Gidrologiya va gidrogeologiya


 Iqlim o`zgarishining oldini olish masalalari


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana09.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#262773
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
iqlim o'zgarishi

 

1.3 Iqlim o`zgarishining oldini olish masalalari

Insoniyatning  taraqqiyotga  erishish  yo`lida  tabiatga  nisbatan  xo`jasizlarcha 

munosabatda  bo`lishi  atrof-muhitdagi  muvozanatning  izdan  chiqishiga  olib  keldi. 

Buning salbiy oqibatlari dunyoning turli mintaqalarida tez-tez yuz berayotgan suv 

toshqinlari, to`fonlar, o`rmon yong`inlari, qurg`oqchilik, muzliklarning erishi, qush 

va  hayvon  turlarining  yo`qolib  borayotgani,  qish  kuzatilmaydigan  joylarda 

kutilmaganda  qor  yog`ishi,  aksincha,  doimo  sovuq  ob-havo  hukm  suradigan 

o`lkalarda  haroratning  iliq  kelishi  va  yana  shunga  o`xshash  ko`plab  anomal 

hodisalar misolida yaqqol namoyon bo`lmoqda. 

Ayniqsa,  bir  mavsumda  xilma-xil  iqlim  sharoitining  ro`y  berayotgani, 

haqiqatan  ham,  kishini  jiddiy  o`yga  toldiradi.  Poyoniga  yetgan  qish  faslidagi 

holatni  eslang-a.  AQSHning  o`nlab  shtatlarida  qalin  qor  yog`ib,  qahraton  sovuq 

zabtiga  olgan  bir  paytda  Atlantika  okeanining  boshqa  tarafida  —  Yevropa 

davlatlarida  daryolar  o`zanidan  toshdi.  Portugaliya,  Ispaniya,  Fransiya,  Buyuk 

Britaniya,  Irlandiyada  takror  va  takror  qayd  etilgan  kuchli  shamol  hamda  jala 

talafotlarga sabab bo`ldi. Qurbonlar kuzatildi. Avstraliyada esa mutlaqo boshqacha 

manzara  —  haroratning  haddan  ziyod  ko`tarilib  ketgani  natijasida  o`rmon 



20 

 

yong`inlari  kelib  chiqdi.  “Tilsiz  yov”  minglab  gektarlardagi  daraxtlarning  kulini 



ko`kka  sovurdi.  Mazkur  davlat  iqtisodiyotiga,  o`simlik  va  hayvonot  dunyosiga 

katta  zarar  yetdi.  Garchi  Sharqiy  va  Janubiy  Osiyo  davlatlari  uchun  to`fonlar 

azaldan katta tashvish sanalsa-da, so`nggi yillarda ularning ko`lami ancha oshgani 

xavotir keltirib chiqarmoqda. 

Vaziyat  jiddiyligiga  qaramay,  sanoat  korxonalari  tomonidan  atrof-muhitga 

chiqarilayotgan  zaharli  moddalar  hajmining  hamon  yuqoriligi,  ekologiyaga  xavf 

soluvchi  turli  tadqiqotlarning  davom  ettirilayotgani  iqlim  o`zgarishlari  bilan 

bog`liq  inqirozni  yanada  murakkablashtirayapti.  Agar  tezkor  choralar  ko`rilmasa, 

kelgusida global tusdagi muammolar bundan-da ayanchli ko`rinish olishi mumkin. 

BMTning  Iqlim  o`zgarishi  bo`yicha  hukumatlararo  ekspertlar  guruhi  tomonidan 

yaqinda  e’lon qilingan  navbatdagi  ma’ruzada bayon  etilgan  tahlillar ana  shunday 

xulosa chiqarishga asos bo`lmoqda. 

Mutaxassislarning  fikricha,  iqlimdagi  o`zgarishlar  dunyoning  barcha  okean 

va qit’alaridagi tabiiy tizimlarda sezilarli  o`zgarishlarga sabab bo`layotir. Kelgusi 

o`n yillikdan boshlab fasllar bilan bog`liq noodatiy jarayonlar boshlanishi mumkin. 

Masalan,  juda  qattiq  sovuq  hukm  suradigan  qish  o`rnini  birdaniga  jazirama  yoz 

egallashi  hech  gap  emas.  Hatto  bir  kecha-kunduz  oralig`ida  issiq  va  sovuq 

haroratning  almashinuvi  tez-tez  ro`y  berishi  ehtimolga  yaqin.  Boshqacharoq 

izohlansa,  yil  davomida  faqat  qish  va  yoz  fasli  hukm  sursa,  ne  ajab.  Buning 

oqibatida  havo  tarkibida  atrof-muhitga,  inson  salomatligiga  salbiy  ta’sir  qiluvchi 

moddalar  miqdori,  ummon  suvlarining  esa  kislotalilik  darajasi  ortishi  taxmin 

qilinmoqda. 

2016  yildan  2035  yilga  qadar  sayyoramizda  harorat  taxminan  0,7  daraja, 

2081 yilga borib esa, 1986 — 2005 yillardagi ko`rsatkichga nisbatan qiyoslaganda, 

qariyb  2  daraja  ko`tarilishi  kutilmoqda.  Natijada  doimiy  muzliklarning  erish 

jarayoni  tezlashib,  okeanlar  sathi  yuksaladi.  Xususan,  2081  —  2100  yillarda 

ummon suvlari sathi 1986 — 2010 yillardagiga nisbatan 0,58 dan 0,98 metrgacha 

ko`tariladi.  Bu  esa,  o`z  navbatida,  toshqinlar  ko`payishiga,  yer  ko`chkilari  va 

eroziyaga,  baliqlar  hamda  quruqlikdagi  jonzotlarning  pala-partish  migratsiyasiga 

sabab bo`ladi. 




21 

 

Iqlim  o`zgarishi  oziq-ovqat  xavfsizligiga  ham  salbiy  ta’sir  ko`rsatmasdan 



qolmaydi. Hisob-kitoblardan kelib chiqib, 2050 yilga borib, makkajo`xori, guruch 

va bug`doy yetishtirish hajmi 25 foizgacha qisqarishi bashorat qilinmoqda. 

Aytish  kerakki,  BMTning  Iqlim  o`zgarishi  bo`yicha  hukumatlararo 

ekspertlar  guruhi  tomonidan  taqdim  etilgan  mazkur  ma’ruza  qariyb  ikki  ming 

sahifadan iborat bo`lib, undan ana shu kabi ko`plab yo`nalishlarga oid bashoratlar 

o`rin  olgan.  Ma’ruzani  tayyorlashda  310  nafarga  yaqin  muallif  va  taqrizchi,  400 

nafar  hammuallif  ishtirok  etgan.  Hujjat  Yaponiyaning  Yokogama  shahrida 

o`tkazilgan  xalqaro  anjumanda  keng  omma  e’tiboriga  havola  qilinib,  tadbir 

chog`ida  “Xo`sh,  endi  nima  qilish  kerak?”  degan  savolga  ham  javoblar, 

mulohazalar  bildirildi.  Asosiy  fikrlar  shu  bo`ldiki,  aslida  iqlim  o`zgarishlarini 

butunlay to`xtatishning iloji yo`q. Chunki, dunyo aholisining iste’mol talabi bunga 

imkon  bermaydi.  Lekin  kelib  chiqishi  ehtimoli  bo`lgan  jiddiy  xavf-xatarlarning 

oldini  olish  yoki  ularning  ta’sir  darajasini  yumshatish  mumkin.  Ekspertlarning 

ta’kidlashicha,  eng  avvalo,  havoga  chiqarilayotgan  karbonat  angidrid  gazi 

miqdorini  80  foizgacha  qisqartirish  zarur.  Buning  uchun  esa  Kioto  protokolining 

o`rnini  bosadigan  yangi  global  hujjat  tayyorlanib,  qabul  qilinishi  lozim.  Ishlab 

chiqarishga  zamonaviy,  ekologik  sof  texnologiyalarni  joriy  etish,  aholi  o`rtasida 

targ`ibot-tashviqot  ishlarini  kuchaytirish  samaradorlikka  erishishda,  ayniqsa, 

muhim ahamiyatga ega. 

Gap  atrof-muhit  musaffoligini  saqlash,  global  iqlim  o`zgarishi  ta’sirini 

kamaytirish  haqida  borar  ekan,  bu  yo`nalishda  bevosita  mamlakatimizda  amalga 

oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar haqida to`xtalib o`tmoqchimiz. O`zbekiston 

Respublikasi  BMTning  iqlim  o`zgarishi  bo`yicha  konvensiyasini  ratifikatsiya 

qilgan. Ushbu konvensiya ijrosi yuzasidan yurtimizda qator tadbirlar bajarilmoqda. 

Ishlab  chiqarishga  ekologik  sof  mexanizmlarni  tatbiq  etish,  avtomashinalarni 

ekologik  sof  yoqilg`iga  o`tkazish,  qishloq  xo`jaligida  tejamkor  texnologiyalarni 

qo`llash,  muqobil  energiya  manbalaridan  foydalanish  kabi  vazifalar  shular 

jumlasidandir.  Davlatimiz  rahbarining  2013  yil  1  martdagi  “Muqobil  energiya 

manbalarini  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to`g`risida”gi  Farmoni  bu 

boradagi  islohotlarning  mantiqiy  davomi  bo`ldi,  deyish  mumkin.  Vazirlar 

Mahkamasining  “2013  —  2017  yillarda  O`zbekiston  Respublikasida  atrof-muhit 



22 

 

muhofazasi bo`yicha harakatlar dasturi to`g`risida”gi qarori asosida atrof-muhitga 



salbiy  ta’sir  ko`rsatayotgan  issiqlik  gazlari  emissiyasini  kamaytirish,  neft,  gaz, 

kimyo,  energetika  korxonalarini  rekonstruksiya  qilish,  ekologik  sof  energiya 

manbalaridan  foydalanishni  rivojlantirish  bo`yicha  qator  loyihalar  amalga 

oshirilayotir.  SHuningdek,  o`tgan  yil  dekabr  oyida  O`zbekiston  Respublikasining 

“Ekologik nazorat to`g`risida”gi Qonuni qabul qilindi. 

Targ`ibot-tashviqot  masalalari  ham  e’tibordan  chetda  qolayotgani  yo`q. 

Xususan,  ekologik  ta’limni  takomillashtirish,  ekologik  muammolarni  bartaraf 

etishda  yoshlarning  faolligini  oshirish  borasida  ibratli  ishlar  qilinmoqda. 

O`zbekiston  ekologik  harakati,  Oliy  va  o`rta  maxsus  ta’lim,  Qishloq  va  suv 

xo`jaligi vazirliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, “Kamolot” yoshlar 

ijtimoiy  harakati,  boshqa  davlat  va  jamoat  tashkilotlari  hamkorligida  an’anaviy 

tarzda  o`tkazib  kelinayotgan  “Global  iqlim  o`zgarishiga  moslashish  bo`yicha  eng 

yaxshi  g`oya”  tanlovi  bunga  bir  misoldir.  Aytaylik,  bu  galgi  tanlovga 

mamlakatimizning  turli  hududlaridagi  oliy  o`quv  yurtlari  talabalaridan  bir  yuz 

yigirmadan  ortiq  ilmiy  loyiha,  ma’ruza  va  maqolalar  qabul  qilindi,  g`olib  va 

sovrindorlar  munosib  taqdirlandi.  Eng  muhimi,  yosh  tadqiqotchilarning  ilmiy-

ijodiy  ishlarida  qishloq  xo`jaligi,  sanoat,  neft-gaz  tarmog`i,  chiqindilarni 

boshqarish sohalariga ekologik sof texnologiyalarni tatbiq etish, suvni tejash, tabiat 

boyliklaridan  oqilona  foydalanish  borasidagi  dolzarb  masalalar  qamrab  olingani 

diqqatga molikdir. 

Turli  xalqaro  anjumanlar,  konferensiyalarda  global  iqlim  o`zgarishi 

oqibatida  kelib  chiqayotgan  salbiy  holatlar  juda  ko`p  muhokama  qilinadi.  Taklif-

mulohazalar bildiriladi. Lekin ana shunday tadbirlarning aksariyati yakunida yakdil 

bir  qarorga  kelinmasligi  ham  bor  gap.  Vaholonki,  global  tusdagi  muammoni  bir 

yoki ikki davlatning sa’y-harakati bilan bartaraf etib bo`lmaydi. Bunga birgalikda 

kurashish  talab  etiladi.  Musaffo  osmon,  go`zal  tabiat  va  uning  bebaho  ne’matlari 

kelgusi  avlodlar  uchun  ham  atalganini  dildan  his  qilganlargina,  farzandlariga  uni 

bekamu ko`st holda yetkazishga intiladilar. Binobarin, insoniyatning asl vazifasi va 

maqsadlaridan biri ham mana shunda. 



23 

 


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling