Geomorfologiya va geologiya asoslari” faniga kirish. Faninig maqsadi va vazifalari


Geomorfologiya fani haqida umumiy tushunchalar


Download 24.03 Kb.
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi24.03 Kb.
#1528892
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-мавзу кириш

Geomorfologiya fani haqida umumiy tushunchalar

  • Geomorfologiya fani yer yuzasidagi notekisliklarni o’rganishni yerning planeta sifatidagi shaklidan boshlaydi. Yerning shakli geoid deb qabul qilingan, chunki u vertikal va gorizontal murakkab bo’laklangan. Yer yuzasining maydoni 510,1 mln. km. kv. bo’lib, shundan Dunyo okeani 361,16 mln. km. kv, yoki 70,8 foizni quruliklar esa 148,94 mln. km. kv, yoki 29,2 foizni tashkil qiladi. Qurukliklar ko’proq shimolda, suv yuzasi janubda joylashgan. Bu holat yer yuzasini 2 bo’lakka: materiklar va okeanlar yarim shariga bo’lishga imkoniyat beradi. Lekin materiklar yarim sharida ham suv yuzasining maydoni qurukliklardan kattadir. Quruqliklar o’z navbatida materik yoki qit’alarga bo’linadi.
  • Evrosiyo- maydoni 50686 ming km. kv.
  • Afrika -maydoni 29287 ming km. kv.
  • Shimoliy Amerika-maydoni 20238 ming.km.kv.
  • Janubiy Amerika-maydoni 17506 ming. Km. kv. Materiklardan orollar ajralib turadi va ular materik, okean, marjon, vulqon orollari bo’lishi mumkin. Eng katta orollar:
  • Grenlandiya oroli- 2175000 km. kv.
  • Yangi Gvineya oroli- 786000 km. kv.
  • Borneo oroli- 785000 km. kv. maydonga ega

Geomorfologiya fani tarixi

  • Geomorfologiya. mustaqil fan sifatida 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida shakllandi. Chet el olimlaridan birinchilardan boʻlib geomorfologiyaning nazariy, metodologik va amaliy asoslarini U. M.Deyvis (Amerika G. maktabining yetakchisi) bilan V. Penk (Yevropa G. maktabining yetakchisi) yaratdi. Ular relyef taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini organizmlar tadrijiylik nazariyasiga tatbiqan ilmiy jihatdan tavsifladi. Natijada G. Yer haqidagi fanlar orasidan mustahkam oʻrin oldi. Rossiyada geomorfologiyaga P. A. Kropotkin, V. V. Dokuchayev, I. V. Mushketov, I. S. Shchukin, Ya. S. Edelshteyn, K. K. Markovlar asos soldi. Turkiston hududlarini geomorfologik oʻrganishda va geomorfologiyaning nazariy konsepsiyalarini ishlab chiqishda 20-asrning oʻrtalari va 2-yarmida birmuncha yutuqlarga erishildi. Bu davrda geomorfolog olimlar geomorfologik sathlar, geotektura, Yerning morfostrukturasi va morfoskulpturasi, morfologik komplekslar, geomorfologik sikllar haqida ilmiy fikrlarni rivojlantirdilar. Yer poʻsti va mantiyasining tarkibi haqidagi yangi maʼlumotlar asosida yer relyefi va dunyo okeani tubi relyefining kelib chiqishi va rivojlanishi haqida yangi konsepsiyalar yaratilmoqda.

Download 24.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling