Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
YER OSTI SUVLARI SIFATINI BAHOLASH
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
21.5. YER OSTI SUVLARI SIFATINI BAHOLASH
21.5.1. ICHIMLIK SUVLARGA BO‘LGAN TALAB Yer osti suvlarining sifati ularning fizik xususiyatlariga va kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Toza ichimlik suvi rangsiz, tiniq, harorati 4—15°C, qattiqligi 7 mg.ekv/l dan oshmasligi, o‘z tarkibida kasalliklarni keltirib chiqaruvchi bakteriyalar bo‘lmasligi kerak. Suvlar sifatini baholash davlat tomonidan joriy etilgan standartlar asosida amalga oshiriladi. Harakatdagi standartlarga binoan ichimlik suvi tarkibidagi erigan moddalarning umu- miy miqdori 105—110°C haroratda 1000 mg/l dan oshmasligi kerak. Suv tarkibida ayrim elementlarning, jumladan qo‘rg‘oshinning miqdori har litr suvda 0,1; mishyak — 0,05; ftor — 1,5; mis — 3; rux — 5; temir — 0,3; fenol — 0,01 mg dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Hozirgi vaqtda juda ko‘p yer osti suv manbalarining organik ifloslanishi kuza- tilmoqda. Bunday suvlarda ma’lum miqdorda ichak kasalliklari tayoq- chalari mavjud bo‘lishi mumkin. Agar 100 sm 3 suvda bir ichak kasalligi tayoqchasi bo‘lsa sof, 10 sm 3 da bo‘lsa qoniqarli, 1 sm 3 bo‘lsa, shubhali, 0,1 sm 3 suvda 1 tayoqcha bo‘lsa, sof toza bo‘lmagan, 0,01 sm 3 suvda 1 tayyoqcha bo‘lsa mutlaqo yaroqsiz deb baholanadi. Amaliyotda yer osti suvlari ana shunday tayoqchalar bo‘lishi darajasi koli-titr 1 bilan belgilanadi. 1 Ma’lum hajmdagi (1 l) suvda bo‘lgan ichak tayyoqchalarining miqdori. Agar 300 sm 3 suvda bitta tayyoqcha bo‘lsa, suvning ifloslanish ko‘rsatkichi 300 sm 3 koli-titr deb yuritiladi. 19—M.Sh. Shermatov 2 9 0 Vodoprovod suvlarining 300 sm 3 miqdoriga 1 koli-titr to‘g‘ri kelishi yoki har 1000 sm 3 suvdagi tayyoqchalar soni 2—3 tadan kam bo‘lishi kerak. Agarda 300 sm 3 suvda 1 ichak tayyoqchasi uchrasa, suv xlorlanishi, so‘ngra iste’molchiga berilishi mumkin. Shuningdek, yer osti suvlarida azot birikmalari: nitrit-ion ( 2 NO ), nitrat-ion ( 3 NO ) va ammoniy-ion ( 4 NH ) ko‘p miqdorda bo‘lishi ham suvning ifloslanganligidan, unda inson organizmi uchun zararli bakteriyalar mavjudligidan dalolat beradi. Ichimlik suvi sifatida ishlatiladigan yer osti suvlari tarkibida radioaktiv elementlar, ularning izotoplari (Sr 90 , C) bo‘lishi juda xavfli hisoblanadi. Ularni meoyoriy qiymati Davlat Bosh sanitariya inspeksiyasi tomonidan belgilangan me’yordan oshmasligi lozim. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling