Geologiya va tuproqlar geografiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari


Download 1.67 Mb.
bet10/33
Sana14.05.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1461377
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
Bog'liq
geologiya edu print (2)

Kimyoviy nurash tog‘ jinslarining tub ma’noda kimyoviy parchalanib yemirilishidir. Tog‘ jinsi yoriqlariga tushgan suv bu turdagi nurashning bosh omilidir. Yana shuningdek, atmosferadagi kislorod va karbonat angidrid ham vositachilikda suvdan qolish- maydi. Biroq, unga harorat ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bunda erish, gidroliz, gidratlanish va oksidlanish reaksiyalari muhim rol
o'ynaydi. Kimyoviy nurash natijasida minerallarning fizikaviy holati o'zgarib, kristall panjaralari buziladi. Natijada tog4 jinslari tarkibida ilashimlik, yopishqoqiik, plastiklik, nam sig‘imi singari, yangi xossalarga ega bo‘lgan ikkilamchi minerallar yuzaga keladi.
Bu holat yer yuzasida yaxshi xususiyatli tuproq ona jinslari ko‘payishiga sabab bo‘ladi.
Biologik nurash turli organizmlar (mikroorganizmlar, o‘sim- lik va hayvonot dunyosi) va ularning hayoti davomida vujudga kelgan mahsulotlar ta’sirida tog4 jinslarining parchalanishi va kimyoviy o'zgarishi natijasida sodir bo'Iadi. Nurash turlarining boshqalariga qaraganda aynan biologik nurash tuproq hosil bo‘lish jarayonlari bilan mustahkam aloqada ekanligini qayd etish lozim.
Ushbu nurash turi uning boshqa turlarining rivojlanishiga ham yo‘l ochishi ma’lum. Masalan, bakteriyalar tog4 jinslarining ichki va ustki bo'shliqlarini yemirishi tufayli fizik nurash jarayonlariga yengillik tug‘dirib beradi.
Tog4 jinslari va minerallarda paydo bo‘lgan yoriqlar orasiga o‘simlik ildizlarining kirib rivojlanishi natijasida ular maydalana boshlaydi. Shuningdek, qurt-qumursqa va kalamush singari yer qazuvchi jonivorlar ham tog4 jinslari va minerallarning mexanikaviy maydalanishida fasl ishtirok etadi. Bundan tashqari, o‘simlik va hayvonlarning ko‘plab qoldiqlari yer yuzasida to‘planadi - chiriydi, ulardan paydo bo‘ladigan organik kislotalar ham tog4 jinslari va minerallarni kimyoviy ravishda o‘zgartadi.

9. Tuproq hosil qiluvchi tog‘-ona jinslar
Nurash po‘sti yuzasida tarqalgan g‘ovak holdagi (g‘ovaksi-
mon) cho‘kindi yotqiziqlar tuproq hosil qiluvchi ona jinslar deb
ataladi. Cho‘kindi tog4 jinslaridan tuproq hosil bo4lishi va rivoj­ lanishi muqarrar.
Tuproq hosil qiluvchi (ona) jins tuproqning moddiy asosini tashkil etadi. Tuproq hosil bo'lish jarayonida ona jins o‘zining mexanik, mineralogik va kimyoviy tarkibini, shuningdek, fizik, kimyoviy, fizik-kimyoviy xossalarini unga o‘tkazadi, keyinchalik asta-sekinlikda turli darajada o‘zgaradi.
Kelib chiqishi (genezisi)ga va hosil bo‘lish sharoitlariga ko‘ra, to‘rtlamchi davr cho‘kindilari turlicha tarkibi, tuzilishi, g‘ovakligi va xossalari bilan xarakterla- nadi. Bu o‘z navbatida tuproqning paydo bo‘lish jarayonlarida va hosil bo‘ladigan tuproqlar unumdorligida aks etadi.
Barcha tuproq paydo qiluvchi (ona) jinslar kelib chiqishiga
ko‘ra quyidagi guruhlarga: elyuvial, delyuvial, allyuvial, ko‘l- allyuviai, prolyuvial, muz, dengiz, eol yotqiziqlari va lyoss
jinslariga boMinadi.
Bu jinslar tashqi ko‘rinishi, belgilari, tuzilishi va shuningdek, kimyoviy - mineralogik va mexanik tarkibi bilan farqlanadi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling