Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


QISHLOQ XO‘JALIGIDA SUG‘ORISH


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

21.5.3. QISHLOQ XO‘JALIGIDA SUG‘ORISH
MAQSADLARI UCHUN ISHLATILADIGAN YER OSTI
SUVLARIGA BO‘LGAN TALAB
Sug‘orish maqsadlari uchun ishlatiladigan yer osti suvlari tarkibida-
gi tuzlarning umumiy miqdori 5—7 g/l dan oshmagan bo‘lishi kerak.
O‘simliklar normal o‘sishi uchun nafaqat tuzlarning umumiy miqdori,
shuningdek, suv tarkibidagi ayrim tuzlarning miqdori oshiqligiga ham
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ana shunday tuzlardan Na
2
SO
3
miqdori har litr
sug‘oriladigan suv tarkibida — 1 g, NaCl—2 g, Na
2
SO
4
—5 g dan
oshmagan holatda ishlatilishi tavsiya etiladi. Shu bilan birga yer osti
suvlaridan sug‘orish maqsadalarida qo‘llanish jarayonida sug‘orilayotgan
maydonning tashkil etuvchi tog‘ jinslari qalinligiga, granulometrik,
kimyoviy tarkibiga sath tuzilishiga, suv o‘tkazuvchanlik darajasiga hamda
maydondagi mavjud yer osti suvlarining chuqurligiga, oqish yo‘nalishi-
ga e’tibor berilmog‘i kerak. Aks holda suv tarkibidagi yuqorida ko‘rsa-
tilgan tuzlar miqdori ortib ketishiga, ikkilamchi sho‘rlanish jarayonini
vujudga kelishiga sababchi bo‘lishi, natijada o‘simliklarning hosildorligiga
salbiy ta’sir ko‘rsatishi yoki butunlay nobud bo‘lishiga olib kelishi
mumkin.
Ichimlik, sanoat va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida ishlatiladi-
gan yer osti suvlari sifatini yaxshilashda ana shu maqsadlar uchun ishlab
chiqilgan maxsus metodik qo‘llanmalardan va ma’lumotnomalardan
1
foydalaniladi.
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1.
Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi qanday vujudga keladi? Yer osti suvlari
tarkibini tashkil etuvchi kimyoviy elementlarni yozib ko‘rsating.
2.
Qattiq qoldiq deganda nima tushuniladi? Quruq qoldiq deganda-chi?
3.
Tahlil uchun yer osti suvlaridan qanday va qay miqdorda namuna olinadi?

Ñïðàâî÷íèê ïðîåêòèðîâùèêà âîäîñíàáæåíèÿ íàñåëåííûõ ìåñò è ïðîìûø-
ëåííûõ ïðåäïðèÿòèé. Ì: Ñòðîéèçäàò, 1967.


2 9 2

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling