Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija


Download 7.25 Mb.
bet180/214
Sana15.11.2023
Hajmi7.25 Mb.
#1776050
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   214
Bog'liq
78 Геология мажмуа 2012 tay

O`qitUvchining

Talabaning

1 bоsqich
O’quv хUjjatlarini
To`ldirish, davоmat оlish 5 daq.
kirish 5daq)

1 Talabalarni pеd. Tехnоlоgiya talablari asоsida 2 ta guruхga bo`ladi va tоpshiriqlar bеradi.
1 guruxga topshiriq Uzbеkistonning tеkislik rеl'fi buyicha kеsma oladilar.
2 guruxga topshiriqUzbеkistonning togli kismi rеl'еfi buyicha kеsma oladilar.

Talabga mUvоfiq guruхlarga bo`linadilar va tоpshirig`larni qabul qilib оladilar

2 bоsqich
Asоsiy 20daq. Davоmida guruхlarda ishlash, 30daq davоmida хar bir guruх 7 daq chiqish qiladi.

Хar bir guruх tоpshiriq Ustida ishlashini nazоrat qilib zarUriy ko`rsatmalarni va yordamini bеrib bоradi.

Хar bir guruх o`z tоpshirig`i Ustida ishlaydi, markеrlar yordamida klastеr, sхеma yoki jadvalini chizib to`ldirib bоradi.
Guruхlardan 2ta (va bUndan оrtiq) ishtirоkchi tоpshiriq bo`yicha chiqish qiladilar

3 bоsqich. Talabalarni bahоlash 20 daq.

Mavzu bo`yicha хulоsa qilish. Хar bir guruх faоliyati tavsiflanada va guruхning хar bir ishtirоkchisi qanday baхоlanganligi aytiladi

Хar bir talaba o`z faоliyati baхоsini eshitadi va e’tirоzi bo`lsa aytadi. Mashg`ulоt yUzasidan mUlохazalari bo`lsa bildirishi mUmkin.

mavzu: Minerallarning fizik xossalarini o’rganish.
Mashg’ulotning maqsadi. Tabiatda tarqalgan tog’ jinslari va minerallarning fizik xossalarini o’rganib uning deagnostik belgilarini o’rganish. Minerallarning fizik xossalari orqali ularning xususiyatlari va nomini aniqlash.

Kerakli asboblar va materiallar.



  1. turli xil minerallar

  2. turli xil tog’ jinslari

  3. minerallar kolleksiyasi qutisi.

  4. moos shkalasi

  5. qattiqlikni aniqlash uchun oynacha

  6. po’lat qalamtarosh

  7. bronza tanga

  8. grafit (qalamdagi)

  9. kafel chizib kurish uchun

  10. magnit

  11. xlorid kislotasi ( suv aralashtirilgani)

  12. geologik malatok

Tabiatdagi xar bir mineral o’ziga xos fizik xossalarga ega. Minerallarni aniqlashda diognostik axamiyatga ega bulgan ana shu xossalarni bilish zarur.


Minerallarning fizik xossalariga ularning rangi, chizig’ining rangi, yaltiroqligi, tiniqligi(shaffofligi) ulanish tekisligi, sinishi, qattiqligi, solishtirmaog’irligi, ba’zi minerallar uchun magnitlik xususiyati tovlanishi, tami, kislota t’sirida qaynashi, nur singdirishi va boshqalar kiradi.
Minerallarning rangi. Minerallar rangsiz tiniqdan tortib timqoragacha bo’ladi. Ularning rangi ximyaviy tarkibi, kristallarning tuzilishi, rang beruvchi elementlari xamda mexanik va ximyaviy aralashmalariga bog’liq. Ba’zan minerallarning rangini ularning o’zida rang beruvchi moddalar belgilaydi. Bunday minerallarga idioxramatik minerallar deyiladi. Sof tug’ma metallar (oltin, platina, mis)va oltingurgut, grafit, malaxit, azurit ana shunday minerallar xisoblanadi. Ayrim minerallar xromoform (rang beruvchi)moddalar ta’sirida bir necha rang tusda bo’lishi mumkin. Chunonchi rangsiz tiniq kristallar xolida uchraydigan kvars (tog’ xrustali) kurkam binafsha rangli ametist pushti, sariq sarg’ish-qung’ir, tilla rang sirkon, kul rang yoki tutin rangli rauxtopaza to’q qora marion bunga misol bula oladi. Oq tusli osh tuzi kul rang qung’ir tusli ba’zan kuk ranglarda xam uchraydi. Ximyaviy xossasi bilan bog’liq bulmagan ranglarga ega ana shunday minerallarga alloxromatik (“allos”-boshqa ya’ni minerallarning o’ziga xos bo’lmagan) minerallar deyiladi. Kupdan kup minerallarning o’ziga xos xususiyati rangining o’zgarmasligidir. Masalan, malaxit doim yashil, azurit kuk, kinovar qizil, kavellin xavo rang.
Barcha minerallarrangiga kura kuyidagi gruppalarga bulinadi.

  1. oq kulsimon rangsiz.

2.sariq qung’ir jigar rang, pushti, qizil.
3.yashil.
4.kuk zangori binafsha.
5.to’q kulrang qora.
6.kuk rangli va rang barang.
Minerallarning rangi ularning toza yuzasida yoki Yangi singdirilgan yuzasiga qarab aniqlanishi lozim.
Minerallar chizig’ining rangi. Minerallar mayin kukinning rangi a’zan yaxlit minerallning rangidan farq qiladi. Odatda muayyan minerallar uchun kuknning rangi doimiy bulib bu kukunning sirlanmagan sirli palstinka – biskvitda qoldiriladigan chizig’i rangiga qarab belgilanadi. Qattiqligi oltidan past bulgan minerallargina chiziq xosil qiladi va ularning rangi kspincha o chyoki xira buladi.
Minerallarning yaltiroqligi. Mineral yuzasini turli darajada nur qaytarish qobiliyatiga yaltiroqlik deyiladi. Yaltiroqlik mineralning yuza tuzilishi, nur sindirish kursatgichi, yoritilishi, kushilmasi singari omillarga bog’liq. Minerallar yaltiroqligiga qarab kuyidagi guruxlarga bo’lanadi.
1. Metaldek yaltiroqlik. Bu metallarga xos kuchli yaltiroqdir. Bunday minerallar odatda tiniq bulmaydi va sof tug’ma metallardan boshqa xammasi chinni palastinkaga qora chiziladi. masalan, gematit, molibdenit, pirit, markazit, magnetit singari minerallar metaldek yaltiroqlikka ega.
2.Metaldek yaltiramaydigapn minerallar. Ular kuyidagi turlarga bulinadi.
Olmos yaltiroqligi. Bu – olmos singari yuqori sindirish kursatgichlariga ega bulgan tiniq va yarim tiniq minerallardir.olmas, sfalerit, kinovar kabilaruchun xarakterlidir.
Shishadek yaltiroqlik. U asosan shishadek tiniq minerallar orasida keng tarqalgan bulib. Tiniq kvars kalsit, osh tuzi, gipsning ba’zi turlari uchun xosdir.
Yog’dek yaltiroqlik. Ba’zi minerallar uchun xarakterlidir. Ularning yuzasi odatda yog’langandek yaltirab turadi. Masalan nam tosh tuzining yangi singdirilgin yuzasi bir necha kundan keyin yog’langandek yaltiraydi. Sof tug’ma oltingurgut nefelining ba’zi turlari xam yog’dek yaltiroqlikka ega.
Ipakdek yaltiroqlik. Tolasimon tuzilgan minerallarga xosdir. Yaltiramaydigan minerallar yuzasi odatda xira buladi. Bularga bur, kaolin, xar xil oxralar,prolyuzit va temir gidrooksidining ba’zi turlari kiradi.
Minerallarning tiniqligi. Tiniqlik minerallarning o’zi orqali nur utkazish xususiyatidir. Minerallar tiniqligiga kura kuyidagi gruppalarga bulinadi.
1.tiniq minerallar. Ularda mineral kristallar orqali predmetlar tasviri yashxi kurinib turadi. Bularga tog’ xrustali, islandiya shpati, topaz, gipsning ba’zi turlari kiradi.
2. yarim tiniq minerallar. Bu minerallar orqali predmetlar tasviri uncha aniq kurinmaydi yoki g’ira shira kurinadi.
3. yorishib kurinadigan (nurlanuvchi) minerallar. Ba’zi minerallardan nur juda kuchsiz o’tganligi sababli ular yorishib kurinadi. Ayrimlarida minerallarning ustki yupqa qismigina yorishib kurinadi. Bular nurlanuvchi minerallar deyiladi.
4.tiniqmas minerallar. Ularga uzidan deyarli nur utkazmaydigan metall yaltiroqli va rudali metallar kiradi.
Minerallarning tiniqligi ularning yupqa plastinkasi orqali qog’ozdagi yozuv qanchalik ravshan kurinishiga qarab aniqlanadi.
Minerallarning ulanish tekisligi. Minerallarni kristall tekisliklari bo’yicha ma’lum yo’nalishda maydalanishi natijasida xosil buladigan silliq tekis yuzaga ulanish tekisligi deyiladi. Ulanish tekisligi faqat kristall tuzilishli minerallarga xos bo’lib, amorf jismlarda ifodalanmagan. Ulanish tekisligi yaxshi ifodalangan minerallaroson parchalanib juda silliq va tekis yuzalar xosil buladi. Ulanish tekisligini aniqlik darajasiga kura barcha minerallar kuyidagi 5 ta turga bulinadi.

  1. ulanish tekisligi uta mukammal bulgan minerallar. Ular yaltirab turuvchi yuzalar buyicha plastinkalar va varoqlarga osongina ajraladi. Bu minerallarning ulanish tekisligining kundalang yo’nalishi buyicha sindirish qiyin.

  2. ulanish tekisligi mukammal minerallar. Bunday minerallar urib sindirilganda ulanish tekisligi orqali shu mineral kristallarga uxshash bulaklar ajraladi. Masalan osh tuzi va galinet maydalanganda tug’ri kubchalar, kalsit sindirilganda to’g’ri romboedrlar shaklidagi bo’laklar xosil buladi.

  3. ulanish tekisligi o’rtacha bo’lgan minerallar. Ular ma’lum yunalishda maydalanganda yuzasi notekis bo’laklarga parchalanadi.

  4. ulanish tekisligi nomukammal minerallar. Bu minerallarning ulanish tekisligi yaxshi bilinmaydi va singan joylari notekis yuza xosil qiladi. Masalan apatit, sof tug’ma oltingurgut olivin, kassiterit(qalay toshi).

  5. ulanish tekisligi o’ta nomukammal minerallar. Ularning deyarli ulanish tekisligi bulmaydi. Minerallarni bolg’a Bilan urib sindirilganda tasodifiy shakllar xosil buladi. Masalan kvars, magnetit, gematit,oltin, platina.

Minerallarning sinishi. Bu xususiyat ulanish tekisligi bulmagan minerallarga xosdir. Mineral urib maydalanganda u qonuniy yunalishda bulmagan tasodifiy yuzalar buyicha parchalansa bu xususiyat uning sinish xossasi deyiladi. Sinish yuzalari ba’zi minerallarni aniqlashda doimiy belgi sifatida muxim axamiyatga egadir. Yuza xarakteriga kura sinishning bir necha turi ajratiladi.

  1. donador sinish.bunday sinishda mineral bulakchasidagi ayrim kristallar kurinib turadi va bu minerallar dona-dona bulib sinadi. Masalan, angidrit, magnenit, marmar, apatit va gipsning ba’zi turlari donador sinadi.

  2. kesaksimon sinish. Bu sinish gilli minerallar uchun xarakterli.

  3. Minerallar maydalanganda chig’onoqqa uxshash yuzalar xosil buladi. Bu sinish kvars, xalsedon, opal, magnezit singari minerallar uchun xarakterli belgidir.

  4. zirapchasimon sinish. Bunday sinishda minerallarning maydalangan yuzasi yog’ochni sindirgandagi kabi mayda xar xil uzunlikdagi tikanli, chukirtaksimon shaklda buladi. Masalan, asbest, kremel.

  5. ilmoqli sinish. Bunda minerallarning maydalangan bulaklari ustida ilgaksimon yullar kurinib turadi. Bu sinish chuziluvchi sof tug’ma elemetlar uchun xarakterli.

  6. tekis sinsh. Bu sinishda minerallarning yuzasi tekis va barobar sinadi.

  7. notekis sinish. Ulanish tekisligi bulmagan yaxlit zich kristall massalar shaklidagi minerallar notekis sinadi.

Minerallarning qattiqligi. Minerallarning muxim diagnostik belgilaridan biri sularning qattiqligidir. Minerallarning qattiqligi deb uni boshqa biror mineralni ng o’tkir tomanibilan tirnalganda qarshilish kursatish kuchiga aytiladi.
Moosning qattiqlik shkalasi.



Minerallarning nomi

Formulasi

Qattiqlik birligi.

Talyak

Mg (Si4O10) (OH2)

1

Gips

Ca SO4 2H2O

2

Kalsit

CaCO3

3

Flyuorit

CaF2

4

Apatit

Ca5(F.Cl) (PO4)3

5

Ortaklaz

K2Al2Si6O16

6

Kvars

SiO2

7

Topaz

Al2 (SiO4) (CH F)2

8

Korund

AlO3

9

Olmos

C

10

Minerallarning qattiqligi shu minerallning shkaladagi minerallardan qaysi birini tirnay olishiga qarab aniqlanadi. Masalan, tekshirilayotgan mineral gipsni tirnasayu o’zi kalsit bilan tirnalsa, uning qattiqligi 2 bilan 3 orasida (2,5)buladi. Minerallar qattiqligini juda aniq bilish uchun sklerometr asbobidan foydalaniladi. Shkala bulmaganda minerallarning taxminiy qattiqligini quyidagi predmetlardan foydalanib aniqlash mumkin.

1.qalamdagi grafitning qattiqligi 1


2.tirnoqning -“- 2,5
3.bronza tanganining –“- 4
4.shishining -“- 5
5.pulat qalm taroshning –«- 6
Minerallarning solishtirma og’irligi. Minerallarning solishtirma og’irligi ximyaviy tarkibiga, chunonchi ion yoki atomlarining og’irligiga bog’liqdir. Solishtirma og’irlik 0,6dan 23 gacha bulishi mumkin. Masalan tabbiy gazlar suyuq butumlarining solishtirma og’irligi 1 dan kichik osmiy iridiy gruppasiga kiruvchi ba’zi minerallarda 23 gacha bo’ladi.
Minerallarning solishtirma og’irligiga kura 3 guruxga bulinadi.
1.yengil - solishtirma og’irligi 2,5 gacha bulgan minerallar (oltingurgut, gips, galit).
2.urtacha - solishtirma ogirligi 2,5dan 4 gacha bulgan minerallar.
3. og’ir – solishtirma og’irligi 4 dan yuqori bo’lgan rudali metallar.
Minerallarning magnitlik xususiyati. Magnitlik xossasiga ega minerallar uncha kup emas. Tarkibi asosan temir marganes, kobolt, nikel singari elementlari bulgan ba’zi minerallargini kuchli magnitlanishi Bilan xarakterlanadi. Minerallarning bu xususiyati mignit sritelkasi yordamida osongina aniqlanadi.
Minerallarning tovlanishi. Bu xossa ba’zi minerallar uchun xarakterli. Odatda bunday minerallar yuzasida kamalakka uxshab turli tusda tovlanuvchi yuk qatlam buladi. Tovlanish rangi minerallarning tusida farq qiladi. Mis kolchedani, temir yaltirog’i singari minerallarning yangi singdirilgan yuzlari qizdirilgan pulat singari xar xilda tovlanadi.
Minerallarning ta’mi (mazasi). Suvda oson eruvchi ayrim minerallar o’zining tami bilan ajralib turadi. Masalan sho’r (tosh tuzi-galit), achchiq sho’r (silvin), achchiq (karnalit), achchiq nordon , kuydiradigan (selitra), ishqorli (soda) minerakllarni tamiga qarab ajratish mumkin.
Minerallarning kislota ta’sirida qaynashi. Karbonatlar gruppasiga kiruvchi minerallar kuchsiz xlor kislota bilan reaksiyaga kirishadi. Suv aralashtirilgan xlorid kislotasi kalsitga tomizilsa karbonat angidrit ajralib chiqa boshlaydi. Kalsit, dolomit va magnezit singari karbonatlar ana shu usulda aniqlanadi.



Download 7.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling