Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija


MAVZU: MINERALLARNING FIZIK – KIMYOVIY XUSUSIYaTLARI


Download 7.25 Mb.
bet73/214
Sana15.11.2023
Hajmi7.25 Mb.
#1776050
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   214
Bog'liq
78 Геология мажмуа 2012 tay

MAVZU: MINERALLARNING FIZIK – KIMYOVIY XUSUSIYaTLARI
Minerallarning turi 2,5 mingdan ortiq. Ular tabiatda xar xil miqdorda tarqalgan. Aksariyat qismi kam uchraydi. Tog’ jinslarini tashkil qiluvchi minerallar Yerning ustki qismi - litosferaning asosini tashkil etadi. Bulardan dala shpatlari –55; piroksen va amfibollar – 15; kvarts – 12; slyudalar – 3; gil minerallari -1,5; kalg’tsit – 1,5; oksidlar va gidroksidlar – 3; fosfatlar – 0,75; xloritlar va ftoritlar – 0,5; sulg’fidlari bilan sulg’fatlar – 0,3, sof tug’ma elementlar - 0,1 foizni tashkil etadi.
Ushbu mahlumotlardan ko’rinib turibdiki, faqat silikatlar bilan kremniy oksidi og’irligi bo’yicha Yer qobig’ining 67% ni tashkil qiladi. qolgan minerallar kam miqdorda bo’lishiga qaramasdan xalq xo’jaligida katta axamiyatga ega. Minerallarning tashqi ko’rinishiga qarab birini ikkinchisidan ajratish ancha mushkul. Xar birining o’ziga xos belgisi bor. Ular qattiqligi, yaltiroqligi, rangi, chizig’ining rangi, og’irligi, sinish yuzasi, ulanish tekisliklari va boshqalardir. Minerallarni aniqlashda ushbu qo’llanmada keltirilgan jadval minerallarning fizik xususiyatlari asosida tuzilgan. Jadvaldan foydalanishni yengillashtirish uchun minerallarning fizik xususiyatlariga tegishli bo’lgan bahzi ko’rsatmalar ilova qilingan.
Minerallarning qattiqligi.
Minerallarni aniqlashda oson usullardan biri bo’lib, muxim diagnostik belgi. qattiqlikni aniqlashda nemis olimi F. Moosning nisbiy qattiqlik shkalasidan (1811 yili yaratilgan) foydalaniladi. Bu shkala 10 ta mineraldan iborat bo’lib, ularning qattiqligi biridan ikkinchisiga tomon ortib boradi. SHunga ko’ra, xar bir oldingi mineralni keyingi mineral chiza oladi (iz qoldiradi):

  1. Talg’k- Mg3[Si4O10][OH]2

  2. Gips- CaSO42H2O

  3. Kalg’tsit- CaCO3

  4. Flyuorit- CaF2

  5. Apatit- Ca5[‘O4]3F

  6. Ortoklaz- KAlSi3O8

  7. Kvarts- SiO2

  8. Topaz- Al2[SiO4](F,OH)2

  9. Korund- Al2O3

  10. Olmos- S.

Texnik maqsad uchun minerallarning qattiqligini aniqlashda juda aniq usullar (Brikella, Vinkers, Rokvil va boshqalar) mavjud. Ular mineralning yuzasiga xar xil uchlik tig’ bilan iz qoldirishga asoslangan. Tig’ esa po’lat shar, olmos, konus, piramida va x.k. shaklida bo’lishi mumkin. Bu xolda qattiqlik og’irlik kuchining ezilgan maydonga nisbati bilan aniqlanadi qattiqlikni o’lchaydigan asbob qattiqlik o’lchovi (tverdomer) deyiladi. Uning shkalasida mineralning qattiqlik darajasini juda aniq ko’rish mumkin.


Ayrim xollarda asboblar bo’lmaganida, minerallarning qattiqligini qo’l ostidagi mavjud narsalar yordamida xam aniqlash mumkin. Buning uchun biz yumshoq qalamning qattiqligi 1, tirnoqniki 2-2,5, mis tanganiki 3, mixniki (temirdan qilingan) 4-4,5, uchli pichoq yoki shisha sinig’iniki 5-6, po’lat egovning qattiqligi 5,5-7 ga tengligini bilishimiz kifoya.
Solishtirma og’irlik minerallarni aniqlashda axamiyati katta. Solishtirma og’irlik minerallarda sezilarli ravishda o’zgaruvchan bo’lib, 0,5 dan 21 gacha bo’ladi.
Minerallarning solishtirma og’irligi yig’indisidan tog’ jinsining zichligi kelib chiqadi. Minerallarning solishtirma og’irliklari ularning kimyoviy tarkibiga, chunonchi, ion va atomlarining og’irligiga va tabiiy ichki tuzilishlariga (strukturasi) bog’liq.
Ichki tuzilishi va zichligi orasidagi munosabatlarni xam xar xil polimorf minerallar modifikatsiyalari solishtirma og’irligi misolida ko’rishimiz mumkin: - kvartsning solishtirma og’irligi 2,23 bo’lsa, - kvartsniki 2,51 ga teng; olmos-3,51; grafit-2,23; pirit-5,1; markazit-4,9 va x.k.
Bir xil kimyoviy tarkibdagi minerallarning solishtirma og’irligiga (zichligiga) atomlar orasidagi masofa, koordinatsion son, kimyoviy bog’lanish turi tahsir etadi, boshqa teng sharoitlarda esa atomlar yoki molekulalar guruxining xar xil polimorf modifikatsiyada o’zaro joylashishiga bog’liq.
Minerallarning kimyoviy tarkibiga ko’ra solishtirma og’irligi xar xil bo’ladi.
Izomorf qatoridagi kimyoviy elementlar katta atom og’irligiga ega bo’lsa, u xolda solishtirma og’irligi xam ortadi, katta ion radiusida esa aksincha. Masalan, alg’bit Na (Al Si3O8)-anortit Ca(Al2Si2O8). Solishtirma og’irlik 2,61 dan 2,75 gacha o’zgaradi, buni kalg’tsiy miqdorining plagioklaz tarkibida ortib borishi bo’yicha kuzatish mumkin. Volg’framatlar guruxida esa solishtirma og’irlik gyubneritdan MnWO4 (7,25) ferberitgacha FeWO4 (7,60) o’zgaradi. Olivin guruxidagi minerallarda xam xuddi shunday, forsteritdan Mg2(SiO4) (3,21) fayalitgacha Fe2(SiO4) (4,14) ortib boradi.

Download 7.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling