Hikoya qilishda ovoz kuchining ahamiyati
Ovoz kuchi – gid nutq texnikasining asosiy komponentidir. Gid ovozini avtobusda, muzey zalida, masjidda, zavod sehida, ochiq havoda bo`ladimi auditoriya yaxshi va aniq eshitishi zarur. Aks holda ko`rilgan tayyorgarlik keraksiz, mohiyatsiz bo`lib qoladi.
Har bir gid ham kuchli ovozga ega emas, shuning uchun ularning nutqi hammaga yetib borishi uchun ekskursiyada joy to`g`ri tanlanishi (shovqindan uzoqroqqa), guruh to`g`ri joylashtirilishi, o`z joyini to`g`ri tanlash, shamol qaysi tomonga esayotganiga e`tiborga olish.
Nutq texnikasining yana bir muhim jihati uning tezligidir(tempi) va u ekskursiyani olib borishda albatta hisobga olishnishi lozim. Ovoz tezligi(tempi)– bu nutq elementlarini talaffuz qilish tezligidir. O`zbek millatining normal nutq tezligi-daqiqasiga 120 ta so`zdir. Bu tezlikda bir betli 14 shrift 1,5 intervalda terilgan informatsiya 2-2,5 daqiqada o`qilishi kerak.
Ekskursiyada nutq tezligi o`zgaradi. U individual matnning har bir qismlari mazmuni, ob`ekt oldida hikoyaga ajratilgan vaqt, gidning emotsional tayyorgarligi, kutilmagan hodisalarning ro`y berishiga bog`liq. To`g`ri nutq tezligini tanlashda ba`zida uni tezlashtirish axborotni qabul qilishni ham tezlashtiradi. Lekin haddan ziyod tez tezlig (bir birlik vaqtda) qabulni susaytiradi(inson psixikasining “o`tkazib yuborish” qobiliyati kutariladi) va gid harakatlari bekorga sarflanadi. Tez nutq kuchli diqqatni talab qiladi, eshituvchilarni charchatadi va ular gidni quloq solishni to`xtatadilar.
Juda ham sekin nutq auditoriyani «uxlatadi», ularga fikrni kuzatish qobiliyati susayadi, oxirigacha eshitilmaydi. Sekin nutq eshituvchilarni hikoyaga «sovuqqon» qilib qo`yadi va ularni zeriktiradi.
Gid nutq tezligini o`zgartira olishni bilishi muhimdir. Biror narsani ta`kidlash, ajratish zarur bo`lsa, nutq tezligini sekinlashtirish (Masalan: xulosalar, tushunchalarni) va agar nutqda iftixor, g`ururni ifodalash kerak bo`lsa, tezligini tezlashtirish zarur.
Ekskursiya vaqtida nutq tezligini boshqara olish uchun, gid o`zining odatiy, shoshilmay aytadigan nutqi tezligi(tempini) bilishi zarur. O`z nutq tezligini bilish uchun 600-700 ta so`zni baland o`qib, unga sarflangan daqiqaga taqsimlash kerak. Mana shu vaqt gidning nutq tezligii bo`ladi va uni zaruriy mashg`ulot bilan o`rtacha o`zbekcha talaffuz nutqi tezligiga moslashtirib borish mumkin. Chunki aynan shu tezlikda (daqiqa 120 ta so`z) mazmun yaxshi qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |