Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
YER OSTI SUVLARINING FIZIK XOSSA
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
21.4. YER OSTI SUVLARINING FIZIK XOSSA
VA XUSUSIYATLARI Yer osti suvlarning eng asosiy fizik xossa va xususiyatlari bo‘lib, ularning tiniqligi, rangi, ta’mi, hidi, zichligi va harorati hisoblanadi. Tiniqligi. Yer osti suvlarining tiniqligi ularda mavjud organik, kolloid va mexanik qo‘shimchalarning bor-yo‘qligiga, ko‘p-ozligiga bog‘liq. Tabiiy tiniq suvda bunday qo‘shimchalar bo‘lmaydi yoki juda oz miqdorda bo‘lishi mumkin. Qo‘shimchalar miqdorini oddiy ko‘z bilan, lupa yoki mikroskop ostida ko‘rib baholash mumkin. Yer osti suvlari tarkibida yuqoridagi qo‘shimchalar bo‘lishi uni loyqa, quyqumli bo‘li- shiga olib keladi. Shuning uchun bunday suvlardan foydalanishda ni- hoyatda ehtiyot bo‘lmoq lozim. Chunki ayniqsa organik qo‘shilmalarga boy suvlar serquyqumli bo‘ladi. Ularning organik moddalarga boy ekanlik darajalari organik birikmalarni oksidlash uchun sarf bo‘ladigan kislorodni yoki kaliy marganes oksidi (KMnO 4 ) miqdori bilan baholanadi. 21 mg organik birikmali suvni oksidlash uchun 1 mg O 2 yoki 4 mg KMnO 4 kerak bo‘ladi. Ichimlik suvlarda oksidlanishi uchun sarf bo‘lgan KMnO 4 ning miqdori 10 mg/l dan oshmasligi zarur (Sedenko, 1979). Rangi. Toza ichimlik suvi rangsiz bo‘ladi. Yer osti suvi rangining o‘zgarishi uning tarkibida u yoki bu qo‘shimchalar mavjudligidan dalolat beradi. Agarda suvning rangi sarg‘ish, qo‘ng‘ir tusda bo‘lsa, uning tarkibida qo‘shimcha holatdagi temir, organik birikmalar borligidan, ko‘kish, zangori (havorang) rang esa suvda oltingugurtning miqdori balandligidan dalolat beradi. Gumus miqdori, marganes elementining ko‘pligi esa suvga qoramtir tus beradi. Suvning rangi amaliyotda mavjud bo‘lgan rang etalonlari yordamida baholanadi. Ta’mi. Yer osti suvlarining ta’mi ham ularning tarkibida mavjud bo‘lgan mineral moddalarga, gaz va boshqa qo‘shimchalarga bog‘liq. Suv tarkibida NaCl miqdori har bir litriga 500 mg dan kam bo‘lsa chuchuk, 500—600 mg dan oshiq bo‘lsa, sho‘rtang ta’m beradi. Shu- ningdek, MgSO 4 ning me’yoridan oshiqligi — achchiq, organik moddalar bo‘lishi — chuchuk, Ca(HCO 3 ) 2 , Mg(CHO 3 ) 2 tuzlarining bo‘lishi yoqimli ta’m beradi. Hidi. Toza ichimlik tabiiy suvning hidi bo‘lmaydi. Faqat ba’zi mineral suv manbalari — buloq suvlari yoki o‘ziga xos tarkibga ega bo‘lgan tog‘ jinslari qatlamlarida mavjud bo‘lgan yer osti suvlarining ta’mi bo‘ladi. Bunga sabab yer osti suvlarida oltingugurtning u yoki bu darajada erigan 2 8 7 holatda bo‘lishi hisoblanadi. Yer osti suv manbalariga har xil chiqindi mahsulotlari eritmalarining sizib o‘tishi ham suvga ma’lum darajada hid berishi mumkin. Harorati. Yer osti suvlarining harorati suvli tog‘ jins qatlamlarining yotish chuqurligiga, suv tarkibidagi tuz va gazlarning turlariga, ularning miqdoriga, geografik o‘rniga qarab o‘zgarishi mumkin. Masalan, Toshkentoldi, Farg‘ona mineral suv havzasidagi neogen, paleogen, yuqori bo‘r, paleozoy davri jins qatlamlaridan yer sathiga oqib chiquvchi suvning harorati 34—43°C dan 65—72°C oralig‘ida o‘zgarishi ma’lum. Olimlarning ma’lumotiga qaraganda respublikamiz yer osti suvlarining harorati chuqurlikning har 100 metr pastga qarab oshishi bilan 2,05— 4,5°C dan 7—8°C miqdorida oshishi aniqlangan. Bu holatni hisobga olinadigan bo‘lsa, yer osti suvlarining harorati 2000—5000 m chuqurlikda 50—150°C, 7000—8000 m chuqurlikda 200—250°C ga borishi mumkin (B. A. Beder, A. S. Xasanov va b, 1971). G. B. Bogomolovning ma’lumotlariga ko‘ra yer osti suvlari tarkibi- dagi NaCl tuzi miqdorining oshishi bilan hamda O 2 , H 2 S gazlar miqdorining kamayishi bilan uning harorati 25°C dan 100°C ga oshadi (21.5-jadval). 21.5-jadval Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling