Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija
Download 7.25 Mb.
|
78 Геология мажмуа 2012 tay
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: MINERALLAR VA ULARNI O’RGANISH
MAVZU: MINERALLAR VA ULARNI O’RGANISH Ko’rsatma Mashg’ulotning mqsadi: Geologiya va mineralogiya asoslari fanining laboratoriya mashg’ulotlari maqsadi tog’ jinslari va minerallarni tasnifini, tashqi va ichki tuzilishini fizik va kimyoviy xossalarini hamda ularni tarkibini tashkil etuvchi ma’danlarni o’rgatishdan iborat. Talaba laboratoriya mashg’ulotida fanning amaliy axamiyatini, uning boshqa fanlar bilan aloqasini hamda xalq xo’jaligi va qishloq xo’jaligidagi mohiyatini o’ganadi. Kerakli jihoz va asboblar Mikroskop, Lupa, Tog’ jinslari va minerallar to’plami, Chizgich, Egov, Pichoq, Shisha, Chinni buyum, Qalam, Oq qog’oz, Elektron va gidrostatik tarozi Reja: Minerallar haqida umumiy tushuncha. Minerallarning tasnifi. Ayrim minerallar va ma’danlar izohi. MineralogiyaYerning qattiq po’sti- litosferaning mineral tarkibini o’rganadigan geologiya fanining tarkibiy qismidir. Minerallar qattiq,suyuq holda uchraydi. Qattiq holatdagi minerallarga yuqori dala sigati, slyuda, kalsiyit, tosh tuzi kiradi. Suyuq minerallarga- simob, suv, neft gazsimon minerallarga karbonat angidrid, vodorod sulfide, sulfide sngdrit gazlari kiradi. Ko’pchilik minerallar magmadan kristallanadi va ma’lum geometrik shaklga ega. Minerallar yerning chuqur qismida va uning yuzasida bo’ladigan fizik va kimyoviy jarayonlar natiasida hosil bo’ladi. Qattiq minerallar tabiatda ma’lum shaklda ko’p yoqli kristallar ko’rinishida yoki shaklsiz –amorf massalar ko’rinishida uchraydi. Rus olimi A.BGadolin 1969 yilda kristallarda simmetriya elementlarining 32 hil kombinatsiyasi bo’lishi mumkinligini ko’rsatdi, bu kombinatsiyalar simmetriya sinflari yoki turlari deb ataldi. Simmetriya turlari yoki sinflarining hammasi nechog’li murakkabligiga qarab shartli ravishda tabiatda uchraydigan barcha mineral kristallar hosil bo’lgan geometrik shakllari simmetriya elementining murakkabligiga qarab quyidagi 7 singoniya guruhga bo’linadi: 1.Triklin singoniya. 2. Monoklin singoniya. 3.Rombik singoniya. 4.Trigonal singoniya. 5.Geksoganal singoniya 6.Tetroganalsingoniya 7.Kub singoniya. Yer po’stini tashkil qilgan tog’ jinslari 50 ta asosiy minerallardan tuzilgan.Minerologiya faniga ma’lum bo’lgan minerallar 4 mingga yaqindir. Hozirgi vaqtda minerallar paydo bo’lishiga (genetik),tarkibiga (kimyoviy), tuzilishi(kristallanish)ga qarab tavsiflangan. Minerallarning xossalari ularning ichki tuzilishiga hamda kimyoviy tarkibiga chambarchas bog’liqdir. Mana shu belgilar minerallarni to’liq tavsiflashga imkon beradi. Minerallarning krisstalli shakli va tuzilishini maxsus fan- krisstallografiya o’rganadi. Krisstallarning tuzilishi haqidagi ta’limotga rus krisstallograf olimi E.S.Forfor asos slogan. Hozirgi zamon tekshirish usullari (mikroskop, rengin) bilan krisstallik tabiatini aniqlab bo’lmaydigan minerallar amorf minerallar deyiladi. Bularga masalan, limonit va opol kiradi. Amorf jins o’zining tarkibidagi zarrachalarning tartibsiz ravishda joy olganligibilan tavsiflanadi. Bu jihatdan amorf modda suyuqlik yoki suyuqlantirilgan narsalarga o’xshaydi. Shuning uchun amorf minerallarini fizik xususiyatlari (issiqlik o’tkazuvchangligi, qattiqligi, tortish kuchi, nurni singdirishi) hamma tomonda bir xil bo’ladi. Hamma tomoni bir xil xususiyatga ega bo’lgan shunday minerallar izotron minerallar deb ataladi. Minerallarni tavsiflashda asos qilib olinib, ular quyidagi kimyoviy sinflarga ajratiladi: 1. Sof elementlar sinfi:oltin, kumush mis,oltingugurt, olmos,grafit kiradi. 2. Sulfidlar sinfi: galenit,sfalarit, xalkopirit,bornit. 3. Galoidlar sinfi: osh tuzi, silnin, karnallit. 4. Oksidlar va gidroksidlar sinfi: kuprit, kassiterit, sinkit,ilmenit, xromit, opal, psilomilen. 5. Karbonatlar sinfi: kalsit, magnezit, malaxit, azurit. 6. Sulfatlar sinfi: selistin,barit anglezit, angidrid, mirabalit, alunit, gips. 7.Volformatlar sinfi: volformit, sheelit. 8.Fosfatlar:apatit, fosforit, vivianit, skorodit,feruza 9. Nitratlar sinfi: natriy nitrat,kaliy nitrat. 10. Silikatlar sinfi: a)Orolsimon; b)Zanjirsimon; d)Lentasimon; e)Varaqasimon; g)To’qimasimon 1. Grafit-C. Rangi- po’latga o’xshash. Geksoganal singoniya Qog’ozda сhiziq qoldiradi, qo’lga yuqadi. 2. Molibdenit - MoS2 sulfidlar sinfiga xos. Rangi qo’rg’oshinga o’xshash kulrang. Chizig’ining rangi och yashil, ulanish yuzasi yaxshi ko’rinadi. 3. Antimonit-surma yaltirog’i Sb2S3 xos, qattiqligi 2,5.Rangi qo’rg’oshinga o’xshash kulrang, chizig’ining rangi qo’rg’oshinsimon kulrang. Ulanishi o’ta mukammal,mo’rt mineral. 4. Gips CaSO4*H2O, sulfidlar sinfiga kiradi. Rangsiz, oq, och pushti, qizil, qora. 5. Mirabilit yoki glauber tuzi Na2OSO3*10H2O Sulfidlar sinfiga xos. Shishasimon yaltiroq,rangsiz,oq,chizig’ining rangi oq,tiniq,ulanishi mukammal. Monoklin singoniyali,juda mo’rt,mazasi bir oz achchiq sho’r. 6. Vivianit-3FeO*P2O5*8H2O Shishasimon va sadafsimon yaltiroq. Rangsiz,havorag, to’q yashil,to’q ko’k. CHizig’i rangsiz. Oksidlanganda esa ko’k, qo’ng’ir tiniq. Ulanishimukammal 7. Hind selitrasi-kaliyli selitra-KNO3 nitratlar kenja sinfiga mansub. Shishasimon, shoyisimon yaltiroq. Rangsiz, oqchizig’ining rangi oq, ulanishi mukammal yaxshi. Romboedr singoniyali,mo’rt mineral. 8. Silvin-KCl, galoidlar sinfiga kiradi. Shishasimon yaltiroq. Rangsiz, qizil, pushti rangli chizig’ining rangi oq ulanishi o’rta mukammal. Romboedr singoniyali. Mo’rt mineral. 9 . Oltingugurt – S. Sof elementlar sinfiga xos. Qattiqligi 2 – 1. Solishtirma og’irligi- 2g/sm3, moysimon yaltiroq,rangi och sariq,qo’ng’ir, sarg’ish kulrang, qora chiziq bermaydi, ulanishi o’rtacha. Download 7.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling