Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

X
A
L
Q
 
O
B
Y
E
K
T
L
A
R
IN

L
O
Y
IH
AL
A
S
H
 
V
A
 
Q
U
R
IS
H
 
J
A
R
A
Y
O
N
ID
A
O
‘T
K
A
Z
IL
A
D
IG
A
N
 
IN
J
E
N
E
R
-
G
E
O
L
O
G
IK
 
V
A
 
G
ID
R
O
G
E
O
L
O
G
IK
T
A
D
Q
IQ
O
T
 
IS
H
L
A
R
IN
IN
G
 
M
A
Q
S
A
D

V

V
A
Z
IF
A
L
A
R
I


2 9 6
oshishi oqibatida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni oldindan bilishga yor-
dam beradi. Bu esa o‘z navbatida loyihaning texnik bosqichida olingan
ma’lumotlarning qanchalik to‘g‘riligini baholash, kerak bo‘lgan hollarda
loyihaga ba’zi bir qo‘shimcha, o‘zgartishlar kiritish imkonini beradi.
Lozim bo‘lgan hollarda qo‘shimcha tadqiqot o‘tkazilishi ham
mumkin.
22.2. GRAJDAN VA SANOAT OBYEKTLARINI
LOYIHALASH VA QURISH MAQSADIDA O‘TKAZILADIGAN
INJENER-GEOLOGIK TADQIQOT ISHLARI
Grajdan va sanoat obyektlarini loyihalash va qurish maqsadlari uchun
o‘tkaziladigan injener-geologik tadqiqot ishlarining asosiy maqsadi
quyidagilardan iborat:
1. Qurilish obyekti maydonini tanlash.
2. Tanlangan maydonda qurilish obyekti bosh rejasini ishlab chiqish.
3. Ayrim imorat va inshootlarni joylashtirish.
Qurilish maydonini tanlash. Bu bosqichda injener-geologik qidiruv
ishlari bir qancha maydonda bir vaqtda olib boriladi va ana shu
maydonlardan eng maqbulini tanlab olishga qaratiladi. Buning uchun
eng avvalo maydonlarning injener-geologik sharoitiga oid hamma chop
etilgan va arxiv ma’lumotlar yig‘ilib, o‘rganilib, tahlil etib chiqiladi.
Ma’lum yo‘nalishlar bo‘yicha topografik xarita yordamida maxsus
marshrutlar bo‘yicha yurishlar o‘tkaziladi. Maydonning yer sathi tuzi-
lishi, unda tarqalgan geologik va texnogen jarayonlar to‘g‘risida kuzatish
ishlari olib boriladi. Chop etilgan va arxiv ma’lumotlarning yetarli yoki
yetarli emasligiga e’tibor berilgan holda hamda injener-geologik sharoit-
ning murakkabligiga qarab qo‘shimcha ravishda qazilishi kerak bo‘lgan
shurf, burg‘i quduqlari, ularning chuqurligi, qayerlarga joylashtirilishi,
tekshirish uchun olinadigan monolit va namunalar miqdori, laborato-
riya tadqiqot ishlarining turlari, hajmi aniqlanib chiqiladi va bajariladi.
Bajariladigan ishlarning hajmi iloji boricha kam, lekin qurilish maydo-
nini baholash uchun yetarli bo‘lmog‘i lozim. Amaliyotda tadqiqot ish-
larining bu bosqichida bajariladigan ishlarni injener-geologik rekognos-
sirovka ishlari deb yuritiladi. Mavjud chop etilgan, arxiv ma’lumotlari
va qo‘shimcha o‘tkazilgan tekshirish ishlari natijalari asosida hisobot
tuziladi. Hisobotda tanlangan qurilish maydonining ijobiy va salbiy to-
monlari, jumladan, yer sathining tuzilishi, fizik-geografik, geologik, gid-
rogeologik sharoiti, geodinamik, texnogen jarayonlar mavjudligi, ularning
tarqalish qonuniyatlari, seysmiklik darajasi, qurilish materiallarining bor-
yo‘qligi, avtomobil, temir yo‘llarining yo‘nalishi, ishchi kuchi to‘g‘risida
imkoniyati boricha batafsil ma’lumotlar keltiriladi. Umuman olganda,
tanlangan qurilish maydonining qurilish uchun yaroqliligi, texnik-iqti-


2 9 7
sodiy jihatdan javob berishi asoslab beriladi. Keyingi bajariladigan in-
jener-geologik tadqiqot ishlarining yo‘nalishi, grajdan va sanoat obyekt-
larini qay yo‘sinda joylashtirilishi to‘g‘risida ko‘rsatmalar beriladi. Bu
bosqichda bajariladigan hamma ishlar 1:25000—1:50000 masshtabda olib
boriladi.
Tanlangan qurilish maydonida o‘tkaziladigan injener-geologik tadqiqot
ishlari. Tadqiqod ishlarining bu bosqichida bajariladigan ishlar sanoat
obyektlarining bosh rejasini tuzishga, imorat va inshootlarni qurish va
ularni qurib bo‘lgandan keyingi davr maydonida injener-geologik sharoit
komponentlarini qay darajada o‘zgarishi to‘g‘risida dastlabki ma’lumot-
larni olishga, kerak bo‘lgan taqdirda lozim bo‘lgan chora va tadbirlar
belgilashga qaratiladi. Umuman olganda, bajarilgan hamma ishlar imorat
va inshootlarni qurilish jarayonida hamda qurilib bo‘lgandan keyingi
foydalanish jarayonida o‘z mustahkamligini ta’minlashga qaratilgan
bo‘lishi lozim. Bu bosqichda butun qurilish maydoni va maydonda
quriladigan har bir imorat va inshootlar joylashtiriladigan maydonchalar
ayrim-ayrim mukammal tekshiriladi. Tekshirish ishlarini olib borish
uchun injener-geolog qo‘lida qurilish maydonining 1:1000—1:10000
masshtabdagi topoplani, imorat inshootlarni qurish rejasi va ularning
tavsiflari bo‘ladi.
Qurilish maydonida va ayrim maydonchalarda bajariladigan tekshi-
rish ishlarining turi (qidiruv-razvedka, tajriba-tadqiqot, laboratoriya va
h.k.) va hajmi (shurflar, burg‘i quduqlarining soni, chuqurligi, tadqiqot
uchun olinadigan monolit, namunalarning miqdori va h.k.) qurilish
rejalashtirilayotgan imorat va inshootlarning xalq xo‘jaligidagi o‘rni, ko‘p
qavatliligi, qurilish maydonining oddiy yoki murakkabligi, tekshirish
ishlarining masshtabiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin (22.2-jadval).
22.2-jadval

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling