7 9
TO‘RTINCHI QISM
6-BOB
YERNING ICHKI QISMIDA SODIR BO‘LADIGAN
KUCHLAR BILAN BOG‘LIQ BO‘LGAN HODISALAR
6.1. TEKTONIK HODISALAR
Yerning ichki qismlarida paydo bo‘ladigan kuchlarning ta’siri natija-
sida, yer qobig‘i qatlamlarining harakatga kelishi, yotish holatlarining
o‘zgarish hodisalarini fanda tektonik hodisalar, bu hodisalarni vujudga
keltiruvchi harakatlarni esa tektonik harakatlar deb yuritiladi.
Tektonik harakatlar Yerning uzoq o‘tmishidan boshlab, Yer shari-
ning ichki va tashqi qiyofasini o‘zgartiradigan birdan bir kuch bo‘lib
kelganki, bu kuch asosan yerning ichki qismlarida sodir bo‘lib, ba’zan
gorizontal yotgan tog‘ jins qatlami (6.1-
a,
b rasm) holatlarini tubdan
o‘zgartirib, murakkab burmalarga aylantirib yuborishga (6.1-
a rasm),
ba’zan ana shu jins qatlamlarining ma’lum bir qismini ikkinchi qismiga
nisbatan cho‘rt uzib, yuqoriga ko‘tarib yoki pastga tushirib yuborishga
qodirdir (6.1-
e rasm). Bunday harakatlarning kelib chiqishida yer qobiq-
6.1-rasm. Tektonik harakatlar natijasida yer qobig‘i qatlamlari holatlarining o‘zgarish
sxemasi:
a) tektonik harakatlar sodir bo‘lguncha yer qobig‘i qatlamlarining holati;
b) radial tektonik harakatlar sodir bo‘lishi davrida yer qatlamlariga ta’sir
qiluvchi
kuchlarning yo‘nalishi;
d) radial yo‘nalishdagi tektonik harakatlar natijasida yer
qatlamlarining o‘zgargan holati;
e) tangensial tektonik harakatlar sodir bo‘lishi
davrida yer qatlamlariga ta’sir qiluvchi kuchlarning yo‘nalishi;
f-g)
tangensial
tektonik harakatlar natijasida yer qatlamlarining o‘zgargan holati.
8 0
larining, ayniqsa, mantiya bilan yadrodagi bo‘ladigan o‘zgarishlarning
ahamiyati katta.
Tektonik harakatlar asosan ikki xil ko‘rinishda yuz beradi. Birin-
chisi — radial ko‘tarilish yo‘nalishdagi tektonik harakatlar; ikkinchisi —
tangensial (gorizontal) yo‘nalishdagi tektonik harakatlar (Xayn, 1979).
Tektonik harakatlarning birinchi turi ancha sekinlik bilan sodir bo‘lib,
yer qobig‘i qatlamlariga asosan perpendikular yo‘nalishda ta’sir qiladi
(6-
b rasm). Bu holatda yerning ba’zi qismi ko‘tarilib, ikkinchi bir qismi
egila boshlaydi, tangensial tektonik harakatlar esa tog‘ jinslari qatlam-
lariga
parallel, yon tomonidan yo‘nalgan bo‘ladi va radial tektonik
harakatlarga
nisbatan ancha kuchli, shiddatli yuz berib,
murakkab
burmalarni hosil qiladi (6.1-
g,
d rasm). Shuning uchun tektonik
harakatlarning bu ikkinchi turini geologiya fanida
Do'stlaringiz bilan baham: