Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
—3 plitalar chegarasi; 1 —
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
1—3 plitalar
chegarasi; 1 — kengayish; 2 — surilish; 3 — siljish. 6—M.Sh. Shermatov 8 2 yer beti tomon ko‘tarilish jarayonida yangidan yangi tog‘ jinslari hosil bo‘ladiki, bu tog‘ jinslari keyingi davrlarda yer taraqqiyoti davrining butun mezozoy (trias, yura, bo‘r deb ataluvchi davrlarida) erasi bo‘ylab yemirilish, nurash manbayi bo‘ladi. Bora-bora baland-baland tog‘ tizmalari pasttekisliklarga aylana boradi. Shu hududlarga qayta-qayta bir necha bor dengiz bosib kiradi. Juda ham katta qalinlikka (3000—5000 metr) ega bo‘lgan cho‘kindi tog‘ jinslari: — qumtoshlar, gil tuproqlar, qattiq, bir-birlari bilan birikkan shag‘al toshlar, ohaktoshlar hosil bo‘ladi. Uchinchi tog‘ hosil qiluvchi harakatlar kaynazoy erasining paleo- gen deb ataluvchi davri oxirlarida sodir bo‘ladi, u alp tog‘ hosil qilish jarayoni nomi bilan mashhurdir. Juda katta hududlarni egallab turgan dengiz chekina boshlaydi, bir vaqtlar dengiz tubiga tushib ketgan qari tog‘ jinslari (paleozoy davri jinslari) dengiz bosib kirganda ustiga yotqizilgan mezozoy davrining cho‘kindi tog‘ jinslari bilan birga qaytadan (dengiz tubi bilan birga) ko‘tarilib chiqa boshlaydi. Shuning uchun ham bu cho‘kindi tog‘ jinslarini yer yuzasining ko‘p qismlarida qari (devon, toshko‘mir, perm) tog‘ jinslari ustida yotganini ko‘ramiz. O‘sha davrda ko‘tarilish harakatlari yerning hamma qismlarida sodir bo‘lgan bo‘lib, Tyan-Shan sistemasiga kiruvchi hozirgi tog‘ tizmalari (Chotqol, Qura- ma, Ugom, Pskom va b.), Pomir, Alp, Karpat, And, Oloy, Himolay, Kopeddog‘ hamda Kamchatka, Kuril orollari xuddi shu davr ko‘tarilish harakatlarining mahsulidir. Alp tog‘ hosil qilish jarayoni neogen deb ataluvchi davrning oxirlarida o‘z kuchini yo‘qotgan bo‘lsa-da, bu hara- katning davomi hozirgi vaqtda ham yer qobig‘ining turli qismlarida davom etib turadi, shuning uchun ham fanda ana shu neogen davri- ning oxirlaridan boshlab to‘rtlamchi davr mobayida yuz bergan hara- katlarni eng yangi yoki neogen-to‘rtlamchi harakatlar deb, odamzod paydo bo‘lib, uning tafakkur, fikrlash qobiliyati namoyon bo‘lgan davr- dan, ya’ni tabiatda yuz beradigan jarayon va hodisalarning paydo bo‘lish sabablariga qiziqqan va yozib qoldirgan davrdan to hozirgi, biz yashab turgan vaqtgacha yuz bergan geologik harakatlarni (cho‘kish, ko‘tari- lish) hozirgi zamon tektonik tebranma harakatlari deb ataladi. Markaziy Farg‘ona, Toshkent atrofi tog‘lari, adirlari, pasttekislikla- ri, daryo vodiylarini neotektonika fani usullari nuqtayi nazaridan tahlil qilib chiqilsa, tog‘larning ko‘tarilishi, botiq sathlarning yanada pasayishi (cho‘kishi) hamma joyda bir xilda bo‘lmay, butun neogen-to‘rtlamchi davri mobaynida turlicha darajada turli bosqichlarida yuz berganligini ko‘rish mumkin. Bu davrlar ichida Chotqol (balandligi 4367 m), Farg‘ona (4940 m), Oloy (5800 m), Turkiston (5880 m) tog‘lari hozirgi holatiga ega bo‘ladi. Oloy, Chotqol tog‘lari oralig‘ida Farg‘ona cho‘kmasi (botig‘i), Chotqol, Qurama, Korjantog‘ oldi hududida Toshkent — Mirzacho‘l, Chotqol, Pskom tog‘lari oralig‘ida Chotqol botiqlari vujudga keladi. 8 3 Yuqorida biz ko‘rsatib o‘tgan, ko‘tarilayotgan Chotqol, Qurama, Far- g‘ona, Oloy, Turkiston tog‘lari tektonik nuqtayi nazardan meganitikli- nal sturkturalar deb ataladi, ana shu ko‘tarilayotgan strukturalarga qara- ma-qarshi cho‘kayotgan, pasayib borayotgan strukturalar megasinklinal tektonik strukturalar deb yuritiladi. O‘zbekiston hududidagi eng yirik megasinklinal strukturalardan biri bu Farg‘ona cho‘kmasidir. Agar Chot- qol, Farg‘ona, Turkiston tog‘larida qari paleozoy davri jinslar yer sathida ochilib yotgan bo‘lsa, Farg‘ona cho‘kmasida bu jinslar yer sathidan 10—11 km chuqurlikda yotadi. Demak, tektonik harakatlar natijasida paleozoy davri jinslari Markaziy Farg‘ona hududining umumiy cho‘ki- shi natijasida hozir 9—11 km pastga tushib ketgan. Uning ustida yer taraqqiyotning mezozoy, paleogen, neogen, to‘rtlamchi davrlar jinslari yotadi. Seysmorazvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Farg‘ona quyi paleogen jinslari 6,0—7,5 km chuqurlikda yotishi qayd qilingan bo‘lib, bu jinslarning tarkibi, yotish holatlari o‘sha davr paleogen dengizi tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. Paleogen tog‘ jinslari ustida qalinligi 6,5—7,5 km keladigan quruq- likda paydo bo‘lgan jinslar yotgan bo‘lib, ulardan neogen davriga to‘g‘ri keluvchi yotqiziqlar 5 km dan oshiqroqni, to‘rtlamchi davr jinslari 1,4 km dan ko‘proqni tashkil qiladi. Bu jinslarning hosil bo‘lishi, o‘ziga xos yotish holatlari shu hududda yuz bergan neotektonik harakatlar zaminida yuz beradi. Hozirgi tog‘ oblastlari ko‘tarila boradi, Markaziy Farg‘ona (hozirgi Sirdaryo oqayotgan joylar) hududi sekin-asta cho‘ka boradi. Bu ko‘tari- lish va cho‘kish jarayoni shu kungacha davom etayotgan bo‘lib, Farg‘ona vodiysi uchun neotektonik harakatning umumiy amplitudasi, ya’ni ko‘tarilish va cho‘kish darajasi 12,5 km ni tashkil qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, tog‘larning 6000 metrga ko‘tarilganligi, Markaziy Farg‘ona 6500 metrga cho‘kkanligini ko‘rsatadi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling