Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Sakkizinchi bobda loyihalashtirilayotgan yoki qurilishi kerak bo‘lgan
imorat va inshootlar uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallarining
mavjudligi, ularning turlari, zaxirasi, sifati, iqtisodiy jihatdan foydaliligi
hamda qurilish materiallariga qo‘yilgan talablarga (GOSTlarga) javob
berish darajalari ko‘rsatiladi.
Hisobotning «Maxsus» qismi bajarilishi lozim bo‘lgan injener-geologik
tadqiqot ishlarining maqsadi va vazifalariga qarab ajratiladi. Jumladan,
imorat va inshootlarni loyihalash va qurish maqsadida olib borilgan injener-
geologik tekshiruv ishlarida, poydevor osti jinslarining tarkibi, fizik-mexanik
xossa va xususiyatlari, cho‘kish, surilish, karst jarayon va hodisalarini o‘rga-
nishda ularning tarqalish, vujudga kelish, rivojlanish darajalarini belgilov-
chi injener-geologik sharoitning ayrim komponentlari, qo‘llaniladigan usul
va uslublar «Maxsus» qism holatida ajratilishi mumkin.
Hisobot ilmiy, uslubiy, amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan xulosalar bilan
tugatiladi. Olingan eng asosiy natijalar birma-bir ko‘rsatiladi. Qurilish
uchun loyiq deb ajratilgan maydonlarni qurilishga loyiqligini isbotlovchi
ma’lumotlar keltiriladi. Imorat va inshootlarni qurish va qurib bo‘lgandan
keyingi ekspluatatsiya etilishi davrida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
texnogen jarayon va hodisalar to‘g‘risida bir qator fikr va mulohazalar
berilib, ularni bartaraf etish yo‘llari, ko‘rilishi kerak bo‘lgan chora va
tadbirlar ko‘rsatiladi. Shu bilan birga keyingi o‘tkaziladigan tekshirish
ishlarining vazifalari ham belgilab o‘tiladi.
Hisobot o‘z ichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki ilova holatida quyidagi
ma’lumotlarni oladi:
1) Qurilish maydonida tarqalgan tog‘ jinslari va yer osti suvlarining
tarkibi, xossa va xususiyatlarini xarakterlovchi jadvallar;
2) Injener-geologik kesmalar, profillar, stratigrafo-litologik kolonka-
lar, har xil sxemalar, rasmlar;
3) Hududning obzor va tekshirish ishlari bajarilgan masshtabdagi
arxiv, adabiy hamda dala tekshirish ishlarini olib borish jarayonida
qazilgan shurf, burg‘i quduqlar tushirilgan ma’lumotlar xaritasi;
4) Injener-geologik sharoit, injener-geologik rayonlashtirish, geo-
morfologik, gidrogeologik, mikroseysmik va boshqa xaritalar majmuasi;
5) Huduning fizik-geografik sharoitini xarakterlovchi chizmalar va b.;
6) Hisbotni yozishda qo‘llanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
7) Hisobotni o‘qib, tahlil qilib chiqqan, uning mazmuni, unda qo‘yil-
gan masalalarning yechilganlik darajalari, kamchiliklari to‘g‘risida muta-
xassislarning taqrizlari.
Bu yerda shuni ta’kidlab o‘tmoq joizki, injener-geologik hisobot-
ning yuqorida ko‘rsatilgan «qism», «bo‘lim», «boblar», ularning ket-
ma-ketligi, mazmuni, hajmi, o‘tkazilishi lozim bo‘lgan injener-geolo-
gik tadqiqot ishlarining turi, maqsadi va vazifalariga qarab u yoki bu
darajada o‘zgartirilishi ham mumkin.


3 0 5

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling