Gidrologiya va gidrogeologiya


 GLOBAL IQLIM O`ZGARISHI OQIBATLARI


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana09.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#262773
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
iqlim o'zgarishi

1.2

 GLOBAL IQLIM O`ZGARISHI OQIBATLARI 


14 

 

Global  iqlim  o`zgarishi  –  XXI  asrning  asosiy  muammolaridan  biri. 



Insoniyatning  taraqqiyotga  erishish  yo`lida  tabiatga  nisbatan  xo`jasizlarcha 

munosabatda  bo`lishi  atrof-muhitdagi  muvozanatning  izdan  chiqishiga  sabab 

bo`layotir. 

Ob-havo  va  iqlim  nima?  Ob-havo  ma’lum  hududdagi  atmosferaning  10-12 

kilometr balandlikda bir vaqtdagi, bir kunlik fizik holatini ifodalaydi. Ob-havoning 

qator meteorologik kattaliklariga havo harorati, havo namligi, havo bosimi, shamol 

tezligi  va  yo`nalishi,  bulutlar  va  turli  atmosfera  yog`inlari  turi  va  jadalligi,  nurli 

energiya va issiqlik oqimlari kabilar kiradi. 

Iqlim  esa  ma’lum  bir  hududdagi  ob-havoning  ko`p  yillik  rejimi  bilan 

ifodalanib, joyning geografik kengligi, yer usti tuzilishi (orografik, relyef), dengiz 

sathiga nisbatan balandligi, okeanga nisbatan uzoq yoki yaqinligi va boshqa qator 

omillar bilan aniqlanadi.  

Iqlim  atamasi  grekcha  “klima”-qiyalik  ma’nosini,  ya’ni  quyosh  nurlarining 

yerga  tushgan  paytida  og`ish-tushish  qiyaligini  anglatadi.  Bu  atama  yunon 

astronomi Gipparx (mil.avv.160-125 yillar) tomonidan fanga kiritilgan. 

Iqlim – quyosh atrofida harakatlanib turadigan yer sayyorasi yuzasiga yaqin 

bo`lgan  atmosfera  qobig`ining  troposfera  qatlamida  ro`y  beradigan  tabiiy 

jarayonlar  natijasidir.  Iqlim  fasllar  bo`yicha  o`zgarish  xususiyatiga  ega.  Iqlimga 

ta’rif  beradigan  bo`lsak-“Iqlim  deb  ma’lum  bir  hududda  uzoq  yillar  davomida 

takrorlanib  turadigan  ob-havo  rejimiga  aytiladi”.  Ob-havo  esa  iqlim 

ko`rsatkichlarining  ayni  joydagi,  ayni  vaqtdagi  holatidir.  Ob-havo  bir  kecha-

kunduzda  bir  necha  marta  o`zgarishi  mumkin.  Yil  davomida  ma’lum  joyning 

iqlimida uning fasllariga xos holda ob-havo holatlari sodir bo`lib turadi. 

Iqlimni hosil qiluvchi asosiy omil, manba Quyosh hisoblanadi. Yer yuzasiga 

tushadigan  quyosh  nurlarining  tushish  burchagi  qancha  katta  bo`lsa,  nurlarning 

issiqlik va yorug`lik darajasi, quvvati shuncha kuchli, aksincha bo`lsa shuncha kam 

va kuchsiz bo`ladi. Yerning yuzasida atmosfera yoki havo qoplami mavjud, undan 

biz  nafas  olamiz  va  usiz  yerda  hayot  bo`lishi  mumkin  emas.  Har  bir  kishi  bir 

kecha-kunduzda 1 kilogramm oziq-ovqat, 3 litr suv va 12 kilogramm havo iste’mol 

qiladi.  Yer  atmosferasi  yigirmaga  yaqin  gaz  aralashmasidan  tashkil  topgan. 

Ularning  asosiy  qismi  –  azot  va  kisloroddan  hamda  suv  bug`i,  azon  va  mutlaq 

holatda turuvchi chang va boshqa aerozollardan iborat. 

Ob-havoni kuzatish meteorologik stansiyalarda olib boriladi.  

Meteorologik  kuzatishlar  kun  davomida  har  3  yoki  6  soatda  olib  boriladi. 

Bunday  bir  vaqtda  olib  borilgan  kuzatishlar  butun  dunyo  ob-havo  xizmatining 

(VSP)  asosidir.  Bunday  usul  meteorologik  prognozlar  tuzish  va  dovullardan 

ogohlantirish va global iqlim haqidagi bilimlarni to`ldirish uchun kerak.  



15 

 

Shuni  alohida aytish joizki, iqlimiy  sharoit  bilan bog`liq  bo`lgan  jarayonlar 



ta’sirida  tabiatning  rivojlanish  bosqichlarida  o`zgarishlar  bo`lib  turgan.  Bunga 

Antarktida  materigi  va  Shpitsbergen  orollarida  mavjud  bo`lgan  ko`mir  konlari 

hamda  to`rtlamchi  davrda  ro`y  bergan  takroriy  muzlashlar  davri  inkor  etib 

bo`lmaydigan  dalillardir.  Olimlar  iqlimiy  jarayonlarda  davriy  o`zgarishlar 

mavjudligini ham e’tirof etadilar. 

Iqlimshunos  olim  A.V.Shnitnikov  tomonidan  Yerning  shimoliy  yarim 

sharidagi  quruqliklarda  (materiklarda)  tabiiy  namlikning  1800  yil  davomidagi 

davriy o`zgarishlari o`rganilgan. Har bir davr ikki fasldan iborat bo`ladi, birinchisi 

300-500  yil  davom  etadigan  salqin,  nam,  iliq  davr  bo`lsa,  ikkinchisi  1000  yildan 

ortiq  kuzatiladigan  issiq  va  quruq  iqlim  davridir

[1]

.  Keyinchalik  olib  borilgan 



tadqiqotlar  Shnitnikov  fikrini  tasdiqladi.  Masalan,  E.  Le  Rua  Ladyuri  Sharqiy 

Yevropa iqlimini o`rganar ekan “kichik muzlik davri” bo`lganligini va asrlar osha, 

ya’ni har 2000 yilda iqlim keskin o`zgarishini isbotladi.

[2]


 

Yer  tarixida  ro`y  bergan  iqlimiy  o`zgarishlar  paleoiqlimshunoslik  fani 

vakillari  tomonidan  o`rganiladi.  Bundan  tashqari,  bu  sohaga  tegishli 

paleogeomorfologiya,  paleobotanika,  paleozoologiya  kabi  fan  ilmiy  yo`nalishlari 

ham mavjud. Bu o`rinda geologiya fani alohida o`ringa ega. 

Sayyoramizda  hukmronlik  qilayotgan  hozirgi  iqlimiy  sharoit  asosan  yaqin 

o`tmishda, to`rtlamchi davrning quyi,  o`rta va yuqori qismida ro`y bergan muzlik 

davridan so`ng yuzaga kelgan. Yerdagi hayotning asosiy manbai quyosh bo`lsada, 

iqlimning  hosil  bo`lishida  atmosfera  qobig`ining  ahamiyati  alohida  o`rin  tutadi. 

Atmosfera  tarkibining  shakllanishi  va  o`zgarishi  organik  dunyoning  rivojlanish 

jarayoni  bilan  bevosita  bog`liq.  Akademik  I.V.Vernadskiy  fikri  bilan  aytganda,  u 

organik  dunyoning  taraqqiyoti  hosilasidir 

[3]

.  Atmosfera  sayyoramizni  o`ta  qizib 



va  keskin  sovub  ketishdan  saqlab  turuvchi  himoya  vositasidir.  Yerning  havo 

qobig`i bo`lmasa, hayot ham bo`lmas edi. Iqlimshunoslarning hisoblashlariga ko`ra 

atmosferada  karbonat  angidrid  gazi  bo`lmaganda  harorat  6

0

C  ga,  suv  bug`lari 



bo`lmaganda esa Yer sirtida harorat 25

0

C ga pasayib ketgan bo`lar edi. 



Havo  haroratining  ko`tarilishi  1850  yildan  boshlab,  bugungi  kunga  kelib  1 

darajaga  oshgan.  Agarda  u  2  darajaga  etsa,  krizis  holatlar  vujudga  keladi.  Sanoat 

inqilobi  amalga  oshirila  boshlangach  atmosferada  karbonat  angidridning  miqdori 

30  foizga  oshgan.  Olimlar  iqlim  hosil  qiluvchi  tabiiy  omillarni  3  guruhga  – 

astronomik,  geografik  va  havoni  sirkulyatsion  omillarga  ajratadilar.  Bu  omillar 

qanday  guruhlanmasin,  yer  iqlimining  shakllanishida  quyidagilar  muhim  o`rin 

tutadi.  Bu  borada  bosh  omil  quyoshdan  yer  sirtiga  yetib  keladigan  radiatsiya  va 

yorug`lik  miqdoridir.  Yer  yuzida  suvlik  va  quruqlikning  taqsimlanishi,  joyning 

geografik  o`rni,  yer  yuzasining  tuzilishi,  quyosh  nurlarining  yer  sirtidan  qaytishi 



16 

 

ko`rsatkichlari,  atmosfera  tarkibi  va  sirkulyatsiyasi  va  havo-dengiz  oqimlari 



kabilardir. 

Yer  shari  iqlimini  tabaqalashtirishda  turlicha  yondashuvlar  mavjud.  Bular 

orasida  B.P.Alisov  tomonidan  1930  yillarda  ishlab  chiqilgan  genetik 

klassifikatsiyasi ko`pchilik tomonidan ma’qullangan. 

Bu klassifikatsiyada yil davomida yoki issiq va sovuq davrlarda hukmronlik 

qiladigan havo massalari tiplari asos qilib olingan. U geografik kengliklar bo`ylab 

hukmronlik qiladigan ettita havo massalarini qamrab oladi: ekvotorial, 2 ta tropik, 

2 ta mo`tadil va Arktika, Antarktika. Bunga asosan 4 ta asosiy: ekvotorial, tropik, 

mo`‘tadil,  arktika-antarktika  va  3  ta  oraliq:  subekvotorial,  subtropik,  subarktika-

subantarktika  iqlimiy  mintaqalariga  ajratadi.  Yuqorida  qayd  qilingan  havo 

massalarining,  iqlim  mintaqalarining  shakllanishida  yer  yuzida  radiatsiya  balansi, 

havo  harorati  va  namlikning  qutblardan  ekvatorga  tomon  o`zgarishi  asos  qilib 

olingan. 

Yer yuzida qaror topgan ushbu iqlimiy sharoit XX asrning  o`rtalariga kelib 

kuchli  antropogen  ta’sirga  uchradi.  Ya’ni,  yer  yuzasida  aholi  sonining  ortishi, 

tabiiy resurslarga bo`lgan talab va ehtiyojning to`xtovsiz oshishi va nihoyat fan va 

texnikani  rivojlanishi  insonning  tabiatga  ta’sir  kuchining  ortib  borishi  yer  shari 

iqlimining o`zgarishiga olib keldi va bu jarayon shiddat bilan davom etmoqda. 

Bu jarayonni quyidagi dalilllar bilan asoslash mumkin: 

 



Atmosferaning kimyoviy, fizik tarkibiga inson faoliyat ta’sirining ortib 

borayotganligi,  Ozon  qatlamini  yemiruvchi  turli  is  gazlarini  hamda 

karbonat angdrid va boshqa issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlarni va 

aerozollarni  chiqarish,  turli  organik  yoqilg`ilarni  yoqish  va  energiya 

sarflash  orqali  atmosfera  haroratiga  ko`rsatilayotgan  ta’sirning  ortib 

borayotganligi; 

 

Tabiiy resurslarning tez sur’atlar bilan o`zlashtirilishi (yer, suv, o`rmon, 



tog`-kon) tufayli yer sirti albedosining o`zgarishi; 

 



Dunyo  okeani  sathining  ko`tarilishi  va  suv  tarkibining  ifloslanishi, 

buzilishi tufayli atmosfera-okean-quruqlik tizimida kechadigan modda, 

energiya va gaz almashinuviga salbiy ta’sir ko`rsatish; 

 



Yer  sharida  bo`ladigan,  bo`layotgan  etnik  nizolar,  davlatlararo 

kelishmovchiliklar,  urushlar,  xalqaro  terrorizm,  maishiy  va  sanoat 

chiqindilarining tabiatga tartibsiz katta miqdorda chiqarilayotgani

 



Inson omili ta’sirida Yer  yuzida  modda, energiya  almashinuvi tufayli, 

tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy jarayonlarni shiddatining ortayotganligi; 




17 

 



 

Kosmosni  o`zlashtirish  maqsadida  raketalarni  fazoga  chiqarilishi 

natijasida Ozon qatlamiga yetkazilayotgan zarar va boshqalar. 

Iqlimshunoslarning ma’lumotlariga ko`ra, yuqorida qayd qilingan jarayonlar 

tufayli  global  iqlim  isishi  kuzatilmoqda.  Atmosferada  issiqlik  gazlari  haddan 

tashqari  ko`p  miqdorda  to`planishi  dunyo  miqyosidagi  barqaror  iqlim 

jarayonlarining  o`zgarishiga  olib  kelmoqda.  Ularning  bunday  g`ayritabiiy 

ko`payishi  inson  faoliyati,  chunonchi:  energiya  ishlab  chiqarishda,  kimyo 

sanoatida va  boshqa ishlab  chiqarishlarda neft, gaz va  ko`mirdan  haddan  tashqari 

ko`p  foydalanilishi  natijasida  yuz  beradi.  Miqdori  yildan-yilga  ko`payib 

borayotgan  asosiy  issiqlik gazlari  oksidlangan  gaz  va  metan  bo`lib,  ma’lumki, 

metan  tabiiy  gazning  asosiy  elementi  hisoblanadi.  Ushbu  gazlar  atmosferada 

to`planib,  sayyoraning  qizigan  sirti  taratuvchi  ortiqcha  issiqlik  kosmosga 

tarqalishiga yo`l qo`ymaydi va atmosferaning isishiga sabab bo`ladi. 

Iqlim o`zgarishi sababi hisoblangan issiqxona gazlari: 

  suv bug`i 



  karbonat angidrid (SO

2





  metan (SN

4



  azot oksidi (N

2

O) 


  gidroftoruglerodlar (GFU) 

  perftoruglerodlar (PFU) 



  oltingugurt geksaftoridi (SF

6

)

[4]



 

Yer o`z yuzasidagi infraqizil nurlarni fazoga qayta chiqarmaslik xususiyatiga 

egadir.  Ular  yerni  issiq  “ko`rpa”ga  o`rab,  issiqxona  samarasini  beradi  va  yerdagi 

haroratni saqlab turadi. Mazkur jarayon yerni hayot uchun yaroqli qiladi. Issiqxona 

gazlarisiz  yer  hozirgidan  taxminan  30  darajaga  sovuqroq  bo`lar  edi.  Ammo 

afsuski,  inson  faoliyati  natijasida  atmosferaga  yuqorida  keltirib  o`tilgan  gazlar 

chiqarilmoqda.  Raqamlarga  e’tibor  bersangiz,  bir  kunda  dunyoda  9  milliard  litr 

neft  yoqiladi.  Buning  natijasida  havodagi  SO

2

 ning  miqdori  yiliga  30%  ga  ortib 



bormoqda.  Uning  oqibatlari  esa  quyidagicha:  harorat  oshishi  natijasida  muzliklar 

eriydi.  Muzliklar  eriganda  okean  suvining  harorati  va  fizik  xossalari,  okean 

oqimlari,  mazkur  oqimlarga  bog`liq  bo`lgan  mamlakatlarda  iqlim,  global 

gidrologik  sikl  va  iqlimni  yaratuvchi  global  jarayonlar  o`zgaradi.  Oqibatda 

yog`ingarchiliklar  amplitudasida  katta  o`zgarishlar  yuz  berib  u  o`ta  ko`p  yog`in 

yog`ishi  yoki  umuman  yog`masligi  bilan  belgilanadi,  qurg`oqchilik  va  toshqinlar 

soni ko`payadi, tabiiy ofatlar – tornado, tayfunlar, sellar, ko`chkilar yuz beradi. Bir 

qarashda  bu  uncha  qo`rqinchli  bo`lib  tuyulmasligi  mumkin.  Ammo  yerda  harorat 

yana  5  darajaga  ko`tarilsa,  barcha  jarayonlar  orqaga  qaytarib  bo`lmaydigan  tus 

oladi va sayyoramizda har qanday hayotga jiddiy xavf tug`iladi. Inson biologik tur 

sifatida  yashab  qolishi  masalasi  kun  tartibidan  o`rin  oladi.  Ayni  shu  sababli  bu 

muammo olamshumul ahamiyat kasb etadi. 




18 

 

Iqlim  o`zgarishi  muammosi  O`zbekistonga  ham  o`z  ta’sirini  ko`rsatmay 



qolmaydi.  Sodir  bo`lishi  mumkin  bo`lgan  oqibatlar  qatorida  quyidagilarni 

ko`rsatish mumkin: 

- suv resurslari taqchilligining kuchayishi; 

- o`rtacha haroratning oshishi

-  yog`ingarchiliklarning  notekis  taqsimlanishi  –  yog`ingarchiliklarsiz 

qurg`oqchilik  uzoq  davom  etishi  va  bir  martada  ko`p  miqdorda 

yog`ingarchiliklar bo`lishi; 

-  qishloq  xo`jaligida  yetishtirish  uchun  maqbul  ekinlar  tarkibi  butunlay 

o`zgarishi; 

-  harorat  rejimi  kuchayishi  natijasida  aholi  salomatligi  bilan  bog`liq 

muammolar ko`payishi; 

-  o`simliklar  va  hayvonlarning  aksariyat  turlari  yashaydigan  areallar  qayta 

taqsimlanishi,  demak,  ekologik  jarayonlar,  beriladigan  mahsulotlar  va 

bajariladigan funksiyalar tubdan o`zgarishi; 

-  sahrolashish  jarayonlarining  kuchayishi,  demak,  yashash  va  xo`jalik 

yuritish mumkin bo`lgan erlar kamayishi

- iqtisodiyot sektorlari ta’sirining to`liq qayta taqsimlanishi va boshqalar

[5]


Albatta  iqlim  o`zgarishi  natijasida  ko`rilishi  mumkin  bo`lgan  zararni  hali 

hech  kim  hisoblagani  yo`q.  Xo`sh,  bizning  faoliyatimiz  iqlim  o`zgarishiga  ta’sir 

ko`rsatadimi?  Albatta, ha. Avvalo bu avtomobillardan  chiqayotgan  zaharli  gazlar, 

neft,  gaz,  ko`mir  va  o`tinni  yoqish  oqibatida  ajraladigan  SO

2

,  atmosferadagi 



aerozollar,  sement  sanoati.  Shuningdek  dehqonchilik,  ozon  qatlamining 

yupqalashishi,  chorvachilikning  rivoji,  o`rmonlarning  kesilishi  ham  iqlim 

o`zgarishiga ta’sir ko`rsatadi. Mutaxassislarning  fikriga  ko`ra, 1901-2012  yillarda 

o`rtacha  global  harorat  Selsiy  bo`yicha  0,89  darajaga  ko`tarilgan.  Bu  1400  yil 

mobaynidagi  eng  yuqori  ko`rsatkichdir.  Xavotirli  tomoni  shundaki,  bu  jarayon 

davom  etishi  bashorat  qilinmoqda.  Ya’ni,  2016-2035  yillarda  sayyoramizda  havo 

harorati  yana  0,3-0,7  darajaga  ko`tarilishi  ehtimoldan  xoli  emas

[6]


.  Buning 

oqibatida yaqin o`n yillikda qish chillasida harorat 20-30 daraja issiqqa ko`tarilishi, 

yozda  esa  havoning  sovub  ketishini  kuzatish  mumkin.  Eng  achinarlisi,  issiqxona 

effekti oqibatida dunyo aholisini, xususan siz-u bizning ichimlik suvimiz bo`lmish 

tog`lardagi  muzliklarning  zahiralari  erishi  natijasida  kamayib  boradi.  1960  yildan 

boshlab bugungi kunga qadar Yerdagi qor va muz qoplami 15 foizga qisqardi. 

Sharqiy-Yevropa mintaqasi, Markaziy Osiyo va Kavkaz (jami 28 mamlakat) 

mamlakatlarining  sezuvchanlik  va  tez  zarar  ko`rishi  darajasini  tavsiflovchi 

miqdoriy  baholash  o`tkazilgan.  Baholash  natijalariga  ko`ra,  O`zbekiston  iqlim 

o`zgarishlariga  juda  sezuvchan  (2  o`rin)  va  undan  zararlanadigan  (6  o`rin) 

mamlakat  hisoblanadi.  O`zbekiston  uchun  xavfli  tabiat  hodisalari  oqibatida 

extimoli bo`lgan o`rtacha yillik yo`qotishlar hajmi 92 mln AQSH dollarini tashkil 

etib, bu Markaziy Osiyo va Kavkaz uchun eng yuqori ko`rsatkich hisoblanadi

[7]


Iqlim  isishi,  ya’ni  havo  haroratining  global  ortishi  muammosini  bartaraf 

qilish  juda  murakkab  vazifadir.  Chunki,  bu  muammo  ham  “tabiat-inson-jamiyat” 

munosabatlariga, ya’ni uchlikning muvozanatiga, uyg`un rivojlanishiga bog`liqdir. 




19 

 

Ushbu muvozanat yo`llarini topish va uni saqlash uchun quyidagi chora-tadbirlarni 



amalga oshirish lozim: 

-iqlim  o`zgarishi  muammosi  mazmun-mohiyatini  chuqur  anglash,  yer  shari 

aholisi, davlatlar, xalqaro tashkilotlarning hamkorligiga erishish

-issiqxona  hosil  qiluvchi  gazlar  emissiyasini  (atmosferaga  chiqarishni) 

kamaytirish imkoniyatini beradigan yangi texnologiyani ishlab chiqish va 

unga o`tish; 

- muqobil energiya manbalariga o`tish va ularning samaradorligini oshirish; 

-ekinzorlardan,  ayniqsa  sholipoyalardan  metan  gazining  ajralib  chiqishini 

kamaytiradigan texnologiya va usullarga erishish

-uy-joy va binolarni isitishda tejamkor, ekologik talablarga javob beradigan 

usullarni joriy etish; 

-har  bir  insonda  “Sayyoramiz-umumiy  uyimiz”  tuyg`usi  va  mas’uliyatini 

oshirish, ekologik madaniyatni shakllantirish; 

-maishiy 

chiqindilarni 

oqilona 


bartaraf 

qilish 


texnologiyasini 

takomillashtirish; 

-iqlim  isishi  indikatori  va  oqibatlarini  hududlar  doirasida  o`rganish  va  uni 

bartaraf  qilishning  geografik  asoslarini  izlash  va  ushbu  mavzuda 

loyihalarni ishlab chiqib amaliyotga tadqiq qilish. 


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling