Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
GIDROTEXNIK INSHOOTLARNI LOYIHALASH
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
22.3. GIDROTEXNIK INSHOOTLARNI LOYIHALASH
VA QURISH MAQSADIDA O‘TKAZILADIGAN INJENER-GEOLOGIK TADQIQOT ISHLARI Gidrotexnik inshootlar (to‘g‘onlar, suv omborlari, ularni tashkil etuvchi qismlari va h.k.) nihoyatda murakkab injenerlik inshootlari hisoblanadi. Shuning uchun ularni loyihalash va qurish maqsadlarida o‘tkaziladigan injener-geologik tadqiqot ishlari nihoyatda yuqori saviya va talab darajasida o‘tkaziladi. Chunki bu inshootlar qad ko‘targan hudud maydonining fizik-geografik, injener-geologik sharoiti o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yer osti suvlarining sathi ko‘tariladi, surilish, cho‘kish, qulash, karst bo‘shliqlarining qayta rivojlanishi, tog‘ jinslari qatlamlarining deformatsiyalanishi, ba’zan texnogen seysmiklikni vujudga kelish holatlarini keltirib chiqarishi mumkin. Gidrotexnik inshootlari uchun tuziladigan loyihalar ham ma’lum bosqichlarda olib boriladi (22.1-jadval). Bular loyihaoldi va loyihalash bosqichlaridan iborat. Loyihaoldi bosqichida, eng avvalo, adabiy, arxiv va qo‘shimcha bajarilgan injener-geologik tekshirish natijalari asosida gidrotexnik inshoot qurilishi lozim bo‘lgan daryo vodiysining va uning ayrim qismlarining inshoot uchun qanchalik loyiq ekanligini isbotlovchi 3 0 0 sxemasini tuzishda hamda tanlangan maydonni birinchi navbatdagi inshootni qurish uchun loyiqligini texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini isbotlashdan iborat. Loyihalashning navbatdagi bosqichlarida bajarilishi lozim bo‘lgan qidiruv ishlari ham xalq xo‘jaligining boshqa obyektlarini loyihalash bosqichlarida bajariladigan qidiruv ishlari kabi bajariladi (22.1- jadval). Bunda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgandek, asosiy bajariladigan ish turlariga dala sharoitida olib boriladigan injener-geologik syomka, tajriba-tadqiqot ishlari, laboratoriya sharoitida amalga oshiriladigan ishlar va olingan barcha natijalarni tahlil etish, kerakli ilmiy va amaliy xulosalar chiqarish, chizmalar, sxemalar chizish, jadvallar tuzish ishlari yokiy xonada baja- riladigan ishlar kiradi. Injener-geologik syomka ishlari jarayonida gidrotexnik inshootlar quriladigan va ularning tarmoqlari o‘rin oladigan maydonlarda tarqalgan tog‘ jinslari, ular tashkil etuvchi qatlamlarining yotish holatlari, qalinligi, tarqalishi, burg‘i quduqlari, shurflar shtolnyalar qazish yordamida sinchiklab o‘rganiladi, tajriba-tadqiqot ishlari o‘tkaziladi, kerak bo‘lgan holatlarda statsionar kuzatish ishlari (monitoring) tashkil etiladi. Jins qatlamlaridan laboratoriya sharoitida o‘rganish uchun namunalar va mo- nolitlar olinadi. Shuningdek, asosiy e’tibor yer osti suvlariga, ularning paydo bo‘lish sharoitiga, tabiiy va texnogen, geodinamik jarayonlar- ning mavjudligiga, tarqalish, joylashish, vujudga kelish, o‘zgarish qonu- niyatlariga e’tibor beriladi. Ko‘rilgan hamma holatlar chizmalar, rasm- lar, sxemalar, kesmalar yordamida aks ettirilib boriladi. Qurilishi loyihalashtirilayogan gidrotexnik inshootning xalq xo‘jaligi- dagi ahamiyatiga, muhimlik darajasiga hamda inshoot qurilishi lozim bo‘lgan hududning injener-geologik sharoitining oddiy yoki murakkab- ligiga qarab injener-geologik syomka ishlarining masshtabi (22.2- jadval), syomka jarayonida har bir km 2 maydonda joylashtirilishi va qazilishi lozim bo‘lgan tog‘ qazilmalarining (shurf, burg‘i quduqlari va h.k.) soni, ular oralig‘idagi masofalari ham turlicha bo‘ladi. Yuqoridagi tartibdagi loyihalash bosqichlari va har bir bosqichda bajarilishi lozim bo‘lgan injener-geologik qidiruv ishlari xalq xo‘jaligining boshqa obyektlarini jumladan, shaharlar, yo‘llar, ko‘priklar, metropoliten va b. qurilish, hamda yangi yerlarni o‘zlashtirish jarayonlarida ham qo‘llanilishi mumkin. Faqat har bir obyektni qanday hududga, qanday injener-geologik sharoitga ega bo‘lgan maydonga joylashtirilishiga, adabiy va arxiv ma’lumotlarining mavjudlik darajalariga qarab, obyektning xalq xo‘jaligidagi tutgan o‘rniga qarab loyihalash va injener-geologik tekshiruv ishlari bir, ikki, uch bosqichda olib borilishi, ba’zan bosqichlar birlash- tirilib olib borilishi ham mumkin. Har bir loyihalash bosqichida olib borilgan injener-geologik tadqiqot ishlarining natijalari ma’lum hajmdagi hisobot ko‘rinishida yozilib, kerakli buyurtmachi tashkilotlarga topshiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling