Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Hisobotning birinchi bobida
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bobda
- Uchinchi bobda
- Beshinchi bobda
- Oltinchi bobda
- Ettinchi bobda
Hisobotning birinchi bobida xalq xo‘jaligi obyektlari qurilishi
mo‘ljallangan yoki imorat va inshootlar qurilishi lozim bo‘lgan hudud- ni fizik-geografik, geomorfologik, geologik, tektonik, seysmik, gidrogeo- logik va injener-geologik nuqtayi nazardan o‘rganilganlik darajasi va tarixi adabiy va arxiv ma’lumotlari asosida qisqacha bayon etiladi. Ikkinchi bobda hududning fizik-geografik sharoiti, ya’ni iqlimi, relyef tuzilishi, gidrografiyasi (daryolari, ko‘l, kanallar va b.), iqtosodiyoti to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi. Bu omillarni bo‘lg‘uvsi imorat va inshootlarning mustahkamligi uchun ko‘rsatadigan ta’siri to‘g‘risida fikr- mulohazalar aytilib o‘tiladi. Uchinchi bobda asosiy e’tibor hududning geologo-tektonik rivojla- nish tarixiga, geologik tuzilishiga, u yoki bu maydonda tarqalgan tog‘ jins turlariga, ularning yoshiga, qalinligiga, yotish holatlariga, seysmiklik darajasiga qaratiladi. Ularni imorat va inshootlarning mustahkamligiga, boqiyligiga ko‘rsatadigan ta’siri baholanadi. To‘rtinchi bobda hududning geomorfologik tuzilishi batafsil yoritiladi. Relyefning asosiy elementlari (daryo vodiylari, ularning o‘zan tuzilishi, yon bag‘irlari, terrasalari, tiklik darajalari, mutlaq va nisbiy balandligi va b.) to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Bunda ularning geodinamik va texnogen jarayon va hodisalar vujudga kelishi, rivojlanishidagi ahamiya- tiga e’tibor qaratiladi. Beshinchi bobda hududning gidrogeologik holati bayon etilib, yer osti suvlarining paydo bo‘lish qonuniyatlari, harakat yo‘nalishi, oqish chuqurligi, miqdori, kimyoviy tarkibi, fizik xossalari hamda ana shu xossa va xususiyatlarning fasllar, yillar mobaynida o‘zgarib turishi, tog‘ jinslari mustahkamligiga ta’siri batafsil yoritiladi. Oltinchi bobda hududdagi mavjud tabiiy geodinamik va texnogen jarayon va hodisalar (surilish, cho‘kish, karst, sel va b.), ularni vujudga kelish, rivojlanish sabablari, tarqalish qonuniyatlari batafsil yoritiladi. Imorat va inshootlarni qurish davrida va qurib bo‘lib ekspluatatsiya qilish mobaynida yangitdan vujudga kelishi mumkin bo‘lgan jarayonlarni, ayniqsa, ularning deformatsiyalanish darajalarini oldindan bashoratlash natijalari keltiriladi. Ulardan qutilish yo‘llari, bartaraf etish chora- tadbirlari belgilanadi. Ettinchi bobda qurilish maydonlarini tashkil etuvchi tog‘ jinslari qatlamlarida, burg‘i quduqlari, shurflar qazish yordamida olingan namuna va monolitlarni laboratoriya sharoitida tekshirish natijalari, dala sharoitda o‘tkazilgan tajriba-tadqiqot, statsionar tekshirish — monitoring natijalarini hozirgi zamon matematik-statistik usullari yordamida har tomonlama o‘rganish va tahlil etish yo‘li bilan olingan ma’lumotlar keltiriladi. Yer yuzasidan pastga (yer ostiga) qarab hamda absolut balandlikning ortishi bilan tog‘ jinslarining mineralogik, kimyoviy tarkibi, fizik-mexanik xossa va xususiyatlarining o‘zgarish sabablari ko‘rsatiladi. Ana shu ma’lumotlarni tahlil qilish asosida imorat va inshootlar zami- 3 0 4 ni hisoblangan tog‘ jinslarining, ularning poydevoriga va butun konst- ruktiv holatiga ta’sir etish darajalari belgilanadi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling