Gidrologiya va gidrogeologiya


Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  2030  yilga  borib,  global  isish  tufayli


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana09.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#262773
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
iqlim o'zgarishi

Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  2030  yilga  borib,  global  isish  tufayli 

jahon  iqtisodiyotiga  yiliga  2  trillion  AQSH  dollari  miqdorida  zarar  etishi 

mumkinligini ma’lum qildi. 

Bu  haqda  “Independent”  nashri  xabar  tarqatdi.  Bunga  sabab,  jazirama 

odamlarning ishlash layoqatiga salbiy ta’sir ko`rsatib, ish samaradorligini tushirib 

yuborarkan.  Prognozlarga  ko`ra,  bundan,  ayniqsa,  Hindiston,  Malayziya,  Tailand 

kabi davlatlar nisbatan ko`proq aziyat chekadi.  

 

XULOSA 

Fransuz olimi Montesks Sharl Lui «Qonunlar ruhi to`g`risida»gi (1748) 

asarida  tabiatda  va  hayotda  iqlimning  barcha kuchlardan  ustun  ekanligini 

ta’kidlagan.  

Ob-havo va iqlim qadimdan sivilizatsiya rivojlanishiga katta ta’sir ko`rsatib 

kelgan. Bugungi kunda ham ular insoniyatning hayotiga va faoliyatiga katta ta’sir 

o`tkazmoqda. To`g`ri, hozirgi zamon fan va texnikasi atmosfera, okeanlar va ichki 

suvlarda  sodir  bo`layotgan  jarayonlarni  oldindan  aytishga  imkon  beradi.  Bu 

ma’lumotlar  odamlarning  xavfsizligini  ta’minlash  va  global  miqyosdagi  atrof-

muhitni  muhofaza  qilish  uchun  zarurdir.  Lekin  shuni  aytish  kerakki,  keyingi  yuz 

yillikdagi  texnologik  taraqqiyot  insoniyatni  iqlimning  roli  ozaydi,  degan  xatarli 

xulosalarga  olib  keldi.  Bunga  XIX-XX  asrlarda  yer  sharining  katta  qismlarida 

nisbatan barqaror iqlim sharoitining hukm surganligi sabab bo`lgan.  

Qizig`i shundaki, insoniyatning keyingi  ikki  yuz  yillik davri  davomida  ilm, 

fan  va  texnikani  rivojlantirish  sohasida  erishgan  ulkan  yutuqlariga  qaramasdan, u 

hamon  iqlimiy  sharoitlarga  bog`liqlikdan  xalos  bo`la  olmayapti.  Ustiga-ustak 

iqlimning inson xo`jalik faoliyatining barcha qirralariga, jumladan, qishloq xo`jalik 

mahsuldorligi,  energetika,  transport  harakati,  texnika  va  texnologiyalardan 

foydalanish  va  boshqa  sohalarga  ta’siri  yanada  kuchliroq  bo`lmoqda.  Iqlim 

sharoitining  inson  psixo-fiziologik  holatiga  va  uning  sog`lig`iga  ta’siri  ham 

kuchayib  bormoqda.  Iqlim  sharoiti  tobora  ijtimoiy  va  siyosiy  ahamiyat  kasb 

etmoqda. 

Fan  va  texnika  taraqqiyoti  hozirgacha  insonni  tabiiy  sharoitning  ta’siridan 

to`liq himoya qilmayapti. Insoniyat faoliyati esa ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotga 



24 

 

erishishga  yo`naltirilgan  va  bu  tabiatga  shu  darajada  ta’sir  etishini  boshlaganki, 



XXI asrda ob-havo va iqlimni butunlay o`zgartirish mumkin.  

O`tgan  asrning  60-yillari  o`rtalaridan  Saxelladagi  (Afrika)  dahshatli 

qurg`oqchiliklar,  suv  toshqinlari  va  qurg`oqchiliklarning  tez-tez  bo`lib  turishi, 

shuningdek,  Yevropa,  Amerikada  uzoq  vaqtdan  buyon  kutilmagan  qahraton 

qishning takrorlanishi jiddiy xavotir uyg`otdi.  

Ayniqsa,  keyingi  o`n  yillikda  insoniyat  global  antropogen  isish,  deb 

ataluvchi  hodisaga  uchragan.  Hamma  joyda  atrof-tabiiy  geografik  muhitning 

o`zgarishi  kuzatilmoqda.  Qurg`oqchilik,  suv  toshqini,  dovullar,  jazirama  issiq 

oqimlar, yong`inlarning ko`payishi, keskin sovub ketishlar va boshqa tabiiy ofatlar 

Yer sharining hamma hududlarida ham tez-tez kuzatilmoqda. 

Keyingi yillarda g`arbiy va janubiy Yevropada, Kavkazda misli ko`rilmagan 

suv  toshqinlari  yuz  berdi.  2003,  2010  yillarda  Hindistonda  qattiq  qurg`oqchilik, 

suv  toshqinlari  bilan  almashdi.  2003,  2010,  2015  yillarda  Hindiston,  Shimoliy 

Amerika  va  Yevropa  mamlakatlarida  kuchli  issiqlik  kuzatildi.  Katta  maydondagi 

o`rmonlar yonib ketdi. 

Global iqlim o`zgarishi, eng avvalo, o`rtacha havo haroratining o`sishida va 

noqulay 

gidrometeorologik 

hodisalarning, 

ayniqsa, 

juda 

issiq 


kunlar, 

qurg`oqchilik,  kuchli  (jala)  yog`in-sochinlari,  sel,  sunamilar  va  qor  ko`chishlari 

sonining  ko`payishida  aks  etadi.  Iqlim  o`zgarishining  kuchayib  borishi 

mamlakatlar  rivojlanishida  salbiy  oqibatlarga  olib  keladi.  Ob-havo  va  iqlim  bilan 

bog`liq  bo`lgan  tabiiy  ofatlar  oziq-ovqat  ishlab  chiqarishni  qisqartirishga, 

suvlarning  ifloslanishiga  va  boshqa  iqtisodiy  zararlarga  sabab  bo`ladi.  Shuning 

uchun  ham  bugungi  kunda  iqlim  o`zgarishi  muammosi  nafaqat  olimlarni  va 

siyosatchilarni,  balki  butun  insoniyatni  tashvishga  solmoqda.  Iqlim  o`zgarishi 

iqtisod uchun ham va butun jamiyat uchun ham og`ir sinovdir. Keyingi vaqtlarda 

ekstrimal  meteorologik  va  iqlim  hodisalari  katta  nobudgarchiliklarga  olib 

kelmoqda.  Yuz  minglab  odamlar  halok  bo`lmoqda.  BMT  ma’lumoti  bo`yicha 

dunyoda  1980  yildan  2005  yilgacha  7  mingdan  ko`p  fojiali  tabiiy  ofatlar  sodir 

bo`lib,  juda  ko`p  odamlarning  qurbon  bo`lishiga  olib  keldi  va  1  trillion  AQSH 

dollaridan  ko`p  zarar  keltirdi.  Iqlimiy  bilimlar  va  texnologiyaning  rivojlanishiga 

qaramay,  tabiiy  va  texnogen  ofatlardan  keladigan  zararlarning  hajmi  har  yili  6 

foizga ortib bormoqda. 1965 yildan 1992 yilgacha dunyo bo`yicha tabiiy hodisalar 

harakatidan  6  million  odam  nobud  bo`ldi,  3  milliard  odam  jabr  ko`rdi,  umumiy 

zarar  340  milliard  AQSH  dollarini  tashkil  etadi.  Iqlim  o`zgarishi  bu  vahimali 




25 

 

raqamlardan  tashqari,  bevosita  yana  ham  vayron  qiluvchi  –  «Fojiali 



konvergensiyalar»  deb  ataluvchi  hodisalar  bilan  birga  kechadi.  Siyosiy 

zo`ravonlik,  davlat  to`ntarilishi,  hatto  fuqarolar  urushi  kabi  siyosiy  portlashlar 

(Yaqin Sharq, Afrika mamlakatlari, Yaman, Sudan va boshqalar) oqibati yana ham 

vayron  qiluvchi  kuchga  aylanadi.  2012  yilda  Butundunyo  iqtisodchilar  forumida 

iqlim  o`zgarishi,  oziq-ovqat,  toza  suv  bilan  ta’minlashdagi  yetishmovchiliklar, 

shuningdek  energoresurs  va  qishloq  xo`jalik  mahsulotlari  narx-navolarining 

beqarorligi  bilan  bog`liq  bo`lgan  krizislar  global  nuqtayi  nazardan  beshta  asosiy 

xavf-xatarga kiritildi. 

Ob-havo  va  iqlim  nima?  Ob-havo  ma’lum  hududdagi  atmosferaning  10-12 

kilometr balandlikda bir vaqtdagi, bir kunlik fizik holatini ifodalaydi. Ob-havoning 

qator meteorologik kattaliklariga havo harorati, havo namligi, havo bosimi, shamol 

tezligi  va  yo`nalishi,  bulutlar  va  turli  atmosfera  yog`inlari  turi  va  jadalligi,  nurli 

energiya  va  issiqlik  oqimlari  kabilar  kiradi.  Iqlim  esa  ma’lum  bir  hududdagi  ob-

havoning  ko`p  yillik  rejimi  bilan  ifodalanib,  joyning  geografik  kengligi,  yer  usti 

tuzilishi  (orografik,  relyef),  dengiz  sathiga  nisbatan  balandligi,  okeanga  nisbatan 

uzoq  yoki  yaqinligi  va  boshqa  qator  omillar  bilan  aniqlanadi.  Yerning  yuzasida 

atmosfera yoki havo qoplami mavjud, undan biz nafas olamiz va usiz  yerda hayot 

bo`lishi mumkin emas. Har bir kishi bir kecha-kunduzda 1 kilogramm oziq-ovqat, 

3 litr suv va 12 kilogramm havo iste’mol qiladi. Yer atmosferasi yigirmaga yaqin 

gaz  aralashmasidan  tashkil  topgan.  Ularning  asosiy  qismi  –  azot  va  kisloroddan 

hamda suv bug`i, azon va mutlaq holatda turuvchi chang va boshqa aerozollardan 

iborat. Ob-havoni kuzatish meteorologik stansiyalarda olib boriladi. Meteorologik 

kuzatishlar kun davomida har 3 yoki 6 soatda olib boriladi. Bunday bir vaqtda olib 

borilgan  kuzatishlar  butun  dunyo  ob-havo  xizmatining  (VSP)  asosidir.  Bunday 

prinsip  meteorologik  prognozlar  tuzish  va  dovullardan  ogohlantirish  va  global 

iqlim haqidagi bilimlarni to`ldirish uchun kerak. 




26 

 


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling