Geologiya-geografiya fakulteti geografiya kafedrasi jahon geografiyasi


Dunyo mamlakatlarda paxtani ishlab chiqarish (mln.tonn)


Download 249.13 Kb.
bet9/9
Sana06.11.2021
Hajmi249.13 Kb.
#171130
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
braziliya kurs ishi

Dunyo mamlakatlarda paxtani ishlab chiqarish (mln.tonn)

Mamlakatlar

2002

2003

2004

2005


2006

bashorat

2007

bashorat




Ishlab chiqarish (jami)

19.292

20.714

26.295

24.756

24.70

26.42

Xitoy

4.916

4.871

6.324

5.770

5.97

6.46

AQSH

3.747

3.975

5.062

5.201

4.45

4.95

Xindiston

2.312

3.043

4.131

4.148

4.36

4.58

Pokistan

1.736

1.708

2.482

2.089

2.29

2.41

O‘zbekiston

1.022

0.893

1.134

1.210

1.14

1.10

Braziliya

0.848

1.309

1.299

1.048

1.16

1.29

Boshqa mamlakatlar

4.712

4.915

5.863

5.290

5.32

5.64

2.3 TRANSPORTI VA TASHQI IQTISODIY ALOQALARI

Transporti. Braziliya hududining katta qismi yoʻlsiz. Braziliyada temir yo‘l transporti foydali qazilmalarni tashishda katta ahamiyatga ega. Har bir shtatning qishloq xo‘jalik va sanoat rayonlarida milliy temir yo‘llaridan tashqari shaxsiy temir yo‘llar ham xizmat ko‘rsatadi. Eng yirik shaxsiy temir yo‘llar sharqiy qismidagi temir ma’dani konlarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Temir yo’llarning uzunligi 32 ming km, shundan 3 ming km dan ortiqrogʻi elektrlashtirilgan. Transportning asosiy turi avtomobil; Braziliyada yuk va yo‘lovchi tashishda avtomobil transporti yaqqol ustunlik qiladi. Uning hissasiga mamlakatda tashiladigan yuklar umumiy hajmining qariyib 65 % i to‘g‘ri keladi. avtomobil yoʻllari uzunligi 1,7 mln. km; 5 ming km dan ortiq uzunlikdagi Transamazonka magistrali Atlantika sohilini And togʻ etaklari bilan tutashtiradi. Ichki suv yoʻllarining uzunligi 31 ming km. Asosiy dengiz portlari: RiodeJaneyro, Santus, RiuGrandi, Paranagua, Portu-Alegri, Tubaran, SanSebastyan.



Tashqi iqtisodiy aloqalari. Braziliyaning jahon savdosidagi hissasi uncha katta emas. Mamlakat tashqi savdosida iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ulushi 60% ni tashkjil etadi. Biroq keyingi yillarda regiondagi qo’shni mamlakatlar bilan savdo aloqalari kengaymoqda.

Braziliya chetga asosan ogʻir va yengil sanoatning tayyor va chala tayyor mahsulotlari, kofe, temir rudasi, soya, tamaki, qandshakar chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, asbobuskuna, metall va undan yasalgan buyumlar, kimyo mahsulotlari, bugʻdoy va b. sotib oladi. Savdosotikdagi asosiy mijozlari: AQSH, Yevropa ittifoqi mamlakatlari, Yaponiya, Kanada, Lotin Amerikasi mamlakatlari. Pul birligi — real. Umuman olganda Braziliyaning keyingi yillardagi chet mamlakatlar bilan olib borilayotgan tashqi savdoda bir qator ijobiy natijalarga erishildi. Avvalombor eksport va importda yuqori darajadagi sifat o‘zgarishlariga erishildi, MDH mamlakatlari bilan savdo aloqalari kuchaydi. Braziliya chet mamlakatlardan katta miqdorda investitsiyalar qabul qiladigan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning eng muhim tomonlaridan biri ham mamlakatga chet el investitsiyalarini kirib kelishidir. Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlar uchun, shu jumladan, Braziliya iqtisodiyotini rivojlanishida chet el kapitalining ahamiyati beqiyosdir. CHetga kapital chiqarish har ikkala tomon uchun ham, ya’ni kapitalni qabul qilayotgan mamlakatlar uchun ham, kapital chiqarayotgan mamlakatlar uchun ham foydalidir.



XULOSA

Xulosa qilib aytish mumkinki Braziliya rivojlanayotgan mamlakatdir. Demak, uning sanoati yuqori diversifikatsiyaga ega davlat hisoblanadi. Dunyo Mamlakatlari orasida ushbu mamlakatda ham neft sanoati metallurgiya, mashinasozlik, aerokosmik kimyo, elektron, oziq-ovqat yog‘ochini qayta ishlash va boshqa sanoat tarmoqlari yuqori darajada rivojlanganligini ko’rish mumkin ekan . Yalpi milliy mahsulot aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi –ichki mahsulot bo‘yicha ham dunyo mamlakatlari orasida yetakchi o‘rinda.. Mamlakatning qulay iqlim sharoiti va unumdor yerlarning mavjudligi qishloq xo‘jaligi rivojlanishiga yaxshi omil sifatida sharoit yaratib bergan. Qishloq xo‘jaligi ham yuqori darajada rivojlangan. Demak, Braziliya ilg‘or industrial mamlakatdir. Tashqi savdo hajmi bo‘yicha ham dunyo mamlakatlarida ichida oldingi o’rinlarda turadi. Eksport va import bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatadi.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. Jahon Mamlakatlari.–Toshkent, 2006 yil.

  2. Jahon iqtisodiyoti. –T., TDIU, 1994 y.

  3. Soliev A. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning dolzarb masalalari. –T., 1995 y.

  4. Soliev A.S., Muxammadaliev R. Iqtisodiy geografiya asoslari. –T., O‘zbekiston, 1996 y.

  5. To‘xliev N. O‘zbekiston iqtisodiyoti. –T., UME, 1996 y.

  6. CHet Mamlakatlar iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. –Toshkent, 1985 yil.

  7. Jahon Mamlakatlari. Spravochnik. –Toshkent, 1989 yil.

8.www.wikipedia.uz

9.www.ziyonet.uz
Download 249.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling