Notiq his-tuyg`ularining muhim ko`rsatgichi bu uning yuz ifodasi, mimikasidir. Mimika eshituvchilarga notiqni yaxshi tushinish, qanday hissiyotlarni boshdan kechirayotganini anglashga imkon beradi. Mimika ko`pgina tuyg`u va kechinmalarni uzata oladi: xursandchilik, g`am, nafrat, taajub, hayrat, ikkilanish.
Yuz ifodasi nutq harakteriga mos kelishi kerak. Gid yuzidagi zerikarlilik va sovuqqonlik sayyohlarga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Notiq chehrasi eshituvchilarga nisbatan charaqlab turishi lozim.
Gid o`z mimik imkoniyatlarini o`rganishi va takomillashtirishi kerak. L.A.Vvedenskaya va L.G.Pavlovalar bu borada quyidagilarni maslahat beradilar: Qoshlar, lablar va peshona bilan nima ro`y berayotganini bilish tavsiya etiladi. Agar qoshni qovoq qilib, peshonani ajin qilib yurishga odatlangan bo`lsangiz, qovog`ingizni, peshonani ochib yurishni o`rganing. Mimikamiz ifodali bo`lishi uchun oyna oldida bir necha emotsional ko`rinishlarni tasvirlang (g`amgin, xursand, baxtsiz, nafrat). Mimika o`zgarayotganini va u kerakli emotsiya berayaptimi yo`qmi kuzating».
Shuni yodda tutish lozimki, «ilhombaxsh» notiq mimikasi – auditoriya hissiyotini jumbushga keltiruvchi yaxshi vositadir.
5. Gidning guruh bilan aloqasi
Ekskursiya muvaffaqiyati ko`p hollarda gid bilan ekskursiya guruhi o`rtasida shakllangan kerakli aloqaga, bir-birini tushunishdagi iliq psixologik muhitga bog`liq. Bunday aloqani o`rnatish gidning professional vazifasidir.
Auditoriya bilan munosabat, aloqa nima? Psixologlarning ta`kidlashicha, aloqa (kontakt) bu notiq va auditoriya ruhiy (psixik) ahvolidagi umumiylik, bu so`zlovchi va eshituvchi o`rtasidagi o`zaro tushunishdir. U hamjihatlikda fikrlash faoliyai asosida, notiq va eshituvchi bir xil muammoni yechayotganlarida, bir xil savollarni tahlil qilayotganlarida paydo bo`ladi, yani notiq – o`z chiqishi mavzusini bayon qila turib, eshituvchi esa – uning fikri rivojini kuzata turib. Agar notiq bir narsa haqida so`zlasayu, eshituvchi boshqa narsa haqida o`ylasa, unda aloqa mavjud bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |