8 4
1) yer osti jins qatlamlarining o‘pirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan yer
qimirlashlar;
2) vulqonlarning otilishi bilan bog‘liq bo‘lgan yer qimirlashlar;
3) insonning xo‘jalik va injenerlik faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan
yer qimirlashlar;
4) tektonik harakatlar natijasida sodir bo‘ladigan yer qimirlashlar.
Yer osti jins qatlamlarining o‘pirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan yer
qimirlashlar — yer kurrasining
u yer bu yerida vujudga kelib,
radius
bo‘ylab ta’sir qilish kuchi ancha qisqadir. Yer qimirlashning bu guruhiga
yer osti suvlarining yer pastki qatlamlari bo‘ylab
harakati jarayonida
paydo bo‘lgan katta-katta bo‘shliqlariga, ana shu bo‘shliq atrof jinsla-
rining qulab tushishi natijasida sodir bo‘ladi. O. K. Langening ko‘rsa-
tishicha, bunday yer qimirlash 1915-yili Xarkov oblastining Volchansk
rayonida ham qayd qilingan bo‘lib, bu
silkinish diametri taxminan
100 km keladigan joydan sezilgan. Odamlar binolarning tebranganini,
derazalarning g‘irchillaganini, eshiklarning ochilib ketganligini sezganlar
va ko‘rganlar.
Vulqonlarning otilishi bilan bog‘liq bo‘lgan yer qimirlashlar — asosan
Kamchatkada, Gavay orollarida, Amerika qita’sining sharqiy qirg‘oq-
larida, Yaponiya, Italiya hududlarida, Yangi Zelandiyada va Yer shari-
ning boshqa ko‘pgina joylarida qayd qilingan. Bu
hodisa yer ostidan
lava deb ataluvchi massaning katta kuch va shiddat bilan otilib chiqishi
bilan bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: