Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija
Mineral individlarining va agregatlarining morfologiyasi
Download 7.25 Mb.
|
78 Геология мажмуа 2012 tay
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ulanish yuzasi
Mineral individlarining va agregatlarining morfologiyasi. Bahzi mineral-lar agregatlarinig shakli shu minerallarning muxim alomatlaridir. Agregatlarning quyidagicha shakllari bo’ladi: donador-kristallik (1) – bir yoki bir necha minerallarning kristall donalari bir-biriga tartibsiz suratda yopishib borishidan xosil bo’ladi; konkretsiya (2) – sharsimon yoki to’g’ri bo’lmagan sferik tugunchalardan iborat bo’lib, sochiluvchan cho’kindi jinslaridan yuzaga keladi; dendritlar (3) – shoxlab ketgan daraxtga o’xshash shakl (sof kumush); oolitlar, no’xotsimon, ikrasimon (4) – diametri bir necha millimetrdan 2-3 sm gacha bo’lgan kontsentrik puchoqsimon tuzilishdagi dumaloqlangan minerallar (aragonit); druzalar (5) – biror yuzadan o’sib chiqqan yirik kristallar to’dasi (tog’ xrustali); stalaktit va stalagmitlar (6) – mineral maxsulotlarning oqiq-tomma shakllari, kolloidlar-gillar xisobiga yuzaga keladi (oxaktosh).
Ko’pgina minerallarni xosil qiladigan kristallarning shakli shu minerallarga xos va muxim alomatdir. Uning bu shakli o’sha moddaning kimyoviy tarkibiga xamda mineralning qanday sharoitda vujudga kelganiga tamomila bog’liq. Kristallarni chegaralovchi tekisliklari tomon deb, tomonlarning kesishgan chizig’i qirra deb, qirralarning kesishgan nuqtasi cho’qqi deb ataladi. Kristallarning to’g’ri shaklda bo’la olishi ularni tashkil qiluvchi zarralarning (atom, ion, molekulalarning) mahlum qonuniyatga muvofiq joylashishiga bog’liqdir. Amorf moddalarda (nokristall moddalar) bu zarralar tartibsiz xolatda joylashgan bo’ladi. Demak, ko’pchilik minerallar kristallanadi va geometrik shaklga ega bo’ladi. Kristallar kub, oktaedr, rombododekaedr, turli prizmalar, piramidalar shaklida bo’lishi mumkin. Bahzi kristallar ko’pyoqli juda murakkab, lekin mahlum mineralga xos shaklda bo’ladi. Kristallar faqat mikroskopda ko’rib bo’ladigan darajada juda mayda xamda benixoya katta bo’lishi mumkin. Kristallar kamdan-kam xollardagina yakka tartibda uchraydi. Ular ko’pincha qo’shaloq kristallar ko’rinishda bo’ladi. qo’shaloq kristallar-ortoklaz, alg’bit, qalayi tosh, kinovarg’, gips va boshqalar ko’pincha to’g’ri o’sgan, tashqi ko’rinishidan yakka-yakka bo’lib ko’ringan kristallar xaqiqatda qo’shaloqligini bahzan uning tomonlaridagi o’ziga xos choklardan bilish mumkin. Kristall tomonlarida bahzan turli chiziq va rasmlar bo’ladi. Bular kristallarning o’sishi yoki uning tabiiy sabablar tahsiri ostida erishi natijasida paydo bo’ladi. Kristallar quyidagi singoniyalarda kristallanadi; triklin (trik.), monoklin (mon.), rombik (rom.), trigonal (trig.), tetragonal (tet.), geksagonal (gek.), kubik (kub.), Ulanish yuzasi – bu minerallarning zarb tahsiridan mahlum bir kristallografik yo’nalishi bo’yicha tekis yuza xosil qilib ajralishi xususiyatidir. Ulanish yuzasi o’ta mukammal (slyudalar), mukammal (dala shpatlari, kalg’tsit, piroksen va amfibollar), ulanish yuzasi nomukammal, yahni u juda xilma-xil yo’nalishlarda sinadi (apatit, olivin, berill). Download 7.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling