- Geologiya fanini aloxida masalalar bilan shugullanuvchi 4 ta ilmiy fanlar guruxiga bo’lish mumkin.
- 1. Yer po’stining tarkibini o’rganuvchi - krisstollagrafiya, minerologiya, petrografiya va geoximiya fanlari kiradi.
- 2. Yerning ichki tuzilishini va ustki qismini o’zgartiruvchi geologik jarayonlar xaqidagi tektonika, vulkonshunoslik, zilzila va geomorfologiya fanlarini o’z ichiga oladi.
- 3. Yer po’stining rivojlanish tarixini va undagi tosh kotgan organik dunyoni o’rganuvchi stratigrafiya, poleantologiya, polebatanika va poleogeografiya fanlari kiradi.
- 4. Yer po’stidagi geologik jarayonlar ta’sirida xosil bo’lgan kazilma boylik va boshqalarni o’rganuvchi fanlar kiradi. Geologiya fanining o’rganish ob’ekti - Yer. Bu juda murakkab jismdir. Xozirgi vaqda yer sharini bir kancha geologik fan o’rganadi. ular xar birining o’z soxasi va tekshirish metodi bor. Bo’larga - geodeziya fani qismlari va o’rganish soxalari kiritilgan.
- Xozirgi geologiyaning mazmuni: - yer tarixini, yer po’stini, yerda xayotning paydo bo’lishini, yerdagi xayotning qadim zamonlardagi rivojini o’rganishdan iborat
Geomorfologiya fanining o’rganilish tarixi - Ilmiy geomorfologiyaning asoschisi buyuk rus olimi M. V. Lomonosovdir. U o’zining 1763 yilda yozgan «Yer qatlamlari haqida» kitobidi rel’efning kelib chiqishi va taraqqiyoti sabablarini dialektik nuqtai nazardan tushuntiradi. XVII-XVIII asrlarda kartografiya va geodeziya yutuqlari, triangulyatsiya usulining va barometrning kashf etilishi rel’efni kartalashga katta imkoniyat tug’dirdi. XVIII-asrning ikkinchi yarmida geologiyaning nazariy asoslari yaratila boshlaydi. Shu vaqtda A. G. Verner o’zining neptunizm, J. Gyotton «Erning nazariyasi» asarida plutonizm nazariyalarini yaratib, yer yuzasidagi hamma o’zgarishlarni biri suv, ikkinchisi esa olov faoliyati bilan bog’laydi.
- Rel’ef tabiatni boshqa tarkibiy bo’laklariga qilgan ta’siriga qarab, ular orasida eng ahamiyatlisi hisoblanadi. Rel’ef tuproq va o’simliklarg’a, makro va mikroiklimiy xususiyatlariga ta’sir qiladi. Rel’ef turli bo’lganlig’idan ayrim yerlarda ko’llar, tuz to’plamlari, da vertikal poyaslar paydo bo’ladi. Rel’ef xususiyatlarini yaxshi bilmasdan ulardan foydalanish odatda yomon oqibatlarga olib keladi. Bunga yer yuzasida keng tarqalgan jarlar misol bo’la oladi.
- Geomorfologiya hayotda keng qo’llaniladi. Masalan, topografik s’yomka vaqtida xo’jalikka katta ta’sir ko’rsatadigan, lekin odatda kartaga tushirilmaydigan balandliklar, farqi kichik bo’lgan rel’ef shakllari borki, geodezistlar ularga diqqat qilmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |