Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

statsionlar tekshirish natijalariga: mavjud geodinamik, texnogen
jarayon va hodisalarni (surilish, karst, sel, tektonik yoriqlarni harakati,
suv omborlari qirg‘oqlarini, imorat va inshootlar zaminini mustahkamlik
darajalarini o‘zgarishi, yer osti suvlari rejimi va b.) vujudga kelishi,
rivojlanishi ustidan ma’lum vaqt, ba’zan yillar davomida nazorat ish-
larini olib borish yo‘li bilan olingan ma’lumotlar; 
laboratoriya tadqiqot
ishlari natijalariga: tog‘ jinslarining tarkibi (granulometrik-petrografik,
mineralogik, kimyoviy), xossa va xususiyatlarini (tabiiy namligi, zichligi,
plastikligi, ko‘pchuvchanligi, ivivchanligi, deformatsiyalanish, mustah-


3 0 2
kamlik xususiyatlari va b.) o‘rganish yo‘li bilan olingan ma’lumotlar
kiradi.
Shuningdek, hisobotlarda ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarga
xalq xo‘jaligi obyektlari qurilishi kerak bo‘lgan hududining fizik-geografik
sharoiti (yog‘adigan yog‘inning turi, miqdori, havo harorati, shamolning
yo‘nalishi, uning tezligi, absolut va nisbiy balandligi va b.) ana shu
xalq xo‘jaligi obyektlari qad ko‘tarilishi lozim bo‘lgan hududlaridagi
qurilish materiallarining mavjudligi, zaxirasi, xalq xo‘jaligidagi tutgan
o‘rni, iqtisodiyoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham kiradi.
23.2. XONA SHAROITIDA BAJARILADIGAN
INJENER-GEOLOGIK ISHLAR
Xona sharoitida bajariladigan injener-geologik ishlar xalq xo‘jaligi
obyektlarini loyihalashning har bir bosqichida o‘tkaziladigan (dala
qidiruv, tajriba-tadqiqot, statsionar, laboratoriya) tadqiqot ishlari
tugatilgandan keyin yoki har bir tadqiqot ishlar bo‘yicha ma’lum hajm-
dagi ma’lumotlar olingandan keyin xona sharoitida olib boriladi. Shuning
uchun bunday ishlar adabiy manbalarda xonaki ishlar nomi bilan ma’lum
(E. V. Qodirov, M. Sh. Shermatov va b., 1999). Xona sharoitida olib
boriladigan hamma ishlar, asosan, hisoblash mashinalari, chizish asbob-
lari va komputerlar yordamida amalga oshiriladi. Eng avvalo, xona sha-
roitida qayta ishlash uchun keltirilgan hamma ma’lumotlar birma-bir
ko‘zdan kechirilib, saralanib, tartibga solib chiqiladi. Ma’lumotlarni loy-
ihada qo‘yilgan masalalarni yechishga qanchalik yetarli ekanligi va
hisobotni yozish jarayonida ulardan qanday va qay yo‘sinda foydala-
nish kerakligi chamalanib ko‘riladi. Bu ishlarning hammasi hisobotni
yozish uchun ma’sul bo‘lgan mutaxassis tomonidan bajariladi. Ko‘p
hollarda shundan keyin yozilishi kerak bo‘lgan injener-geologik hisobot-
ning mundarijasini tuzish bosqichiga o‘tiladi. Lekin bu yerda shuni
ko‘rsatib o‘tish joizki, hisobot mundarijasini tuzish ancha oldin bosh-
langan bo‘lishi ham mumkin. U hisobotni yozib tugatilishi jarayonida
ma’lum darajada o‘zgaritirilishi, to‘latib borilishi mumkin.
Injener-geologik hisobot bir qancha qismlardan jumladan, «Qo‘lyoz-
ma (matn)», «Kartografik» va «Jadvallardan» tashkil topgan bo‘lib, bir
kitobda berilishi, ba’zan har bir qism alohida-alohida kitoblar holatida
berilishi ham mumkin. Hisobotni «Qo‘lyozma» qismi o‘z navbatida ikki
«Umumiy» va «Maxsus» bo‘limlardan, har bir bo‘lim esa boblardan tuziladi.
Hisobotning «Kirish» qismida injener-geologik tadqiqot ishlarining
maqsadi va vazifalari to‘g‘risida, rayonning iqtisodiyoti, bajarilgan
ishlarning turlari, hajmi ko‘rsatiladi. Tekshirish ishlarining bajarilish
yo‘llari, muddati hamda bajaruvchilar to‘g‘risida qisqa, aniq ma’lumotlar
beriladi.


3 0 3

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling