Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija


Download 7.25 Mb.
bet77/214
Sana15.11.2023
Hajmi7.25 Mb.
#1776050
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   214
Bog'liq
78 Геология мажмуа 2012 tay

Minerallarning sinishi- yuzalarning shakllariga qarab quyidagicha ataladi: a) chig’anoqsimon sinish-sinish yuzasi chig’anoksimon botiq bo’ladi (kvarts, opal, xaltsedon); b) tekis sinish-usti tekis bo’lgan sinish (magnetit); v) tikansimon sinish (yuzasi bir tomonga qaragan zirapchalar bilan qoplangan, tolali gips, asbest).
Magnitlik xususiyati (1-rasm)- mineralning kompas strelkasiga tahsir etib, uni normal xolatdan burish xususiyati; agar bu xususiyat kuchli bo’lsa, bu mineral kompas tepasida aylantirilganda, kompas srtelkasi xam shu mineral ketidan aylanadi.

1-rasm. Magnitlik xususiyati

SHu jumladan, katta axamiyatga ega bo’lgan fizik xususiyatlardan tahmi, elektr tok o’tkazuvchanligi, suvda oson eruvchanligi, qaynashi, qizdirganda yoki qattiq urganda o’ziga xos xid chiqarish, qo’lga yog’lidek sezilishi va boshqalar.


MINERALLARNING KIMYoVIY XUSUSIYaTLARI

Minerallarning tarkibini kimyoviy usul bilan aniqlangandan so’ng, uning formulasini xisoblab chiqish kerak bo’ladi. Buni ilg’menit minerali misolida ko’rib chiqamiz. Ilg’menitning kimyoviy analiz natijasini oladigan bo’lsak, u xolda izomorf magniy, marganets aralashmalar borligini ko’ramiz. Ilg’menitning asl formulasi esa – FeTiO3 Kimyoviy analiz natijasida esa – (Fe, Mn, Mg) TiO3 ko’rinish kelib chiqadi. Ushbu formuladagi temir, marganets, magniy va titan atomlarining xaqiqiy koeffitsentlarini xisoblab chiqish talab qilinadi. Xisoblash tartibi quyidagicha bajariladi (16-jadval);

  1. Xamma komponentlarni bir ustunga yoziladi.

2. Ikkinchi ustunga xar bir komponentning % miqdori yoziladi TiO2 uchun – 53,80).
3. Uchinchi ustunga xar bir komponentning molekulyar massasi yoziladi (TiO2 uchun – 79,00).
Molekulyar massasini aniqlash uchun Mendeleev davriy jadvalidan titan topiladi va uning atom og’irligini olamiz – 47,88. Xudi shu tariqa kislorodni jadvaldan topiladi– 15,9994. Formulada kislorod ikkita bo’lgani uchun uning atom og’irligi ikkiga kupaytiriladi. Natijada: Ti q 47,88; 0q2 x 15,9994q79,8788 79,90 ga teng bo’ladi.
4. To’rtinchi ustunga xar bir komponentning molekulyar miqdori yoziladi. Molekulyar miqdor kimyoviy taxlil natijasining molekulyar massasiga nisbatidir.
TiO2 uchun – 53,80:79,90q0,6733.
5. Kationning atom miqdorini aniqlaymiz, buning uchun molekulyar oksid miqdorini formuladagi kation soniga ko’paytiramiz, TiO2 uchun 0,6733x1q0,6733.
6. Kislorodning atom miqdorini aniqlaymiz, buning uchun molekulyar oksid miqdorini formuladagi atom kislorod soniga ko’paytiramiz (TiO2 da kislorod miqdori 0,6733x2q1,3466). Bu ustunga yozilgan barcha kislorodlar atom miqdorining yig’indisini xisoblash kerak:
1,3466q0,0675q0,5386q0,672q2,0199
Bizda nazariy ilg’menit Fe TiO3 da kislorod miqdori 3,00 ga teng. Topilgan yig’indining mana shu kislorod miqdoriga nisbati
2,0199:3,00q0,6733
Bu miqdor umumiy bo’luvchi deyiladi.
7. Mineral formulasidagi atomlar koeffitsentlarinng miqdori aniqlanadi, buning uchun beshinchi ustundagi kationlar miqdorini umumiy bo’luvchiga bo’lib, xar bir kimyoviy modda uchun aloxida-aloxida yoziladi. Ti uchun
0,6733: 0,6733q1,00
8. Arifmetik xisob-kitoblarning to’g’riligini zaryadlar miqdori orqali aniqlaymiz. Musbat zaryad sonining yig’indisi manfiy zaryad sonining yig’indisi bilan teng bo’lishi shart.
Bizdagi ilg’menit mineralida uch kislorod atomi oltita manfiy zaryadga ega. Demak,
OqTiqMnqMgqFe
6q5,996
9. Xisoblab chiqilgan formula quyidagicha yoziladi:



Mineral tarkibidagi birikmalarni aniqlash

Minallar - bu shartli birikmalardir. Mineral formulalarini izomorf aralashmalar bilan ifodalash mumkin. Masalan, sfaleritni – (Zn, Fe)S, ikki mineral ZnS va FeS aralashmasi deb qarash mumkin. Mineraldagi minallar miqdori molekulyar yoki foizlarda beriladi. Ularning xisobini qorishma tarkibli ilg’menit misolida ko’rishimiz mumkin.


1. Ilg’menit tarkibi (1 – namuna) va xisoblangan formulasi 16– jadvalda berilgan, shu natijalar asosida minal tarkibini chiqarish kerak. Formuladan ko’rinib turibdiki, bu mineral uch moddaning (minalning) izomorf qorishmasidan iborat – ilg’menit FeTiO3, pirofanit MnTiO3, geykolit MgTiO3 . Formuladagi koeffitsientni asos qilib olib, minal tarkibini osongina chiqarib olish mumkin (mol. %):
FeTiO3-80
MnTiO3-10
MgTiO3-10
Agar oksid molekulyar miqdorining dastlabki o’lchamini 17–jadvaldan olinsa, yuqoridagi natijani osonligini keltirib chiqarish mumkin. u xolda:
Fe TiO3 FeO bo’yicha – 0,5386 – 80 mol. %
Mg TiO3 MgO bo’yicha – 0,0675– 10 mol. %
Mn TiO3 MgO bo’yicha –
2. 2-namunadagi ilg’menit tarkibi (16-jadval) va formulasi

birinchi namunadagi ilg’menitdan farq qiladi. Farqi shundan iboratki, alyuminiy, uch valentli temir izomorf aralashma sifatida topilgan va ular taxminan Al2O2, Fe2O3 minal ko’rinishda bo’lsa kerak.
Ilg’menit Fe TiO3 formulasi va yuqoridagi izomorf aralashmalar formulasi bir xil emas. Koeffitsientni xisoblash tartibi 17-jadvalda berilgan, molekulyar miqdori bo’yicha esa 18-jadvalda keltirilgan. Albatta, ularning natijalari bir xil bo’ladi.
3. Kimyoviy tarkibi bo’yicha minerallarning formulasini umumiy qilib keltirishning sodda usuli xam bor. Bu olingan kimyoviy tarkib natijasini atom og’irligiga nisbatidir. Masalan, barit-BaSO4:
1. Va – 58,8
S - 13,7
O – 27,5
Ba q 58,8:137q0,43
Ba-137 – Mendeleev davriy sistemasidagi atom og’irlik
S q13,7:32q0,43
O q 27,5:16q1,72
Ba – S – O
0.43 x 4 q 1.72 Ba1 S1 O4 q Ba SO 4



  1. Plagioklaz

Al – 10,30
Si – 32,97
O – 48,83
Na – 8,78
Al q 10,3 : 26,98q0,38
O – 48,83 : 15,99q3,05
Si – 32,97 : 189,08q1,14
Na – 8,78 : 22,98q0,38
Na – Al – Si – O
0,38 : 0,38 : 1,14 : 3,05
1 1 3 8
Na (Al Si3 O8)
Ko’p xollarda berilgan minerallarning nazariy formulasiga qarab uning tarkibiy qismidagi elementlar miqdorini xisoblash zaruriyati tug’iladi. Masalan, yuqorida keltirilgan alg’bit minerali Na (Al Si3 O8) berilgan bo’lsa, u xolda natriy va boshqa elementlarning atom og’irligi olinadi va ular yig’indisidan proportsiya tuzilib, xar bir elementning molekulyar foiz miqdori keltirib chiqariladi:
Na – 22,98
Al – 26,98
Si – 28,08 x 3q84,24
O –
Na uchun 262,12 - 100%
22,98 – x

Na – 8,76 %


Al uchun 262,12 – 100 %


26,98 – x
Al – 10,29 %
Si uchun 262,12 – 100 %
84,24 – x
Si – 32,13 %
O uchun 262,12 – 100 %
127,92 – x
O – 48,8 %
SHunday qilib, minerallarning nazariy kimyoviy tarkibini keltirib chiqarildi.


Download 7.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling