Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
TEXNIK MAQSADLAR UCHUN ISHLATILADIGAN
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
21.5.2. TEXNIK MAQSADLAR UCHUN ISHLATILADIGAN
YER OSTI SUVLARIGA BO‘LGAN TALAB Hozirgi vaqtda xalq xo‘jaligining deyarli hamma sohalarida, jumladan qog‘oz, to‘qimachilik, ko‘nchilik, konserva ishlab chiqarish sanoatida, isitish shoxobchalarini suv bilan ta’minlashda, qishloq xo‘jaligida, qurilish sohalarida yer osti suvlaridan keng foydalaniladi. Sanoatda ishlatiladigan yer osti suvlari tiniq, rangsiz, ta’msiz va yumshoq bo‘lishi kerak. Bug‘ qozonlari uchun ishlatiladigan yer osti suvari tarkibidagi quruq qoldiqning miqdori 300 mg/l dan, N 2 O 5 ning miqdori 50 mg/l dan, Cl ning miqdori 200 mg/l dan oshmasligi, agressiv (karbonat angidrid, oltingugurt) kislotalari bo‘lmasligi, qattiqlik darajasi qiyin tozalanadigan qozonlar uchun 1,8, yengil tozalanadigan qozonlar uchun 3 mg.ekv/l dan kam bo‘lishi lozim. Karbonat angidrid va oltingugurtli suvlar yuqori yemirish xususiyatiga ega bo‘lganligi tufayli suv tarqatish shoxobchalarida karbonat angidrid suvlar uchun — cho‘yan, oltingugurtli suvlar uchun asbestsement quvurlari ishlatiladi. Karbonat angidridli va serovodordli yer osti suvlari imorat va inshootlar zaminini tashkil etuvchi betonni yemirishi va ularning mustahkamligiga putur yetkazishi ham mumkin. Ularning turiga va ta’sir etish darajalariga qarab, sulfat va karbonat angidrid agressivligi yuz beradi. Sulfat agressivlik yer osti suvlari tarkibidagi 2 4 SO ning miqdori 250 mg/l dan ko‘p, Cl - ning miqdori 1000—6000 mg/l oralig‘ida bo‘lgan holatlarida sodir bo‘ladi. Beton uchun ishlatilgan sementni tarkibida sulfat ionlari bo‘lganligi hamda yer osti suvining sulfatliligi tufayli betonda kristallashish jarayoni vujudga keladi, ya’ni aluminiyning oltingugurt-kalsiyli tuzlari bilan yangi birikmalari — gips CaSO 4 •2H 2 O hosil bo‘ladi. Birikmalar hajmini 2—3 barobarga oshishi yuz beradi. Bu holat o‘z navbatida betonning mustahkamligiga putur yetkazadi va parchalanishiga, yemirilishiga sababchi bo‘ladi. 2 9 1 Karbonat angidridli agressivlik betonning asosini tashkil qilib turuvchi CaCO 3 ning suvda erishi va yuvilib ketilishi natijasida sodir bo‘ladi. Ma’lumki, tabiiy yer osti suvlarida erkin karbonat angidrid kislotasi va HCO 3 ning ionlari ( 2 3 CO ) bo‘ladi. Erkin holatda bo‘lgan karbonat angidrid kislotasining bir qismi sement massasini tashkil etuvchi CaCO 3 ni eritishga va boshqa bir qismi suvdagi bikarbonat kalsiyning saqlanib qolishini ta’minlaydi. Agar suv tarkibida erkin karbonat angidrid kislo- tasining miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, sement tarkibidagi CaCO 3 ning shunchalik ko‘p erishiga va betonning buzilishiga sababchi bo‘ladi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling