Noverbal muloqot
Jest va mimikalar(noverbal muloqot)- notiq o`z tuyg`ulari va fikrlarini har xil harakatlar bilan chambarchas bog`liqligidir. Ular o`z-o`zidan, nutq mazmunidan kelib chiqqan holda paydo bo`ladi. Intonatsiya, urg`ular va talaffuzlar bilan ritmik uyg`unlashgan holda, jestlar auditoriya e`tiborini chiqishlarning u yoki bu qismiga qaratishga, bildirilayotgan fikrlarga notiqning munosabatini belgilashga yordam beradi.
Notiqlik san`ati nazariyasida notiqlar foydalanadigan, chuqur ishlab chiqarilgan jestlar tasnifi mavjud. Jestlarning quyidagi turlarga ajratish mumkin: ritmik, emotsional (hissiyotli), ko`rsatuvchi rekonstruksiyalovchi, ishora qiluvchi, tasviriy, simvolik va boshqalar.
Ekskursiya amaliyotida ko`rsatuvchi rekonstruksiyalovchi, ishora qiluvchi jestlardan foydalana olishni bilish kerak.
Ko`rsatuvchi jestlarni qarashlar, bosh harakati, qo`l barmoqlar bilan amalga oshirish mumkin. Ko`rsatuvchi jestlarda birinchi darajali rol qo`llarga beriladi. Ko`rsatuvchi jestni ko`rsatilishi mumkin bo`lgan obektlar mavjud bo`lganda ishlatish tavsiya etiladi (yodgorlik, yodgorlik fragmenti, memorial taxta, tabiat ob`ekti).
Rekonstruksiyalovchi jestlar sayyohlarga saqlanmagan bino va inshootni tasavvur qilishga yordam beradi. Bu jestlar bilan gid sayyohlarga kerakli tasavvurlarni paydo qila olishi kerak.
Ishora qiluvchi jestlar sayyohlarni ob`ektlar oldida to`g`ri joylashishlarini ta`minlaydi. Ular yordamida guruhning bir ob`ektdan ikkinchi ob`ektga harakatlari yo`naltiriladi, avtobusdan tushish yoki aksincha o`z o`rinlarini egallash taklif etiladi.
Kerakli (zaruriy) jestlardan tashqari gid ma`nosiz, “parazit” jestlar haqida ham tushunchaga ega bo`lishi kerak. Ular parazit so`zlar kabi chiqishlarga salbiy ta`sir qilib, ma`nosini buzadi. Bular tez-tez takrorlanayotgan bosh harakati, soch turmagini to`g`rilash, kostyum tugmasini o`ynash, boshni qashish va boshqalar. Bunday takroriy harakatlar eshituvchilarni charchatadi.
Gid nafaqat o`z nutqini balki, noverbal muloqat tili hisoblanmish o`z jestlarini ham diqqat bilan kuzatishi kerak. Chunki ozmi-ko`pmi gidning guruh bilan munosabati samaradorligi ularga ham bog`liq. Jestlarni ongli, ifodali ishlatish qoidalari yaxshi ton qoidalari bilan o`xshash: ular bilan tug`ilmaydi, ular o`rganilib, hayotiy me`yorga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |