Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija
Download 7.25 Mb.
|
78 Геология мажмуа 2012 tay
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: Qayta o’zgargan (metomorfik) tog’ jinslarini ta’riflash. Mashg’ulotning maqsadi.
- Metomorfik tog’ jinslarining tashqi belgilari. Strukturasi va teksturasi.
- Metomorfik jinslar klassifikasiyasi.
- Asosiy metomorfik tog’ jinslarining ta’rifi.
- Metomorfik tog’ jinslarini aniqlash tartibi.
- Metomorfik tog’ jinslarini tasniflash tartibi
MAVZU: Qayta o’zgargan (metomorfik) tog’ jinslarini ta’riflash. Mashg’ulotning maqsadi. Metomarfik jarayonlar natijasida xosil bulgan tog’ jinslari va minerallar bilan tanishtirish va ularning strukturasi xamda ximyaviy minerologik tarkibini o’rganish Kerakli asbob va materiallar. 1.tog’ jinslari kolleksiyasi 2. meiamorfik tog’ jinslari. Gneyslar slyuda, marmar.kvarsit, serpentin 3.metomorfik tog’ jinslari shakllari, rasmlari 4.lupa, molotok, oynacha 5.10%li xlorid kislota 6.geologik xarita 7.tog’ jinslarini aniqlagich jadvali. Metomorfik tog’ jinslarining eng muxim tashqi belgilari ularning strukturasi va tekstrukturasidir. Barcha metomorfik tog’ jinslari kristallik strukturaga ega bulib, ular birlamchi tog’ jinslarining qayta kristallanib, qattiq xolatga o’tishidan vujudga keladi. Metomorfik tog’ jislarining krislallik strukturasi magmatik to’la kristallilik strukturasidan ajralib turadi. Metomorfik tog’ jislaridagi ko’pgina minerallar yaxshi kristallangan bo’lishi mumkin, lekin ularning tashqi ko’rinishi xar xil bo’lishi mumkin. Ba’zi minerallarning esa aniq bir shakli bqlmaydi.Ayrim minerallarning yirik donalari ko’pincha boshqa minerallarning mayda donalari Bilan qo’shilib ketadi. Metomorfik tog’ jinslarining tashqi belgilari. Strukturasi va teksturasi. Metomorfik tog’ jislarining teksturasi juda xilma xil. U asosan slanessimon, yo’l-yo’l tolali yaxlit teksturali bo’ladi. Selenessimon tekstura uzunchoq mineral qatlamning bo’ylama tomoniga nisbatan paralel joylashganligidan xosil bo’ladi. Yo’l-yo’l lentali qatlamli(tangachali) tekstura yaxlit jinslarda turli minerallar qatlami yo’l-yo’l bo’lib joylashganda kuzataladi. Yo’l-yo’l lentali qatlamlar qalinligiga qarab, qatlamli va tangachali xillarga bo’linadi. Tolali tekstura tolali ktistall ioddalarda uchrab, tolalari o’zaro bir-biriga o’ralib, chirmashib ketgan bo’ladi. Yaxlit tekstura yaxlit kristalli jinslar teksturasiga o’xshash bo’ladi. Metomorfik tog’ jinslarining struktura va teksturasidan tashqari, ularning mineralogik tarkibi va rangini o’rganishga xam e’tibor berish kerak. Metomorfik jinslarning rangi turlicha bo’lib jins xosil qiluvchi minerallar rangiga qarab kulrang, qizg’ish, chshil, qora,Tim qora bo’ladi. Metomorfik jinslarning mineralogik tarkibi xam juda murakkab. U metomorfik jinslarni xosil qalgan magmatik yoki cho’kindi jinslarning mineralogi tarkibiga bog’liq. Metomorfik jinslarda birlamchi va ikkilamchi minerallar uchraydi. Metomorfik jinslarda ularni tashkil qilgan tog’ jinslarining dastlabki yotish xolati saqlanib qoladi. Tabiatda metomorfik jinslar qatlamlar, linzalar, tomirlar, shtoklar, bukilmalar yoki burmalar va boshqa shakillarda uchraydi. Metomorfik jinslar klassifikasiyasi.
Asosiy metomorfik tog’ jinslarining ta’rifi. Metomorfik jinslar mineralogik tarkibiga ko’ra bir necha klassga bo’linadi. Gneys, kristalli xamda gili slaneylar, fillit, marmar, kvars va serpentenit, zmeyeviklar asosiy metomorfik jinslar xisoblanadji. Gneyslar slanessimon va yo’l-yo’l teksturasi Bilan xarakterlanadi. Rangi undagi minerallar tarkibiga qarab kul rang, pushti, kul rang sarg’ish bo’ladi. Tarkibidagi rangli minerallar xiliga ko’ra: muskovitli, biotitli, rogovaya ombankali, piroksenliva granitli gnyslar ajratiladi. Ortogneyslar magmatik jinslarning qayta kristallanishi va o’zgarishi natijasida paydo bo’ladi. Slenslar metomorfik jinslarning katta gruppalarini o’z ichiga oladi xamda slenessimon yoki yo’l-yo’l teksturasi va kristallik strukturasi bilan xarakterlanadi. Mineralogik tarkibiga ko’ra slyudali, talkli, xloritli, gili, kremlili, temirli slaneslarga ajratiladi. Slyudali slaneslar- asosan slyudadan yoki kvars bilan yopishgan slyudadan iborat bo’lib, yupqa qatlamli teksturasi xosil qiladi. Muskovitli slaneslar oq yoki rangsiz ,biotitli slaneslar qora, ayrim turlari kul rang yoki yam-yashil bo’ladi. Talkli slaneslar- kvars, xlorit va slyudalar aralashgan talk massasidan iborat nozik slanessimon tuzilgan metomorfik jins. Rangi och kul rang, ba’zan yashilsimon. Bu jins juda yumshoq, qo’lga moysimon seziladi. Xloritli slaneslar- yashil tusli tangachali slanessimon jins bo’lib, xlotit va xloritning kvars, slyuda, dala shpati aralashmasidan tarkib topgan. Ranga yashil, to’q yashil. Jinsdagi xlorit tangachalari muskovit va biotitga nisbatan mo’rt pichoq Bilan oson tirnaladi. Fillitlar- nozik slanesli yoki yupqa qatlamli, yopiq tangachali jins. Fillitlar gili –slyudali yoki slyuda-gilli slaneslar jumlasiga kiradi va qatlamlari yuzasida serisit minerali tangachalari bo’lganligidan ipaksimon yaltiraydi. Tarkibida slyuda va organik moddalar ko’p. Rangi to’q kul rang, qo’ng’ir vaqora. Fillitning tashqi ko’rinishi ba’zan gili slaneslarga o’xshasada, ularda gilli minerallar bo’lmaydi. Fillitlar yupqa va tekis toshtaxtalarga oson ajralganligidan, tomlarni yopishda ishlatiladi.mustag’kam plitalar Zinapoyalar karnizlar ostonalar, tulqin tusar matayeriallar tayyorlanadi. Gili slaneslar- yaxshi slanes teksturali lekin tuliq kristallik strukturaga ega emas kam metomorfiklashgan qora tuq kul rang yoki yashilsimon jins. Tarkibi nozik kvars changlari saqlovchi gil zarrachalarining slyuda va kalsiy karbanat bilan aralashmasidan tashkil topgan. Gili slaneslar tuproqsimon maydalanishi, loy xidi Bilan gillarga uxshasadi suvda ivib shishmaydi. Toshtaxtalarga oson ajraladi. Gilli slaneslarning yupqa va tekis yuzali zich toshtaxtalari tomga yopuvchi slanes (tabiiy shifer) lar tayyorlashda ishlatiladi. Kremniyli slaneslar- kvars va xalsedondan iborat bulib slanessimon tuzligan xar xil tusli metamorfik jinslardir. Juda qattiq pichoq bilan tirnalmaydi. Shishada chizilganda iz qoldiradi. Kvarsitlar asosiy massa kvarsning mustaxkam sementlangan donalaridan tashkil topgan massiv jins bulib kvarsli kum va qumtoshlarning metamorfizasiyasi natijasida paydo buladi. Kvarsitlar juda zich va qattiq bulib xatto pulat bilan tirnalmaydi. Tarkibidagi aralashmalarga kura rangi xar xil oq pushti, sariq, kul rang binafsha va boshqa tuslarda uchraydi. Tarkibida kvars borligi donadaor strukturasi va donalar yuzasining tekis bulmasligi juda qattiqligi xamda sinish yuzasining yaltirib turishi kvarsitlarga xos xususiyat. Kvarsitlar o’tga chidamli g’ishtlar tayyorlashda yul qurilishlarida binolarning devorlarinin qoplovchi toshlar va kislotaga chidamli minerallar sifatida ishlatiladi. Marmar – oddiy zich ohaktoshlar va qisman dolomitlarning uzgarishidan xosil bulgan va tarkibi asosan kalsitdan iborat teng donali, massiv metamorfik jins xisoblanadi. Marmar tarkibida dolomit kvars dala shpati rogovaya obmanka singari mineralla xam ishtirok etadi. Toza marmar oq grafit yoki kumirsimon moddalar aralashmasi bulsa xavo rang kul rang va qora tusli tarkibida temir oksidi bulsa-sariq va pushti ranglidir. Marmar xlorid kislotasi ta’sirida kuchli qaynaydi. Pichoq bilan oson tirnaladi. Marmar xalq xujaligining turli soxalarida ishlatiladi. Ayniqsa binokorlikda bino devorlarini qoplashda naqshinkorlikda keng kullaniladi. G’ozg’on marmar konining zapasi nixotda katta. Undan 1935 yidan buyon sanoat usuli bilan marmar qazib olinmokda g’ozgon marmari xilma xil oq pushti och va tuk kul rang, qora tutinsimon rangli va tovlanib turuvchi taram tarm yul Bilan uralning mashxur yashmasidan Sayan nefriti, Baykal lazuritidan qolishmaydi. Bu marmar sifati jixatidan faqat Italya marmaridan keyin tursada mustahkamligi jixatidan dunyoda birinchi urinni egallaydi. Serpintenit. Serpintenit asosan serpentin mineralidan tarkib topgan zich tuzilgan metomorfik jins. Rangi sarg’ish yashil tuk qoragacha, sariq qung’ir, qizg’ish va deyarli oq tusli. Chizganda oq chiziq beradi. Turli tomonlarida rangi uzgarib turadi. Moysimon yaltiraydi. Kupincha jins massasining absetning taram taram oq yullari uchraydi. Binolarning devorlarini qoplovchi tosh va dekarativ qurilish materiali xisoblanadi. Metomorfik tog’ jinslarini aniqlash tartibi. Metomorfik tog’ jinslarini aniqlash tartibi otqindi jinslarni aniqlash kabidir. Dastavval metamorfik jinslarning strukturasi va teksturasi va sungra rangi minerologik tarkibi xamda asosiy jins paydo qiluvchi minerlallar urganiladi. Shu tashqi belgilariga qarab tog’ jinsi oddiy kuz yoki lupa orqali qarab aniqlanadi.aniqlagichlar yordamida tularoq aniqlash mumkin. Aniqlash natijasi quyidagi jadval buyicha yozib chiqiladi. Metomorfik tog’ jinslarini tasniflash tartibi
Download 7.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling