Geometrik nivelirlash usullari va mohiyati


ZAMONAVIY NIVELIRLAR TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR


Download 1.06 Mb.
bet6/11
Sana15.02.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1200748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Geometrik nivelirlash usullari va mohiyati

ZAMONAVIY NIVELIRLAR TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR


Elektron nivelirlar hozirgi kunda geodezik asboblarning yangi turi hisoblanib, nivelirlash ishlarini sezilarli avtomatlashtirish imkonini tug‘diradi. Elektron nivelirlarning funksional imkoniyat- lari kengaytirilib, masofa o‘lchash aniqligini 20 mm gacha oshi- rishga erishilgan.


Elektron nivelirlar texnik tavsiflari bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi: aniqligi bo‘yicha — aniq, 0,7 mm/km yo‘lga; yuqori aniq- likda 0,3 mm/km yo‘lga; o‘lchangan informatsiyani saqlash turiga qarab ichki va tashqi xotirali (PCMCIA). Dasturli ta’minot quyidagi funksiyalarni bajarish imkoniyatini ta’minlaydi: tekshirish ishlari: i burchakni aniqlash (qarash nurining adilak o‘qiga parallel emasligi), nivelirlash ishlari — reyka bo‘yicha ayrim sanoqlarni va masofalarni aniqlash, yo‘lni nivelirlash, nivelirlangan yakka yo‘lni tenglashtirish; taxeometrik masalalar — burchakli yo‘nalishlarni o‘lchash, koor- dinatalar orttirmalarini aniqlash, nazorat funksiyalari: reyka bo‘yicha sanoq aniqligi nazorati, qarash nurining yerdan balandligini nazorati, bekatda nisbiy balandlikning nazorati, seksiyada va bekatda yelkalar farqlaring nazorati. 55- a rasmda raqamli DINI niveliri reykasi bilan,


Zamonaviy nivelirlar: a — raqamli nivelir DINI reykasi bilan;
b — avtomatik nivelir NA reykasi bilan; d — 3H—ÊË niveliri.
esa qarash o‘qi avtomatik tarzda ufqiy holga keladigan Ni nivelirining umumiy ko‘rinishlari keltirilgan.
Raqamli nivelirlar aniqligi bo‘yicha: aniq DINI 21, DINI 22; yuqori aniqlikdagi: DINI 11, DINI 12; yuqori aniqlikdagi nivelirli taxeometrik stansiyalari: DINI 11T, DINI 21T ga bo‘linadi. 55- b rasmda Rossiyaning Ural optika mexanika zavodida ishlab chi- qarilayotgan kiritilgan kompensator yordamida qarash nuri ufqiy holga avtomatik tarzda keladigan 3H-2KË niveliri ko‘rsatilgan. Uning komplektiga ikkita reyka va shtativ kiradi. U limbli va kompensatorli bo‘lib, unga 1 km ikkilangan reyka va shtativ kiradi. U limbli va kompensatorli bo‘lib, unda 1 km ikkilangan yo‘lni nivelirlash o‘rta kvadratik xatoligi 2 mm. Bundan tashqari, shu firmaning 3H-5Ë texnik aniqlikdagi kichik gabaritli niveliri quri- lish maydonlarida, borish qiyin bo‘lgan rayonlarda qidiruvlarida nisbiy balandliklarni o‘lchash uchun mo‘ljallangan, limbli bir km yo‘lning nisbiy balandligini o‘lchash o‘rta kvadrat xatoligi 5 mm.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling