Geomorfologiya va geologiya asoslari” faniga kirish. Faninig maqsadi va vazifalari


Geologiya fani haqida umumiy tushunchalar


Download 24.03 Kb.
bet4/8
Sana17.06.2023
Hajmi24.03 Kb.
#1528892
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-мавзу кириш

Geologiya fani haqida umumiy tushunchalar

  • Geologiya so’zi grekcha so’zdan olingan bo’lib "geo"- er, logos-fan yoki yer to’g’risidagi fan demakdir. Biz yashayotgan yer va uning paydo bo’lishi, uning nimadan tuzilgani, o’zining millionlab yillik uzoq tarixida qanday o’zgarishlarga duchor bo’lgani to’g’risidagi fan - geologiya fanidir.Geologiya atamasini birinchi bo’lib fanga norvegiyalik olim M. P. Eshol’d – 1657 yilda fanga kiritgan. Quyosh issig’i, shamol, yomg’ir tomchilari, shabnam, sovuq va qor uchqunlarini tugdiruvchi xavoning xarakati, xatto o’simlik va xayvonlar xam geologik agentlardir. Geologiya fani ularning faoliyatini anglash va tushinishga juda katta yordam beradi.
  • Geologiya yerning ustki va ichki qismini – quruqlik va okean tubini va unda sodir bo’ladigan hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir. Geologlar yerni xilma-xil moddalar birikmasidan, mineral xom ashyo, ma’danlar va tog’ jinslaridan tarkib topgan (bitmas – tuganmas xazina makoni) sharsimon fizik jism deb qaraydilar.
  • Yer po’sti noorganik qismining paydo bo’lishi va undagi metall, nometall hamda yonilgi foydali qazilmalarning hosil bo’lishi. Yer tarixidagi hayvonot va o’simliklar hayoti bilan yaqindan aloqadordir. Demak, geologiya fani yerda organik dunyoning paydo bo’lishi va yer po’stining rivojlanishi to’g’risidagi fandir.

Geologiya fanining bo’limlari

  • Mineralogiya - minerallar haqidagi fan bo’lib, minerallarning kristallik xosasini, shakllarini, ichki tuzilishini va hosil bo’lishini o’rganadi.
  • Petrografiya. Yer po’stidagi magmatik tog’ jinslarini kelib chiqish sabablarini, tarkibini va joylanish holatini tekshiradi.
  • Geoximiya. Yer po’stida kimyoviy elementlarning tarqalish konuniyatlarini va ularning bir joyga to’planish hamda siljish sabablarini o’rganadi.
  • Litologiya - CHo’kindi jinslarning hosil bo’lishi, tarkibi, strukturasi, teksturasi va ular orasida foydali qazilmalarning to’planish sabalarini tekshiradi.
  • Foydali qazilmalar geologiyasi - Cho’kindi, magmatik va metamorfik jinslarni orasida hosil bo’lgan metalli va nometall foydali qazilmalarning hosil bo’lish sabalarini, joylanish holatlarini o’rganadi.
  • Dinamik geologiya - yer po’stining (okean va quruqliklar) o’zgarishiga olib keladigan tashqi va ichki protsesslarni o’rganadi.
  • Geofizika – yer po’stining hamma zonalarida va yerning ichki qismlarida sodir bo’ladigan fizik protsesslar va ular bilan bog’liq hodisalarni o’rganadi

Download 24.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling