- Reja:
- 1. Geomorfologiya faninig maqsadi, o’rganish ob’ekti
- 2.Geomorfologiya fani haqida umumiy tushunchalar
- 3.Geomorfologiya fanining o’rganilish tarixi.
- 4.Geologiya fani haqida umumiy tushunchalar.
- 5. Geologiya fani tarixi.
- 6. Geologiya fani va uning xalq xo’jaligi ahamiyati.
- Таянч тушунчалар (калит сўзлар): Geomorfologiya, Petrografiya, Kristollografiya, Tarixiy geologiya, Gidrogeologiya, rel’ef tiplari, akkummulyativ rel’ef, Paleontologiya, gemorfologik fotosurat olish, Geologik s’yomka, muxandislik geologiyasi, Amaliy geomorfologiya, Rel’ef turli
Geomorfologiya faninig maqsadi, o’rganish ob’ekti - Geomorfologiya (geo-.yer, morphe – shakl - logiya - ta’limot) - yer yuzasining rel’yefi haqidagi fan. Geomorfologiya. quruqlik hamda okean va dengizlar tubining tashqi qiyofasini, kelib chiqishi, yoshi tarixiy taraqqiyoti, hozirgi dinamikasi va tarqalishi qonuniyatlarini oʻrganadi. Hozirda. geologik davrdagi rel’efni geomorfologiya yer yuzasining oʻtmishdagi taraqqiyotining yakuni sifatida oʻrganadi.
- Yer yuzasi bir tomondan yer poʻstini va ikkinchi tomondan gidrosfera hamda atmosferani bir-biridan ajratib turadigan chegaradir. Yer yuzasiga bir vaqtning oʻzida relyefni paydo qiluvchi endogen jarayonlar va ekzogen jarayonlar taʼsir etadi. Ogʻirlik kuchining bevosita taʼsiri ostida sodir boʻladigan gravitatsiya jarayonlari ham relyef hosil qilish ahamiyatiga egadir.
- Yer – Quyosh - Oy sistemasining oʻzaro tortishish kuchi ham yer relyefi ga katta taʼsir koʻrsatadi (dengiz va okean suvlarining , Yer poʻstining koʻtarilib-pasayib turishi). Kishilik jamiyatining faoliyati yer relyefining oʻzgarishida katta omil hisoblanadi.
Geomorfologiya faninig maqsadi, o’rganish ob’ekti - Geomorfologiyaning asosiy prinsiplaridan biri shuki, relyef geografik komponentlardan biri sifatida boshqa komponentlar va geografik sharoit bilan bevosita bogʻliq holda oʻrganiladi. Relʼyefga boshqa omillar taʼsir etibgina qolmay, relyefning oʻzi ham ularga taʼsir koʻrsatadi va ular orqali oʻziga ham taʼsir etadi. Litosfera, atmosfera, gidrosfera va biosferalgf oʻrtasidagi oʻzaro murakkab aloqa geomorfologiyaning yer haqida fanlar tizimida tutgan oʻrnini belgilab beradi Geomorfologiyadan olingan maʼlumotlar va metodlardan relyefning o’rganilayotgan joydagi geologik tuzilishi va taraqqiyotiga bogʻliq ekanligini aniqdashda foydalaniladi.
- Tabiiy geografiya, iqlimshunoslik, gidrologiya, okeanologiya, tuproqshunoslik, geobotanika bergan maʼlumotlar relyefning tabiiy-geografik sharoit va ayrim tabiiy komponentlarga boglits ekanligini aniqlash uchun zarur; geofizika bergan maʼlumotlar esa relyef taraqqiyoti jarayonining tabiiy mohiyati va yerning qattiq, suyuq, gaz holatidagi qobiqlari bilan oʻzaro munosabatini oʻrganish uchun kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |