Mustaqil ishlarning asosiy maqsadi va vazifalari.
Mustaqil ishlarning asosiy maqsadi yuqorida qayd etilgan yo`nalishlar
bo`yicha ta’lim olayotgan talabalarning fanni o`rganishda olingan bilimni
qo`shimcha mustaqil ishlarga kiritilgan mavzular bilan mustahkamlash. Bunga
erishish uchun talaba o`qituvchi bergan mavzuni tavsiya etilgan adabiyotdan
mustaqil o`rganadi, konspekt daftarida topshiriqlarga yozma javob yozadi va
referat tayyorlaydi. Buning natijasida talabada adabiyot bilan ishlash malakasi
oshadi va mustaqil fikrlash ko`nikmasi hosil bo`ladi.
Maqsaddan kelib chiqqan holda uning vazifasi quyidagilardan iborat:
- fan dasturi bo`yicha to`liq tasavvurga ega bo`lish;
-yangi va darslarda olinmagan, berilmagan bilimlarni va
ko`nikmalarni mustaqil o`rganish va o`zlashtirish;
-ilmiy-uslubiy, internet ma’lumotlarini izlab topish va
ishlatish, tahlillash metodikasini o`zlashtirish;
-ilmiy adabiyot va internetdan olingan ma’lumotlar bilan
ishlash, ularni izlab topish;
-olingan ma’lumotlardan samarali foydalanish;
-to`plangan ma’lumotlarga asoslanib, ratsional yechimlarni
belgilash;
-ishlab chiqilgan yyechim va loyihalarni asoslash va himoya
qilish va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |