Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Abu Rayhon Beruniy
(973.9—1048. 12)


2 6
qilib yotgan minerallarini ham o‘r-
gangan, ularni sinflarga ajratgan,
hajm og‘irliklarini aniqlanishning
yangi usullarini taklif qilgan.
Umuman, Abu Rayhon Beruniy
o‘z zamonasining ilg‘or kishilardan
juda ilgarilab ketgan. Hatto o‘sha
vaqtdayoq u boshlagan va hal qilgan
masalalar undan ancha keyin, ya’ni
500—800 yillar keyingina Yevropa va
Osiyo olimlari tomonidan kashf qilin-
gan yoki isbotlangan.
Masalan, yerning harakati haqida-
gi uning fikrini polyak olimi Nikolay
Kopernik undan 500 yil keyin, ya’ni
XVI asrning birinchi yarmida aniq-
lagan va isbotlagan bo‘lsa, yer jins
qatlamlari va ularning paydo bo‘lish
haqidagi fikri esa XVIII asrda Yu.
Lomonosov tomonidan «Yer qat-
la mla r i» (1757—1759- yilla r ) va
Ch. Lyayel tomonidan «Geologiya-
ning asosiy boshlanishi» asarida (1830—1883) ilmiy ravishda asoslagan.
Abu Ali ibn Sino hozirgi Buxoro viloyatining Vobkent tumani
hududida yashab ijod etgan, butun Markaziy Osiyoni olamga tanitgan
Abu Rayhon Beruniyning zamondoshi bo‘lib, fanning falsafa, meditsina,
huquqshunoslik, tilshunoslik, mantiq, astronomiya, fizika, matematika
va boshqa qator sohalari kabi geologiya-mineralogiyaga oid juda qimmatli
fikr va mulohazalar egasidir (2.5-rasm). Bu borada uning tog‘larning
paydo bo‘lishi, minerallar va zilzila kabi hodisalar to‘g‘risdagi ishlari
juda katta ahamiyatga ega. Abu Ali ibn Sino o‘sha vaqtda fanga ma’lum
hamma minerallarni to‘rt guruhga: 1 — toshlarga, 2 — eriydigan
jinslarga, 3 — oltingugurtli yonuvchi jinslarga, 4 — tuzlarga bo‘ladi. U
tog‘larning paydo bo‘lishi haqida gapirganda, yer usti tuzilishining
o‘zgarishi asosan ikki kuch ta’siri natijasida, ya’ni hamma yer ustidagi
kuchlarning (daryo, shamol, muzliklarning surilishi kabi hodisalari)
ahamiyatini juda to‘g‘ri tushuntiradi. U zilzilani tog‘ hosil qilish hara-
katlari bilan bog‘laydi. Bu yerda u yana shu narsaga e’tiborni jalb qilib,
yerning turli qismida turlicha kuch bilan bo‘ladigan zilzilani Oy bilan
Quyoshning yilning turli fasllarida yerga turlicha ko‘rsatgan ta’siri natijasi
deb tushuntiradi.
Abu Ali ibn Sino fanning qaysi sohasiga qo‘l urmasin, ana shu fanni
ilmiy kuzatish va eksperimentlar bilan boyitish kerakligini uqtirgan holda
fanga ilmiy yondashishga chaqiradi. Shuning uchun ham u «tarozida
2.5-rasm

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling