Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija
Download 7.25 Mb.
|
78 Геология мажмуа 2012 tay
- Bu sahifa navigatsiya:
- Minerallarning rangi va chizig’ining rangi
Yaltiroqlik-bu minerallarning yuzasiga tushgan yorug’lik nurini qaytarish xususiyati. Yaltiroqlik metallsimon (M) – metallning yangi yuzasining yaltiroqligiga o’xshash –barit, kuprit, gematit, ilg’menit; shishadek (SH) – tiniq minerallar-slyudalar, gips, kalg’tsit; sadafdek (S) – slyudalar, talg’k; ipakdek (I) – ingichka tolalardan tuzilgan minerallar – gips tolalari, asbest; yog’dek (Yo) – mineral yuzasi yog’ surilgandek yaltiraydi – nefelin; olmosdek (O) – juda o’tkir yaltiroqlik – olmos, kinovarg’; mumdek (Mum) – xech qanday yaltiroqlik sezilmaydi – feruza.
Minerallarning rangi va chizig’ining rangi– bir qator xollarda muxim diagnostik belgi bo’lib xizmat qiladi. Tabiatda minerallar juda xilma-xil rangda uchraydi. Ular oq, shaffof, pushti, qizil, qora va x.k. rangda bo’lishi mumkin. Ularning rangi turmushda yaxshi tanish bo’lgan narsalar rangiga qiyoslab aniqlanadi. CHunonchi, sutdek oq, somondek sariq va x.k. Ayrim minerallarga ularning rangiga qarab nom berilgan. Masalan, lazurit va azurit xavo rangli, xlorit yashil rangli (grek. “xloros”-yashil), rodonit – pushti (grek. “rodon”-pushti), rubin - qizil (lot. “rubens”-qizil), auripigment – oltin rangli (lot. “aurum”-oltin, “pigment”-bo’yoq). Minerallar rangi uch xil o’ziga xos omillar bilan belgilanadi: a) idioxromatik (grek. “idios”-o’zining, shaxsiy) – mineralning o’z xususiyatlari bilan belgilanadi. Rangning bu turi mineralning kristall panjarasida rang beruvchi ionlarning yoki xromoforlarning mavjudligi bilan bog’liq. Bunday xromoforlarga titan, vanadiy, xrom, marganets, temir, kobalg’t, siyrak elementlar va boshqalar kiradi. Masalan, ikki yoki uch valentli marganets minerallarga pushti rang bersa, yetti valentli marganets to’q siyoxrang beradi; b) ko’pgina minerallar rangi boshqa kimyoviy elementlarning aralashishiga bog’liq bo’lgan alloxromatik (grek. “allos”-chet, begona) xususiyatga ega. Masalan, kvarts tarkibiga kiruvchi moddaga qarab oq, shaffofdan to qora ranggacha bo’ladi; v) va nixoyat, ayrim minerallar rangi ularning yuzasidan qaytgan nurning tarqalishiga qarab o’zgarib turadi. Bunday rang p s ye v d o x r o m a t i k (grek. “psevdo”-yolg’on, qalbaki) rang deyiladi. Masalan, labrador aslida qora rangli bo’lsada, yuzasiga nur tushganda xar xil ranglarda tovlanish (krizatsiya) xususiyatiga ega. Jadvalda minerallar rangi quyidagicha belgilangan: 1-shaffof, oq, rangsiz; 2-oq, kulrang; 3-qalaydek oq; 4-qo’rg’oshindek kulrang; 5-sariq; 6-jezdek sariq; 7-oltindek sariq; 8-qizil, pushti, qizg’ish-sariq; 9-misdek qizil; 10-yashil rang; 11-xavorang, ko’k; 12-jigarrang, qo’ngir; 13-qora, kulrang-qora; 14-temirrang qora; 15-boshqa ranglar. Bahzi minerallarni aniqlashda uning chinnida qodirilgan chizig’ining rangidan foydalaniladi. Mineral chizig’ining rangi – kukun xolidagi mineral rangidir. Ayrim xollarda mineral chizig’ining rangi mineral rangi bilan bir xil bo’ladi. Masalan, azurit chizig’ining rangi-ko’k, auripigmentniki sariq. Ayrim minerallar chizig’ining rangi esa, aksincha mineral rangdan farq qiladi. Masalan, piritning rangi – somondek sariq, chizig’ining rangi esa qora. Temir rudalarini bexato aniqlashda mineral chizig’ining rangi katta yordam beradi. Ko’rinishi bir xil bo’lgan qo’ng’ir temir rudasi, gematit va magnetitni olsa, temir rudasi chizig’ining rangi sariq-qo’ng’ir, gematitniki qizil, magnetitniki qora bo’ladi. Mineral chizigining rangi rangsiz, oq (I); kulrang, qora, qo’ngir (II); ko’k, yashil, to’q ko’k (III); xavo rang, yashil-qora (IV); qizil (V) sariq jigarrang (VI); qizil-sariq (VII); sariq (VIII) va x.k. bo’ladi. Download 7.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling