Geomorfologiya va geologiya asoslari” faniga kirish. Faninig maqsadi va vazifalari


Geomorfologiya fanining tarmoqlari


Download 24.03 Kb.
bet2/8
Sana17.06.2023
Hajmi24.03 Kb.
#1528892
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-мавзу кириш

Geomorfologiya fanining tarmoqlari

  • Umumiy geomorfologiya - relyefning shakllanishi haqidagi juda keng masalalarni oʻrganadi;xususiy geomorfologiya- relyefni bir yoki bir necha alohida geomorfologik koʻrsatkichlar boʻyicha tadqiq etadi;
  • Regional geomorfologiya - yer yuzasi alohida hududiy qismlarining konkret relyefini oʻrganadi; yer relyefining regional jihatdan muhim xususiyatlari sayyoraviy geomorfologiya tomonidan oʻrganiladi. Geomorfologiyaning alohida tarmogʻi - paleogeomorfologiya oʻtmish geologik davrlarning (koʻpincha koʻmilib yotgan) relyefini oʻrganadi va uzoq, geologik davrlarda yer yuzasining qanday boʻlganini aniqlaydi. Xoʻjalikka tegishli masalalarni hal qilishda ishlatiladigan geomorfologik tadqiqotlar yakunlarining nazariy asoslari amaliy geomorfologiya tomonidan ishlab chiqiladi.
  • Umumiy geomorfologiya bir qancha boʻlimlarni oʻz ichiga oladi. Ulardan eng yiriklari: materiklarning yer yuzasi relyefini oʻrganadigan quruqlik geomorfologiyasi va dengiz hamda okean tubi relyefini oʻrganadigan dengiz geomorfologiyasi.

Geomorfologiya fani haqida umumiy tushunchalar

  • Geomorfologiya umumiy tabiiy geografiyaning o’zviy qismi bo’lib, geografik muhitning bir bo’lagi hisoblangan yer yuzasi va dunyo okeanining rel’efi, uning taraqqiyoti va kelib chiqishini o’rganuvchi fandir. Rel’ef tabiatni boshqa komponentlariga: geologik tuzilishi, iqlim, yer usti va yer osti suvlari, tuproq o’simlik hayvonot dunyosi va kishilik jamiyatining xo’jalik faoliyati bilan uzluksiz bog’likdir.
  • Litosferaning ustki qismi notekisliklarga boy. Ayrim ko’tarilishlar (8848) va cho’kishlar (okean cho’kmalari) orasidagi balandliklar farqi 20 km ga boradi. Materiklarda balandligiga qarab pasttekisliklar, tekislik baland ko’tarilgan, lekin tekis bo’lgan plato, kuchli bo’laklangan tog’li o’lkalarni ko’rish mumkin. O’z navbatida okeanlarda ham shunday rel’ef shakllari uchraydi. Ularning kelib chiqishiga ichki endogen yoki neotektonik jarayonlar sababchidir.
  • Yirik notekisliklar ustida kichik notekisliklar bor, ularning paydo bo’lishiga tashqi ekzogen kuchlar, ya’ni oqar suvlar, harakatchan muzlar, shamol, qirg’oqlarga dengiz va ko’l suvining urilib turishi, nurash va boshqa jarayonlar sababchidir.
  • Kelib chiqish taraqqiyoti va tarqalish qonuniyatlari bir xil bo’lgan shakllar yig’indisiga rel’ef xillari (tiplari) deyiladi. Rel’ef xillari ishlab chiqarilgan, ya’ni jinslarni ko’chirilishidan hosil bo’lgan, akkumulyativ (jinslarning to’planishi) va birlamchi-tektonik holatda bo’ladi. Bulardan uchinchisi yer yuzasida kamdan kam uchraydi, chunki ekzogen kuchlar ularni tezda o’zgartirib yuboradi.

Download 24.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling