Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
b = 11, kuchli zilzilalar uchun esa a = 1,5; b = 12 deb olinishi qabul
qilingan (Abdullabekov, 1992). Shuningdek, yer qimirlashlarni baholashda ball, magnituda o‘lcham- lari bilan bir qatorda klass tushunchasi ham ishlatiladi, ya’ni K=lgE J bo‘lib, agar uning qiymati K=10 10 bo‘lsa, bunday yer qimirlash 10 klassli yer qimirlash deb baholanadi. Yuqorida qayd etib o‘tganimizdek, zilzila ta’sirida imoratlar va insho- otlar talafot ko‘radi. Ko‘rilgan talafot darajasi inshoot loyihasiga, ishlatil- gan qurilish materiallariga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun 1964-yili qabul qilingan davlatlararo seysmik shkalaga asosan hamma inshootlar va ularning ko‘radigan talafotlari davlat standarti bilan tartibga solingan: Inshootlar ko‘radigan talafotlar quyidagicha tasniflanadi: 1-darajali talafot. Bunda yengil shikastlanish yuz beradi. Imorat devorlarida ingichka darzlar hosil bo‘ladi. 2-darajali talafot. Og‘ir bo‘lmagan shikastlanish sodir bo‘ladi, devor- larda katta bo‘lmagan yoriqlar paydo bo‘ladi, mo‘rilar buziladi. 3-darajali talafot. Inshootlarning og‘ir shikastlanishi yuz beradi, de- vorlarda katta va chuqur yoriqlar paydo bo‘ladi, mo‘rilar to‘liq buziladi. 4-darajali talafot. Imorat va inshootlar ichki devorlarining to‘liq buzilishi yuz beradi. 5-darajali talafot. Imorat va inshootlarning to‘liq buzilishi sodir bo‘ladi. Imorat va inshootlarning konstruksiyasi va qurilish materiallariga qarab tasniflanishi: A guruh — xom g‘isht, paxsa devorli imoratlar, B guruh — pishiq g‘ishtdan qurilgan inshootlar, D guruh — temir-beton sinchli va yog‘ochdan qurilgan inshootlar. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda Davlat standartlari bilan imor- talar guruhining har bir ballda ko‘radigan talafot darajalari qonunlash- tirib qo‘yilgan. Jumladan: 6 ball — yer qimirlash jarayonida A guruhiga mansub inshootlar 2- darajali talafot, B guruhi inshootlari 1-darajali talafot ko‘radi. 7 ball — A guruhidagi inshootlar 3-darajali, B guruhidagi inshootlar ham 3-darajali talafot ko‘radi. 8 ball — A guruhidagi inshootlar 5-darajali, B guruhidagi inshootlar 3—4-darajali, B guruhidagi inshootlar 2-darajali talafot ko‘radi. 9 ball — B guruhidagi inshootlar 4-darajali, B guruhidagi inshootlar ham 4-darajali talafot ko‘radi. 9 7 10 ball — B guruhidagi inshootlar 5-darajali, B guruhidagi inshoot- lar 4-darajali talafot ko‘radi. 11 ball — B guruhidagi inshootlar to‘liq qulaydi. Tog‘ jinslarining tik va gorizontal yo‘nalishdagi harakati kuzatiladi. 12 ball — amalda yer yuzasida tik inshoot qolmaydi. Bu demak, u yoki bu ballarda yer qimirlash sodir bo‘ladigan hudud- larda ko‘riladigan talafot darajasi hisobga olingan holda, faqat ma’lum guruhdagi inshoot va imoratlar qurilishi lozim degan so‘zdir. Zilzila keltiradigan talafot inshootning turiga, konstruksiyasiga bog‘liq bo‘lishi bilan bir qatorda, qurilish maydonlarining injener-geologik sharoitiga, ya’ni tog‘ jinslari turlarining mustahkamligi darajasiga, xossa va xususiyatlariga, yer osti suvlarining chuqurligiga qarab, seysmik to‘lqinlarining tarqalish tezligi va zilzila kuchi ham turlicha bo‘ladi. 1966-yili Toshkent shahrida bo‘lgan zilzila natijasida shaharning yer osti suvlari sathi yer yuzasiga yaqin bo‘lgan pastqam joylarga joylashgan imortalar kuchli talafot ko‘rdi. Shundan keyin 1966-yili shahar hududida qayta injener-geologik xaritalash ishlari o‘tkazilib, shahar markazi grunt sharoiti nuqtayi nazaridan 9 ballik mintaqaga o‘tkaziladi. Bu degan so‘z, 9 ballik mintaqada quriladigan inshootlar konstruksiyasiga va usuliga ma’lum talablar qo‘yish va ularni bajarishni talab qiladi. 7 ball va undan katta kuchga ega bo‘lgan zilzilalar kuzatilishi mumkin bo‘lgan hududlarda qurilish ishlari davlat qurilish boshqarmasi tomoni- dan tasdiqlangan «Seysmik rayonlarda qurilish ishlari olib borish tartibi va unga qo‘yiladigan talablar» asosida olib boriladi. Bunday hududlarda, eng avvalo, qurilish tekis maydonlarda, poydevor asosi mustahkam, tog‘ jinsi qatlamlaridagi mavjud yer osti suvlari katta chuqurliklarda yotganda olib boriladi. Qurilish uchun nobop deb topilgan hududlarda imorat va inshootlarning qurilishi lozim bo‘lgan taqdirda, bunday hududlarda max- sus injener-geologik qidiruv ishlari olib boriladi, ularning natijasiga qarab injener-geologik sharoitni yaxshilash maqsadida ma’lum chora-tadbirlar o‘tkaziladi. Qurilish inshootlari loyihasiga seysmik hodisalarga chidamli- ligini oshiruvchi o‘zgartirishlar kiritiladi. Eng asosiy qurilish materiallari sifatiga, qurilish ishlari qoidalariga rioya qilish qat’iyan talab etiladi. Ba’zan inshoot va uning zaminida yotuvchi tog‘ jinsi qatlamlaridan o‘tuvchi seysmik to‘lqin tebranishi davrining bir-biriga mos kelib qoli- shi (rezonans holatining yuzaga kelishi) natijasida inshoot katta talafot ko‘rishi mumkin. Seysmik rayonlashtirish xaritalarida ajratilgan hududlarda tarqalgan tog‘ jinslarining tarkibi, yotish sharoiti, ularning fizik-mexanik xususiyat- lari, yer osti suvlari yotish chuqurligining o‘zgarishi kuzatiladi. Shuning uchun amaliy masalalarni hal qilishda, imorat va inshootlarni loyihalash- tirishda qurilish maydonlarining seysmik sharoitini o‘rganish talab qilinadi. Buning uchun mikroseysmik rayonlashtirish o‘tkaziladi. Mikroseys- mik rayonlashtirish — bu hududlarning injener-geologik sharoitini to‘la 7—M.Sh. Shermatov 9 8 o‘rganish, seysmik to‘lqinlarning tarqalish tezligini, imorat va inshoot- larning buzilish darajalarini, zilzilalar to‘g‘risidagi tarixiy ma’lumotlarni tahlil qilish va bu asosda ularning seysmiklik darajasini baholashdir. Mikroseysmik xaritani tuzishda chop etilgan maxsus qo‘llanmalar- dan foydalaniladi. Mikroseysmik rayonlashtirish xaritasi tuzish maqsadida maxsus injener-geofizik qidiruv ishlari olib boriladi, ularning masshtabi 1:10 000, 1:25 000; injener-geologik qidiruv ishlari natijasida qator yordamchi xaritalar tuziladi. Bu xaritalarga: geologik-litologik va to‘rt- lamchi davr yotqiziqlari xaritasi; geomorfologik xarita; gidroizogips va yer osti suvlarining yotish chuqurligi xaritasi; geologik-tuzilish xaritasi; injenerlik-geologik xaritalar kiradi. Hozir Respublikamizda injener-geologik sharoitga qarab zilzila kuchining o‘zgarishi darajalarini ifodalovchi qurilish me’yorlari va qoida- lari (QMQ 2.01.03-96) ishlab chiqilgan. U 6.4-jadvalda gruntlar ta’ri- fini qisman o‘zgartirilgan holda berildi. 6.4-jadval Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling