Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi
Botqoqliklar yotqiziqlari va uning turlari
Download 153.5 Kb.
|
Ko'l va botqoqliklar yotqiziqlari
2. Botqoqliklar yotqiziqlari va uning turlari
Botqoqlik deb yotqiziqlarning ustki gorizontlari ortiqcha namlangan va namlikda o‘suvchi botqoqlik o‘simliklari rivojlangan maydonlarga aytiladi. Yer yuzining chuchuk yoki shur suv bilan kuchli namlangan qismlari botqoqliklar deb ataladi. Botqoqlik suvi tuproqni butunlay qoplashi yoki tuproqqa shimilgan holda bo’lishi mumkin. Odatda ko’pchilik botqoqliklar xilma-xil botqoq usimliklari bilan qoplangan bo’ladi. Botqoqliklar suvga tuyinish sharoitiga qarab, pastkam yerlardagi va baland yerlardagi botqoqliklarga bo’linadi. Quruqlikning pastkam yerlaridagi botqoqliklar har doim yoki uqtin- uqtin suv bilan kumilib turadi. Bunday botqoqliklarda sizot suvlari ko’pincha yer yuziga yaqin bo’ladi. baland yerlardagi botqoqliklarda esa, sizot suvi juda chuqurlikda, botqoqlik esa sizot suvi gorizontidan yuqorida joylashadi, bunday botqoqliklar asosan yog’inlardan suv oladi.Yer sharida ular 2 mln kmga yaqin maydonlarni egallab yotadi.Botqoqlik ortiqcha namlik uchun sharoit yaratiladigan barcha relef elementlarida shakllanadi. Namlanishga mo‘l yog‘ingarchilik sababchi bo‘ladi, shuning uchun ham botqoqliklar nam gumid iqlimli o‘lkalarda hamda grunt suvlarining drenajiga to‘sqinlik qiluvchi suv o‘tkazmaydigan qatlamlar er yuzasiga yaqin joylashgan va bu suvlar sathining yuqori bo‘lishini ta’minlovchi joylarda rivojlanadi. Ko‘pchilik hududlarda bunday suv o‘tkazmaydigan gorizontlar bo‘lib muzlagan tog‘ jinslari sanaladi. Joylashgan o‘rni, ayniqsa to‘yinishi va o‘simliklariga bog‘liq holda pastkamlik, balandlik, oraliq (kontinentlar ichida) va dengizbo‘yi botqoqliklari ajratiladi. Pastkamlik botqoqliklarirelefning past joylarida uchraydi va o‘tmishdagi ko‘llarning botqoqlashgan kotlovinalarini egallaydi. Ular odatda turli-tuman o‘simliklar rivojlanishini ta’minlovchi erigan mineral komponentlarga boy grunt suvlari bilan to‘yinadi. Bular yashil moxlar, trostniklar, osokalar hamda b tasimon o‘simliklardir Balandlik botqoqliklari suvayirg‘ichlarning sust botiq uchastkalarida, tepaliklarning past nishabliklarida va daryo supalarida joylashgan bo‘ladi. Ularning to‘yinishida asosan atmosfera yog‘in-sochinlari ishtirok etadi. Bu joylarda grunt suvlari odatda gipsometrik pastda joylashgan bo‘ladi. Atmosfera yog‘in sochinlarida mineral tuzlar juda kam uchraydi. SHuning uchun ham bunday botqoqliklarda ozuqa moddalariga talabchan bo‘lmagan o‘simliklar rivojlanadi. Dengizbo‘yi botqoqliklari dengiz sohillaridagi pasttekisliklarda joylashgan bo‘ladi va tropik va subtropik o‘lkalar uchun xarakterlidir. Ular keng hududlarni egallab yotadi va priliv vaqtida davriy ravishda suv bilan qoplanadi. Ular asosan atmosfera yog‘in-sochinlari bilan to‘yinadi. Bunda daraxtsimon o‘simliklarning ildiz tizimi suv ostida uzoq vaqt bo‘lishga moslashgan. Bunga misol qilib tropiklarning mangrli o‘simliklarini ko‘rsatish mumkin Botqoqliklarning o‘ziga xos turi yirik daryolarning deltalarida rivojlanadi; ularni plavnyalar deb atashadi Botqoqliklar hamma geografik kengliklarda ham uchraydi, lekin eng ko’p tarqalgan yerlari urtacha mintaqaning o’rmon zonasi va tundra zonasidir. Botqoqliklar bilan qoplangan yerlarning maydoni haligacha ma'lum emas.Ayrim ma'lumotlarga qaraganda uning maydoni taxminan 3,5 mln. km. kv. Yogin-sochining ko’pligi, bug’lanishning kamligi va suv utkazmaydigan qatlamlarning yer yuzasiga yaqin bulishi botqoqlikning hosil bo’lishidagi asosiy omildir. Botqoqliklarning geologik ishi asosan cho‘kindi to‘planish jarayonlari bilan belgilanadi. Bu erda organogen va kamroq kimyoviy cho‘kindilar to‘planadi. Terrigen cho‘kindilar deyarli uchramaydi.3Organogen yotqiziqlar orasida torf juda muhim hisoblanadi. Uning hosil bo‘lishi uchun birlamchi material bo‘lib turli botqoqlik o‘simliklari,moxlar,o‘tlar,butalar va daraxtlarning qoldiqlari hisoblanadi. Bunda uglerod,vodorod,kislorod va azotdan tarkib topgan o‘simliklarning kletchatkalari muhim ahamiyatga ega. Yetarli miqdorda organik qoldiqlar to‘planishi natijasida botqoqliklarga havo kislorodining kirib borishi chegaralangan bo‘ladi. Shuning uchun ham organik massaning keyingi o‘zgarishlari kislorod kam yoki umuman bo‘lmagan muhitlarda kechadi. Havzalarning havo bilan qisman aloqasi bo‘lgan ustki qismida o‘simlik materiali qisman chirindiga yoki gumusga (lotincha «xumus» - tuproq) aylanadi. Havzaning kislorod umuman bo‘lmagan pastki qismida va anaerob bakteriyalar faoliyati muhitida chiriyotgan o‘simlik massasi torfga aylanadi.Havo etib bormaydigan va torf hosil bo‘lishiga olib keladigan bu chirishning sekin kechadigan jarayoni gumifikatsiya yoki uglefikatsiyaning boshlang‘ich bosqichi deyiladi. Bu jarayonda yotqiziqlardagi uglerodning miqdori asta-sekin oshib boradi (57-59 % gacha).Torf o‘simlik qoldiqlaridan tarkib topgan jigarrangli, qo‘ng‘ir yoki deyarli qora rangli organogen (fitogen) cho‘kindi jins hisoblanadi.Ustuvor o‘simlik tarkibiga bog‘liq holda torfning moxli, o‘tli va daraxtli turlari ajratiladi. Ayniqsa botqoqlashgan ko‘llar o‘rnida hosil bo‘lgan torfyaniklarda torflar xilma-xil bo‘ladi. Torf qalinligi 20 m gacha boradigan linzasimon va qatlamsimon yotqiziqlar sifatida yotadi. Yer yuzasida torfyanklar 1,75 mln km 2maydonni egallaydi. Rossida ularning asosiy qismi G‘arbiy Sibirda va Kareliyada kuzatiladi Xemogen cho‘kindilar botqoqliklarda juda kam hosil bo‘ladi va ular muayyan komponentlarning erosti suvlari bilan keltirilishi bilan bog‘liq. Kalsiy karbonat miqdori yuqori bo‘lgan qattiq grunt suvlari bilan to‘yinadigan pasttekislik botqoqliklarida ohaktosh linzalari hosil bo‘ladi. Erigan temirli birikmalardan tiklovchi muhitda siderit tarkibli botqoqli temirli ma’danlar, oksidlovchi muhitda esa qo‘ng‘ir temirtoshlar hosil bo‘ladi. Download 153.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling