Gidrologiya va gidrogeologiya
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
iqlim o'zgarishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Asosiy qism
Tuzuvchilar: D.V.Nazaraliev, k/x.f.n., dotsent; S.K. Karimov, g.f.n., dotsent; J.B. Matyakubov,assistent; Sh.B. Akmalov, assistent.
Taqrizchilar: F. Gapparov ,TIQXMMI qoshidagi ISMITI, «Suv omborlari va ularning xavfsizligi laboratoriyasi» mudiri, t.f.n. D.R.Bozorov , professor,t.f.d.
3
Talabalar mustaqil ishini tashkil qilish, nazorat qilish va talaba bilimini baholash TIMI rektorining 2009 yil 19 oktabr 241 a/f buyrug`i bilan amalga tadbiq etilgan “Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish to`g`risida” gi va 2010 yil 08 oktabr 333 a/f buyrug`i bilan amalda tabiq etilgan “Talabalar bilimini baholash reyting tizimi to`g`risida” gi buyruqlariga asosan amalga oshiriladi. O`qitish jaryonida ta’lim berish sifatini ko`tarish ishlaridan biri fanlarni o`zlashtirish uchun mustaqil ta’limni tashkil qilish va uni sifatli o`tkazishdan iboratdir. Buning sababi hozirgi kunda talabaning mustaqil ta’limiga va uni ijodiy ishlashiga, (faoliyatiga), o`quv jarayonining asosiy bir tarkibiy qismi deb qaraladi. Oxirgi takomillashtirilgan va tasdiqlangan o`quv rejalarida (OT DSTida) o`qitishning mustaqil ta’lim qismiga katta ahamiyat berilayotganligini inobatga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ushbu uslubiy ko`rsatma «Iqlimshunoslik» fanidan mustaqil ishlarini bajarish bo`yicha lotin alifbosida tayyorlangan birinchi ko`rsatma bo`lib, asosan 5141100 - “Gidrologiyasi(suv omborlarida)”, 5630100 - “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi(suv xo`jaligida)” bakalavr yo`nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo`ljallangan, undan 5450200- “Suv xo`jaligi va melioratsiya”, 5340700- “Gidrotexnika qurilishi(suv xo`jaligida)”, 5450400- “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish”, 5450100- “Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish”, 5111000- kasb ta’limlari “Suv xo`jaligi va melioratsiya” bakalavr yo`nalishlari talabalari “Gidrologiya” qismi bo`yicha mustaqil ishlarni bajarishda foydalanishi mumkin. |
ma'muriyatiga murojaat qiling