Gidning nutq madaniyati va uning kasbiy xususiyatlari


Download 67 Kb.
bet3/8
Sana13.02.2023
Hajmi67 Kb.
#1194681
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XO\'JAMQULOV FARXODNING

Hozirgi paytda xalq maqolalari va ijodi to`plamlari soni juda ko`p va ular gidning qo`l ostida bo`lishi kerak. Ular yordamida individual matn jonliroq va ishonchliroq bo`ladi.

    1. Gid nutqining tarkibi



Kamgaplik va sergaplik. Kamgaplik – bu nutqni keraksiz va ma`nosiz so`zlardan ozod qila olishdir. Kamgaplik bu notiqning shunday gapirish qobiliyatiki, nutqda «so`zlar kamroq, fikrlar kengroq» bo`lishi va notiq fikrlarni aniq, qisqa, shu bilan birga jo`shqin va hissiyotli ifodalashi muhimdir. Sitseron shunday degan ekan: “Notiqning buyukligi u nafaqat kerakli so`zni aytishida, balki keraksizni aytmasligidadir”.
Gidlar uchun Sitseronning ushbu fikrlari juda muhim. Unga ekskursiya jarayonida kam vaqt ajratilgan, shunga qaramay chiqishning kam so`zlik muammosini hisobga olmaslik noto`g`ridir. Namoyishning har bir ob`ekti – bu bir necha daqiqa ajratilgan yangi hikoya va ana shu qisqa muddatda gid katta hajmli axborotni joylashtirishi kerak. Qisqa, obrazli, his- hayajon bilan o`z fikrini ifoda etish bu gidning professional sifatidir.
Sergaplik ekskursiya mazmun, mohiyatini buzadi. Ortiqcha so`zlar nutq tabiiyligini buzadi. Asosiy fikr esa bir “to`da keraksiz so`zlar” orasidan qiyinchilik bilan chiqadi. Bundan 2000 yil avval “Ilohiyot haqida» traktining muallifi shunday degan: Ortiqcha vazn nafaqat bizning jismimizga, balki nutqimizga ham zarardir. U nutqni haqiqatdan uzoqlashtirib, eshituvchiga teskari ta`sir etishi ham mumkin”.
Sergapliklik nafaqat madaniyatsizlik alomati balki, notiq tasvirlanayotgan ob`ekt haqida tushunchaga ega emasligidan darak beradi.
Mantiqiy ma`noga ega bo`lmagan “parazit” so`zlar ham nutqni buzadi. Masalan, «shunaqa», «aytish mumkinki», «aytaylik», «qisqacha qilganda», «xo`sh», «umuman aytganda». Bu so`zlar jonli og`zaki nutqning alomatlari. Gid aynan shunga intilishi kerak. Lekin bular asossiz takrorlanaversa, parazit so`zlarga aylanadi. Tabiiy, parazit so`zlarni notiqning o`zi payqamaydi. Lekin bular auditoriyaning jig`iga tegadi. Bularni albatta bartaraf etish choralarini ko`rish lozim.




    1. Download 67 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling