INJENER-GEOLOGIK TADQIQOT ISHLARI
TO‘G‘RISIDA HISOBOTLAR TUZISH
Injener-geologik hisobotda keltiriladigan ma’lumotlar, ularning
mazmuni va hajmi bunyod etilishi lozim bo‘lgan xalq xo‘jaligi obyekt-
larining turiga, ana shu obyektlarni loyihalash bosqchilariga, har bir
bosqichda bajariladigan qidiruv, tajriba, tadqiqot, laboratoriya ishlarining
turiga va miqdoriga, qidiruv ishlari o‘tkazilgan hudud yoki qurilish
maydonining injener-geologik sharoitining oddiy va murakkab bo‘lishiga
qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Hisobotning strukturaviy tuzilishi Davlat
standartlari asosida amalga oshiriladi.
23.1. INJENER-GEOLOGIK HISOBOTLARDA
KELTIRILADIGAN ASOSIY MA’LUMOTLAR
Injener-geologik hisobotlarda keltiriladigan asosiy ma’lumotlarni da-
lada o‘tkaziladigan injener-geologik syomka natijalari, ya’ni dala qidiruv,
tajriba-tadqiqot, statsionar tekshirish ishlari hamda laboratoriya sharoiti-
da o‘tkaziladigan tekshirish ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tashkil etadi.
Dala qidiruv ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga: qidiruv ishlarini olib
borishda qatnashgan mutaxassislarning kundalik daftarari, injener-geo-
logik syomka o‘tkazilgan hududda olib borilgan qidiruv yo‘nalishlari,
qazilgan burg‘i quduqlari, shurflar, o‘rganish nuqtalari, suv namunalari
olingan buloqlar, tog‘ jinslarining tarqalish, yotish holatlari, kuzatilgan
geodinamika va texnogen jarayonlar va b. tushirilgan topoxarita, dala
sharoitida o‘tkazilgan geofizik (graviometrik, magnitometrik, seysmik,
termometrik, elektrometrik va b.) usullar yordamida olingan ma’lumotlar
chizilgan kesmalar, sxemalar, rasmlar, namuna va monolitlar ro‘yxati
va b.;
tajriba-tadqiqot natijalariga: tog‘ jinslarini filtratsion, o‘ziga suvni
singdirish, o‘zidan suvni berish xususiyatlari, kotlavanlarga suv quyish,
ma’lum shakl, o‘lcham va og‘irlikdagi shtampalar usullari yordamida
olingan jinslarning cho‘kuvchanlik darajalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
va b.;
Do'stlaringiz bilan baham: |