Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Termal yoki kontakt
Kataklastik
2 (dinamometamorfizm) yoki mexanik metamorfizm jarayonida yer qobig‘i qatlamlarining yuqorigi qismida magmatik, cho‘- kindi tog‘ jinslarining tektonik yoriqlar bo‘ylab harakatga kelish hodisasi yuz beradi. Metamorfizm bu turi sodir bo‘lganda, harorat deyarli yuqori bo‘lmay, bosim asosan, bir tomonlama ta’sir qiladi. Tog‘ jinslarini tashkil qilib turuvchi mineral zarralar bo‘ylab qo‘shimcha ikkinchi darajali yoriqlar vujudga keladi. Natijada ana shu mineral zarralar bir-birlariga nisbatan harakatga kelib, surilib yanchilib, maydalanib chaqiq toshlarga ajraladi. Shuning uchun ham bu metamorfizm magmatik tog‘ jinslari, ularni tashkil qilib turuvchi mineral zarralar maydalansa, o‘zgarsa ham qayta kristallanish jarayoni yuz bermasligi yoki juda kam miqdorda yuz berishi mumkin. Ammo cho‘kindi tog‘ jinslarida qayta kristallanish, yangi minerallar hosil bo‘lish hodisasi yuz beradi. Bunga asosiy sabab, cho‘kindi tog‘ jinslarida kolloid massasining ko‘pligidadir. Masalan, kaolinli gil jinslarining shu metamorfizm jarayoni natijasida ajralgan issiqlik harorati natijasida yangi minerallar kvars va andaluzit- larni hosil qilishi mumkin: 4 8 11 Al (OH) [SiO ] issiqlik kaolinit energiya 2Al 2 SiO 5 + SiO 2 + 4H 2 O. Andaluzit kvars suv 1 Metamorfizm so‘zi grekcha «metomorpho» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zgaraman ma’nosini anglatadi. 2 Kataklas so‘zi grekcha «katoklaso» so‘zidan olingan bo‘lib, maydalayman ma’nosini anglatadi. 7 1 Termal yoki kontakt metamorfizm hodisasi sodir bo‘lishida asosiy hal qiluvchi omil yer qobig‘i qatlamlari yoriqlaridan yuqori haroratda magma massasining ko‘tarilib chiqishi hisoblanadi. Bu jarayon natijasida yoriq atrof jinslari, magma massasining yuqori harorati ta’sirida avvalgi mineral, kimyoviy tarkibini, fizik-mexanik xossa va xususiyatlarini o‘zgartirib tamoman yangi jinslarga o‘tadi. Bu jinslarga rogoviklarni, skarnlarni, kremnilik jinslarni misol tariqasida keltirish mumkin. Termal metamorfik jinslar, metamorfizmning boshqa turlari natijasida vujudga keladigan jinslardan yana shunisi bilan farqlanadiki, bu jinslar asosan katta-katta maydonlarni tashkil qilmay, aksincha, u yer, bu yerlarda tarqalishi bilan xarakterlidir. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling