’rgazmalarni mustahkamlang(ortiqcha zo’riqishni olib tashlang). Auditoriyada hissiy qulaylikka erishish. Auditoriyaga kiring, eshik orqasida barcha teringizni tetikligini his qiling, kiring, qulay joyni tanlang, qulay yurishni toping, yuring, qo’lingizni orqangizga qilib yuring, o’zingizni yaxshi his qilishga harakat qiling. Kuzatuvchanlik, diqqatni to’play olish, ixtiyoriy diqqat ko’nikmalarini rivojlantirish. Hamkasblaringizning biri bilan pedagog rolida turib so’zlashing. Tasavvur qiling, siz tinglovchisiz, buyruqni eshiting, tik holatda to’ring, alfavit bo’yicha familiyada turing, keyin ism bo’yicha. Endi bir - biringizni sochingizni rangiga qarang. Auditoriyaga kirganda diqqatingizni to’plash uchun avval bir tinglovchiga qarating, keyin barchaga diqqatingizni qarating. Bu mashq diqqatni barqaror bo’lishiga yordam beradi. Muloqotning oddiy ko’nikmasini rivojlantirish. Hayolingizda auditoriyaga kiring, salomlashing, mimika, pantomimika, qarash bilan tinglovchilar diqqatini o’zingizga qarating. Tinglovchiga turli ta’sirlar orqali(iltimos, talab, ogohlantirish, rag’batlantirish, yumor, savol, buyruq kabilar) murojaat qiling. Pedagogik muloqotni boshqarish. Tasavvur qiling, siz guruh rahbarisiz, darsdan so’ng guruhdagilar bilan metallom yig’ish haqida gaplashing. Guruhdagilar bir-birini xafa qilib qo’yishdi, siz ular bilan dildan suhbatlashing. Imo-ishoralarni tanlash. Har bir vaziyatda ham imo-ishoralar kerakmi? Guruh a’zolarini bir juftdan qilib bir-biriga qarama-qarshi qilib o’tirgizib ko’ying. Bu usul “ko’zgu” deyiladi. Bittasi ko’zguga(ko’ziga) qaraydi. Ikkinchisi ko’zgu rolini o’ynaydi. “Ko’zgu”rolidagi kishi barcha harakatlarni takrorlab turadi .Treningni ikkinchi bosqichi - pedagogik muloqot jarayonida yaxlit o’qitish. Bu guruhdagi mashqlar ikki qismga bo’linadi: 1. Tipik vaziyatda harakat qilish: kuzatuvchanlik ko’nikmasini rivojlantirish, vaziyatga o’ylab baho berish, har qanday pedagogik faktni tahlil qilish, pedagogik faoliyat sharoitida tipik pedagogik vaziyatlar bo’yicha harakat qilish. O’qituvchi ishini kuzatishda hamkasbini tinglovchilar bilan qanday usul orqali ish olib borishini kuzatiladi. Ya’ni u qanday muloqot turlaridan foydalanishi kuzatiladi. Jumladan, kayfiyati, o’zining hissiyotlarini boshqara olishi, darsda pedagogik hayajonlanishi kabilar. 2.Pedagogik kuzatuvchanlikni mashq (trenirovka) qilish. Bolani rasmiga qarab uning turli hisiy holatlarini aniqlang.(qoniqishi, qiynalayotgani, muvaffaqiyatsizligi, ayyorligi kabilar). Kuzatishlaringizni guruh rahbari axboroti bilan taqqoslang. Demak, pedagog o’zining muloqotini rivojlantirish uchun bolalar bilan ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishi, o’z ustida ko’proq ishlashi kerak. Download 430.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling