keltirilgan, tavsiya qilingan ilmiy, o`quv va uslubiy adabiyotlardan hamda mavzuni
8
Mustaqil ish o`quv jarayonining asosiy tarkibiy qismi bo`lganligi uchun, u
bilan jiddiy shug`ullaniladi va umumiy tartibda reyting tizimi talablari asosida
baholanadi.
Mustaqil ish quyidagilardan kelib chiqqan holda bajariladi:
birinchidan o`quv rejasida ko`rsatilgan ma’ruza va amaliyot darslari hajmi
talabaga fanni chuqur va to`liq, o`rganish imkonini bermaydi;
ikkinchidan fanni o`rganish uchun ajratilgan soatlar natijalaridan
foydalanib amaliy ko`nikmalarni to`liq shakllantirib bo`lmaydi;
uchinchidan o`quv rejasi bo`yicha ishlash, talabada ilmiy va uslubiy
adabiyotlar bilan ishlash ko`nikmalarini yetarli darajada rivojlantirmaydi
va shular sababli talaba fan bo`yicha keng qamrovli fikrlashni yetarli
darajada rivojlantira olmaydi. Shu kabi yetishmovchiliklar o`rnini
to`ldirish uchun albatta mustaqil ish o`tkaziladi.