Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
XALQ XO‘JALIGI OBYEKTLARINI LOYIHALASH BOSQICHLARI
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
XALQ XO‘JALIGI OBYEKTLARINI LOYIHALASH BOSQICHLARI
VA HAR BIR BOSQICHDA BAJARILADIGAN INJENER-GEOLOGIK QIDIRUV ISHLARI (Adabiy ma’lumotlar asosida tuzildi) 2 9 4 22.1. XALQ XO‘JALIGI OBYEKTLARINI LOYIHALASH BOSQICHLARI VA INJENER-GEOLOGIK TADQIQOT ISHLARINI O‘TKAZISH Xalq xo‘jaligi obyektlarini loyihalash uch bosqichda olib boriladi (22.1-sxema). Har bir bosqichda esa ma’lum turdagi va hajmdagi injener- geologik ishlari bajariladi (22.1-jadval). Loyihalashning texnik-iqtisodiy asoslash bosqichi aslida loyiha oldi bosqich hisoblanib, xalq xo‘jaligi oboektlari uchun eng qulay joy tanlash, ularni joylashtirish va qurishning texnik-ekonomik nuqtayi nazardan mumkinligini isbotlash va texnik loyiha uchun zarur bo‘lgan dastlabki ma’lumotlarga ega bo‘lishdan iborat. Bu bosqichda rekognosirovka injener-geologik tekshiruv ishlari o‘tkazilib, eng avvalo u yoki bu xalq xo‘jaligi obyektini qurish mo‘ljallanayotgan hududning tabiiy va injener- geologik sharoiti to‘g‘risidagi arxiv va boshqa mavjud ma’lumotlar yig‘iladi va yangi o‘tkazilgan tadqiqot ishlari natijalari bilan to‘ldirila- di. Hududning xalq xo‘jaligini rivojlanishidagi mavqe va ahamiyati baholanib chiqiladi. Mavjud va o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini har to- monlama o‘rganish, tahlil etish asosida gidrotexnik inshootlar majmua- siga kiruvchi obyektlarni qurish navbati, daryo vodiylaridan energetik maqsadlarda foydalanish yo‘llari, avtomobil va temir yo‘l qurlishlarida yo‘l trassalarini yo‘nalishi, shaharlar qurilishlarida shahar rivojlanishi- ning general rejasi, grajdan va sanoat qurilishida ularni qurish navbati va hokazalar ishlab chiqiladi. Xalq xo‘jaligi obyektlarini texnik-loyihalash bosqichi ularni bunyod etishning eng asosiy bosqichi bo‘lib, tanlangan maydonlarda inshootlarni joylashtirish va qurish, shu bosqichida o‘tkazilgan qidiruv-tadqiqot ishlari natijalariga asoslangan holatda amalga oshiriladi. Loyihani tuzishda xalq xo‘jaligi obyektlari joylashtirilishi lozim bo‘lgan maydonlar chegarasiga ba’zi bir o‘zgartirishlar, aniqliklar kiritiladi, imorat va inshootlar turlarini, konstruksiyasi va parametrlarini hisobga olgan holda, ularning mustah- kamlik darajalari baholanadi, qurilish muddati, ekspluatatsiya qilish sharoiti aniqlanadi. Umuman olganda, loyihalashning bu bosqichida xalq xo‘jaligi obyektlarini qurish va ishlatish jarayonida, ularning mus- tahkamligi, boqiyligini ta’minlash uchun lozim bo‘lgan hamma ma’lu- motlar va ko‘riladigan chora va tadbirlar har tomonlama isbotlangan holda taqdim etiladi. Loyihalashning ish chizmalari bosqichida injener-geologik tadqiqot ishlari aynan inshootlar qurilishi kerak bo‘lgan maydonlarda olib boriladi. Bunda maxsus qidiruv, tajriba, laboratoriya tadqiqot ishlariga asosiy e’tibor qaratilgan bo‘lib, har bir qurilayotgan imorat va inshootning poydevor osti qismini tashkil etuvchi tog‘ jinslarining tarkibi, fizik- mexanik xossa va xususiyatlari mukammal ravishda o‘rganiladi. Olingan natijalar imorat va inshootlardan poydevor va poydevor osti jins qatlamlariga tushadigan og‘rilikni aniqlashga va ana shu og‘irlikning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling