Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


YER OSTI SUVLARI TARKIBIDAGI TUZ VA GAZLAR MIQDORI


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

YER OSTI SUVLARI TARKIBIDAGI TUZ VA GAZLAR MIQDORI
O‘ZGARISHINING ULARNING HARORATI O‘ZGARISHIGA TA’SIRI
Suvda erigan tuzlar 
miqdori, g/l 
Gazlar miqdori, g/l 
Suvning 
harorati 
°C 
NaCl 
CaSO

CaCO

O


CH

H
2

CO

25 
26,44 
0,209 
0,0014 
0,0285 
0,0144 
0,033 
1,304 
0,771 
50 
26,99 
0,204 
0,0015 
0,0209 
0,0109 
0,0213 
1,410 
0,423 
100 
28,15 
0,153 
0,0015 
0,0177 
0,0098 
0,0177 
0,844 
— 
Yer yuzasiga yaqin bo‘lgan qatlamlardagi yer osti suvlarining haro-
rati, atmosfera haroratining fasllar mobaynida o‘zgarishi bilan bog‘liq
holda o‘zgarib turadi. Mamlakatimiz hududida bu o‘zgarish 8—20°C
atrofida bo‘lishi mumkin.
Yer sharining hozirgi vaqtdagi vulqon harakatlari mavjud bo‘lgan
mintaqalarida (Kamchatka, Kuril, Islandiya va b.) yer osti suvlarining
harorati 100°C dan oshiq bo‘lishi kuzatiladi.
Zichligi. Yer osti suvlarining zichligi asosan, unda erigan tuzlarning
miqdoriga, suvning haroratiga bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Toza ichim-
lik chuchuk suvi 4°C da eng yuqori zichlikka ega bo‘lib, harorat pasayishi
bilan uning kamayish holati kuzatiladi. Ya’ni suv harorati 4°C bo‘lganda
zichligi 1 g/sm
3
bo‘lib, 3,98°C bo‘lganda zichligi 0,999973, 0°C da


2 8 8
0,9981 g/sm
3
bo‘ladi. Demak, yer osti suvlari harorati 4°C dan oshishi
bilan zichligining kamayishi yuz beradi. Bunga birdan-bir sabab suv
haroratining oshishi bilan hajmiy jihatdan kengayish jarayoni yuz be-
rishidir. Shuning uchun ham suvni harorati 20°C bo‘lganda uning zichligi
0,998203 g/sm
3
darajaga yetadi. Harorat oshishi bilan suv zichligining
hajmiy jihatdan kengayishi yer osti jins qatlamlarida yg‘iladigan ener-
giya miqdoriga ta’sir qilishi, jins qatlamlari zichligi lokal holatda oshi-
shiga sababchi bo‘lishi mumkin. Bu holat jins qatlamlarini qandaydir
yo‘nalishda harakatga kelishiga va yer kurrasining ma’lum qismida yer
qimirlash hodisasi sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Yer osti suvla-
rining zichligini aniqlashda piknometrik usul qo‘llaniladi.
Yer osti suvlarining qattiqligi. Yer osti suvlarining qattiqligi unda
mavjud bo‘lgan Ca
2
+
va Mg
2
+
va HCO
3
ionlari mavjudligi bilan
xarakterlanib, ularni MgSO
4
, CaSO
4
, CaHCO
3
, CaCO
3
, MgCO
3
tuzlari
holatidagi miqdori bilan baholanadi. Tabiatda suvlar nokarbonat va kar-
bonat qattiqlikka ega bo‘lishi mumkin. Norkarbonat qattiqlik bu suvda
kalsiy va magniy sulfitlarini erishidan, karbonat qattiqlik esa suvda kalsiy
va magniy bikarbonat tuzlarini erishidan vujudga keladi. Amaliyotda
umumiy, vaqtinchalik va doimiy qattiqlik tushunchalari ma’lum. Umumiy
qattiqlik deganda, suvda erigan kalsiy va magniy tuzlarining umumiy
miqdori tushuniladi. Vaqtinchalik qattiqlik deganda suvdagi mavjud bi-
karbonat tuzlar qaynatilish jarayonida cho‘kmaga tushgan kam eruv-
chan tuzlar miqdori tushuniladi. Umumiy qattiqlikdan vaqtinchalik qat-
tiqlik qiymatini ayirib tashlangandan keyingi holati yer osti suvlarining
doimiy qattiqligi tushunchasini beradi. Suvning umumiy qattiqligi qat-
tiqlik darajasi bilan o‘lchanib, ilgarilari nemischa usul qo‘llanilib
gradusda ifodalanar edi. Bu usul bo‘yicha bir daraja qattiqlik bir litr
suvdagi kalsiy oksidining 10 mg yoki magniyning 7,2 mg miqdoriga
to‘g‘ri keladi. Hozir qattiqlik 1 litr suvdagi kalsiy va magniy ionlarining
milligramm-ekvivalentlari (mg.ekv/l) yig‘indisi bilan o‘lchanadi.
Markazlashgan xo‘jalik iste’moli uchun ishlatiladigan yer osti
suvlarining maksimal qattiqligi 7 mg.ekv/l dan oshmasligi lozim.
1 mg.ekv/l amalda 20,04 mg/l Ca
2
+
yoki 12,16 mg/l Mg
2
+
miqdoriga
teng.
Yer osti suvlarining qattiqligini o‘rganish va bilish xalq xo‘jaligida
katta ahamiyatga ega. Chunki yer osti suvlarining qattiqligini me’yordan
yuqori bo‘lishi bug‘ qozonlarida cho‘kma miqdorining oshishiga, natijada
tez ishdan chiqishiga sababchi bo‘ladi.
Kalsiy va magniy cho‘kmaga tushish jarayoni quyidagi reaksiya
ko‘rinishida yuz beradi:
Ca
+ 2HCO
3




CaCO
3
¯+ CO
2
­ + H
2
O,
CaCO
3
+ 2H
2
O 



Ca(OH)
2
+ CO
2
­+ H
2
O,


2 8 9
Suvdagi mavjud kalsiy va magniy cho‘kmaga CaSiO
3
, MgSiO
3
, CaSO
4
holatida tushishi ham mumkin. Natijada bug‘ qozonlarining qizishi
qiynalashadi. Haddan tashqari qizitib yuborish, ba’zan noxush hodisa-
larni — bug‘ qozoni portlab ketishini keltirib chiqarishi mumkin. Shu-
ningdek, natriy va kalsiy ionlarining quyqaga tushishidan tashqari
ko‘piklanish jarayoni ham sodir bo‘ladi. Bu qozon devorlari yemirilishiga,
ya’ni korroziya jarayoni vujudga kelishiga sababchi bo‘ladi. Bundan
tashqari suvni o‘ta qattiq bo‘lishi xo‘jalikda sovun miqdorining ko‘p
sarf bo‘lishiga, insonlarning buyraklarida tosh paydo bo‘lishiga olib
kelishi mumkin. Suv qattiqligini kamaytirish — yumshatish uchun unga
soda, natriy fosfat tuzlari qo‘shiladi.
Ishqoriyligi. Yer osti suvlarining ishqoriyligi ulardagi NaOH, Na
2
CO
3
,
NaHCO
3
birikmalarining miqdoriga bog‘liq. Bu birikmalarning yer osti
suvlari tarkibida ko‘p bo‘lishi sanoatda ishlatiladigan asbob va
uskunalarni suv bilan sovitish jarayonini qiyinlashtiradi. Amaliyotda
ishqoriylik mg.ekv/l bilan ifodalanadi. 1 mg.ekv/l 40 mg/l NaOH,
53 mg/l Na
2
C
3
, 84,22 mg/l NaHCO
3
miqdoriga to‘g‘ri keladi.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling