Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22.2. GRAJDAN VA SANOAT OBYEKTLARINI LOYIHALASH VA QURISH MAQSADIDA O‘TKAZILADIGAN INJENER-GEOLOGIK TADQIQOT ISHLARI
X
A L Q O B Y E K T L A R IN I L O Y IH AL A S H V A Q U R IS H J A R A Y O N ID A O ‘T K A Z IL A D IG A N IN J E N E R - G E O L O G IK V A G ID R O G E O L O G IK T A D Q IQ O T IS H L A R IN IN G M A Q S A D I V A V A Z IF A L A R I 2 9 6 oshishi oqibatida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni oldindan bilishga yor- dam beradi. Bu esa o‘z navbatida loyihaning texnik bosqichida olingan ma’lumotlarning qanchalik to‘g‘riligini baholash, kerak bo‘lgan hollarda loyihaga ba’zi bir qo‘shimcha, o‘zgartishlar kiritish imkonini beradi. Lozim bo‘lgan hollarda qo‘shimcha tadqiqot o‘tkazilishi ham mumkin. 22.2. GRAJDAN VA SANOAT OBYEKTLARINI LOYIHALASH VA QURISH MAQSADIDA O‘TKAZILADIGAN INJENER-GEOLOGIK TADQIQOT ISHLARI Grajdan va sanoat obyektlarini loyihalash va qurish maqsadlari uchun o‘tkaziladigan injener-geologik tadqiqot ishlarining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: 1. Qurilish obyekti maydonini tanlash. 2. Tanlangan maydonda qurilish obyekti bosh rejasini ishlab chiqish. 3. Ayrim imorat va inshootlarni joylashtirish. Qurilish maydonini tanlash. Bu bosqichda injener-geologik qidiruv ishlari bir qancha maydonda bir vaqtda olib boriladi va ana shu maydonlardan eng maqbulini tanlab olishga qaratiladi. Buning uchun eng avvalo maydonlarning injener-geologik sharoitiga oid hamma chop etilgan va arxiv ma’lumotlar yig‘ilib, o‘rganilib, tahlil etib chiqiladi. Ma’lum yo‘nalishlar bo‘yicha topografik xarita yordamida maxsus marshrutlar bo‘yicha yurishlar o‘tkaziladi. Maydonning yer sathi tuzi- lishi, unda tarqalgan geologik va texnogen jarayonlar to‘g‘risida kuzatish ishlari olib boriladi. Chop etilgan va arxiv ma’lumotlarning yetarli yoki yetarli emasligiga e’tibor berilgan holda hamda injener-geologik sharoit- ning murakkabligiga qarab qo‘shimcha ravishda qazilishi kerak bo‘lgan shurf, burg‘i quduqlari, ularning chuqurligi, qayerlarga joylashtirilishi, tekshirish uchun olinadigan monolit va namunalar miqdori, laborato- riya tadqiqot ishlarining turlari, hajmi aniqlanib chiqiladi va bajariladi. Bajariladigan ishlarning hajmi iloji boricha kam, lekin qurilish maydo- nini baholash uchun yetarli bo‘lmog‘i lozim. Amaliyotda tadqiqot ish- larining bu bosqichida bajariladigan ishlarni injener-geologik rekognos- sirovka ishlari deb yuritiladi. Mavjud chop etilgan, arxiv ma’lumotlari va qo‘shimcha o‘tkazilgan tekshirish ishlari natijalari asosida hisobot tuziladi. Hisobotda tanlangan qurilish maydonining ijobiy va salbiy to- monlari, jumladan, yer sathining tuzilishi, fizik-geografik, geologik, gid- rogeologik sharoiti, geodinamik, texnogen jarayonlar mavjudligi, ularning tarqalish qonuniyatlari, seysmiklik darajasi, qurilish materiallarining bor- yo‘qligi, avtomobil, temir yo‘llarining yo‘nalishi, ishchi kuchi to‘g‘risida imkoniyati boricha batafsil ma’lumotlar keltiriladi. Umuman olganda, tanlangan qurilish maydonining qurilish uchun yaroqliligi, texnik-iqti- 2 9 7 sodiy jihatdan javob berishi asoslab beriladi. Keyingi bajariladigan in- jener-geologik tadqiqot ishlarining yo‘nalishi, grajdan va sanoat obyekt- larini qay yo‘sinda joylashtirilishi to‘g‘risida ko‘rsatmalar beriladi. Bu bosqichda bajariladigan hamma ishlar 1:25000—1:50000 masshtabda olib boriladi. Tanlangan qurilish maydonida o‘tkaziladigan injener-geologik tadqiqot ishlari. Tadqiqod ishlarining bu bosqichida bajariladigan ishlar sanoat obyektlarining bosh rejasini tuzishga, imorat va inshootlarni qurish va ularni qurib bo‘lgandan keyingi davr maydonida injener-geologik sharoit komponentlarini qay darajada o‘zgarishi to‘g‘risida dastlabki ma’lumot- larni olishga, kerak bo‘lgan taqdirda lozim bo‘lgan chora va tadbirlar belgilashga qaratiladi. Umuman olganda, bajarilgan hamma ishlar imorat va inshootlarni qurilish jarayonida hamda qurilib bo‘lgandan keyingi foydalanish jarayonida o‘z mustahkamligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi lozim. Bu bosqichda butun qurilish maydoni va maydonda quriladigan har bir imorat va inshootlar joylashtiriladigan maydonchalar ayrim-ayrim mukammal tekshiriladi. Tekshirish ishlarini olib borish uchun injener-geolog qo‘lida qurilish maydonining 1:1000—1:10000 masshtabdagi topoplani, imorat inshootlarni qurish rejasi va ularning tavsiflari bo‘ladi. Qurilish maydonida va ayrim maydonchalarda bajariladigan tekshi- rish ishlarining turi (qidiruv-razvedka, tajriba-tadqiqot, laboratoriya va h.k.) va hajmi (shurflar, burg‘i quduqlarining soni, chuqurligi, tadqiqot uchun olinadigan monolit, namunalarning miqdori va h.k.) qurilish rejalashtirilayotgan imorat va inshootlarning xalq xo‘jaligidagi o‘rni, ko‘p qavatliligi, qurilish maydonining oddiy yoki murakkabligi, tekshirish ishlarining masshtabiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin (22.2-jadval). 22.2-jadval Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling