Gidrotermal konlar
Gidrotermal (gidro - suv. termos - issiqlik) konlar
Download 57.79 Kb.
|
GIDROTERMAL KONLAR
Gidrotermal (gidro - suv. termos - issiqlik) konlar deganda issiq kimyoviy eritmalardan hosil bo‘lgan konlar tushuniladi. Bu konlar aslida 500° dan 50° gacha oraliqdagi issiq suvlarning bevosita ishtirokida hosil bo‘lgan ma’danlarni o‘z ichiga oladi. Eritmalar dastavval gaz va bug‘ xolatda bo‘lib, taxminan 400° dan keyin suyuq holga o‘tadi. Natijada avval gaz holidagi eritmalar ta’sirida pnevmatolitik jarayonga mansub metasomatik o‘zgarishlar va madanlanish sodir bo‘lib, keyinchalik metasomatik va bo‘shliqlarni to‘ldirish yo‘li bilan sodir bo‘luvchi gidrotermal jarayon hosilalari shakllanadi. Gidrotermal eritmalar yuqori harorat va bosim hamda kimeviy faollik bilan tavsiflanadi. Jins darzliklari va kavaklari bo‘ylab harakatlanish natijasida ularning yuqoridagi ko‘rsatkichlari va tarkibi o‘zgarib boradi. Ma’dan konlari ham ana shunday o‘zgarishlarning ma’lum boskichlarida hosil bo‘ladi.
Gidrotermal konlar tabiatda eng ko‘p tarkalgan va juda katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Ulardan Fe, Mn,Co,Ni,W, Mo kabi kora va sifat oshiruvchi. Si. R, Zn, Sn, As, Vi, Hg, Sb kabi rangli. Au, Ag kabi asl metallar, radioaktiv (U) metallar, Se, Te kabi siyrak er elementlari, flyuorit, barit, tog‘ billuri, island shpati, magnezit, asbest kabi nometall va boshqa foydali kazil-malar olinmokda. Gidrotermal konlarning hosil bo‘lish jarayonlari ancha murakkab bo‘lganidan ularni o‘zaro keskin farqqiluvchi ikki toifaga ajratib o‘rganish joizdir. Konlarning 1-1,5 km dan to 5-7 km gacha chuqurlikda joylashib magmatik jins massivlari bilan bog‘liq bo‘lgan xillari plutonogen konlar deb ataladi. Agar konlar chukurligi 1-1,5 km dan oshmaydigan oraliqda vulqon yoki subvulqon magmatik jins tanalari bilan bog‘liq xolda hosil bo‘lsa ularni vulqonogen konlar deb atash odatlanilgan. Tabiatda 1-1,5 km chuqurlikda joylashib na vulqon va na pluton magmatik tanalari bilan bog‘lanmagan holda uchraydigan gidrotermal konlar xam ko‘p tarqalgan. Ularni ko‘pincha chuqurlikda joylashgan magmatik tanalar bilan aloqador bo‘lsa kerak degan taxmin qiladilar va shuning uchun bo‘lsa keraq teletermal (ya’ni issiqlikni uzatish yuli bilan hosil bo‘lgan) konlar toifasiga ajratadilar. Aslidaular past haroratli plutonogen gidrotermal konlarining o‘zginasidir. Plutonogen gidrotermal konlar.Bu konlarning nomi ularning chuqurlikda joylashgan pluton deb ataluvchi yirik intruziv massivlari bilan chambarchas bog‘langanligi bilan belgilanadi. Hosil bulish harorati bo‘yicha ular ko‘pincha uch turga bo‘linadi. Oxirgi paytda ularning ichidan gaz holidagi eritmalar hisobiga Gidrotermal (gidro - suv. termos - issiqlik) konlar deganda issiq kimyoviy eritmalardan hosil bo‘lgan konlar tushuniladi. Bu konlar aslida 500° dan 50° gacha oraliqdagi issiq suvlarning bevosita ishtirokida hosil bo‘lgan ma’danlarni o‘z ichiga oladi. Eritmalar dastavval gaz va bug‘ xolatda bo‘lib, taxminan 400° dan keyin suyuq holga o‘tadi. Natijada avval gaz holidagi eritmalar ta’sirida pnevmatolitik jarayonga mansub metasomatik o‘zgarishlar va madanlanish sodir bo‘lib, keyinchalik metasomatik va bo‘shliqlarni to‘ldirish yo‘li bilan sodir bo‘luvchi gidrotermal jarayon hosilalari shakllanadi. Gidrotermal eritmalar yuqori harorat va bosim hamda kimeviy faollik bilan tavsiflanadi. Jins darzliklari va kavaklari bo‘ylab harakatlanish natijasida ularning yuqoridagi ko‘rsatkichlari va tarkibi o‘zgarib boradi. Ma’dan konlari ham ana shunday o‘zgarishlarning ma’lum boskichlarida hosil bo‘ladi. Gidrotermal konlar tabiatda eng ko‘p tarkalgan va juda katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Ulardan Fe, Mn,Co,Ni,W, Mo kabi kora va sifat oshiruvchi. Si. R, Zn, Sn, As, Vi, Hg, Sb kabi rangli. Au, Ag kabi asl metallar, radioaktiv (U) metallar, Se, Te kabi siyrak er elementlari, flyuorit, barit, tog‘ billuri, island shpati, magnezit, asbest kabi nometall va boshqa foydali kazil-malar olinmokda. Gidrotermal konlarning hosil bo‘lish jarayonlari ancha murakkab bo‘lganidan ularni o‘zaro keskin farqqiluvchi ikki toifaga ajratib o‘rganish joizdir. Konlarning 1-1,5 km dan to 5-7 km gacha chuqurlikda joylashib magmatik jins massivlari bilan bog‘liq bo‘lgan xillari plutonogen konlar deb ataladi. Agar konlar chukurligi 1-1,5 km dan oshmaydigan oraliqda vulqon yoki subvulqon magmatik jins tanalari bilan bog‘liq xolda hosil bo‘lsa ularni vulqonogen konlar deb atash odatlanilgan. Tabiatda 1-1,5 km chuqurlikda joylashib na vulqon va na pluton magmatik tanalari bilan bog‘lanmagan holda uchraydigan gidrotermal konlar xam ko‘p tarqalgan. Ularni ko‘pincha chuqurlikda joylashgan magmatik tanalar bilan aloqador bo‘lsa kerak degan taxmin qiladilar va shuning uchun bo‘lsa keraq teletermal (ya’ni issiqlikni uzatish yuli bilan hosil bo‘lgan) konlar toifasiga ajratadilar. Aslidaular past haroratli plutonogen gidrotermal konlarining o‘zginasidir. Plutonogen gidrotermal konlar.Bu konlarning nomi ularning chuqurlikda joylashgan pluton deb ataluvchi yirik intruziv massivlari bilan chambarchas bog‘langanligi bilan belgilanadi. Hosil bulish harorati bo‘yicha ular ko‘pincha uch turga bo‘linadi. Oxirgi paytda ularning ichidan gaz holidagi eritmalar hisobiga hosil bo‘ladigan o‘ziga xos tur greyzen konlari ajratilmoqda. Shunday qilib, endilikda xech shubhalanmay quyidagi to‘rt turni ajratish mumkin: Greyzen konlari (500°-400°); Yuqori haroratli gidrotermal konlar (400°-300°); O‘rta haroratli gidrotermal konlar (300°"200°); Past haroratli gidrotermal konlar (200°-50°). Vulqonogen gidrotermal konlar.Vulqon jarayonlari bilan chambarchas genetik bog‘lanishda hosil bo‘lgan konlar vulqonogen konlar deb ataladi. Bunday konlar odatda er yuzidan 1 km gacha chuqurlikda joylashib, vulqon qurilmalarining turli strukturalariga xududan yondoshgan bo‘ladi. Vulqonogen konlar ichida hozirda o‘zaro farqlanuvchi subvulqon va eksgalyasion yoki vulqon konlari deb nom olgan ikki mustaqil tur ajratiladi. O‘rab turuvchi jins o‘zgarishlaridan propilitlanish, alunitlanish, kaolinlanish eng keng tarqalganlardandir. Propilitlanish past haroratli o‘zgarish bo‘lib, bazalt, andezit, datsit kabi effuziv jinslarga xosdir. Bunda birlamchi qoramtir minerallar (shox aldamchisi, piroksen, biotit)bo‘yichaxlorit va epidot rivojlanadi. Shu bilan bir qatorda seritsit, pirit, karbonatlar qo‘shilib, shishasimon teksturadagi jinslar donador strukturaga aylanadi. Propilitlanish ko‘kimtir tusga ega bo‘lib, ko‘pincha past haroratli oltin va kumush konlarida hosil bo‘ladi. Alunitlanish (yoki achchiktoshlanish) nordon-o‘rta effuziv va tuf jinslarga xos past haroratli o‘zgarishdir. Bu o‘zgarish eritmalardagi yuqori konsentratsiyam ega bo‘lgan sulfidlar miqdoriga to‘g‘ri proporsional ravishda ro‘y beradi. Alunitning uzi sanoatda alyuminiy xom ashyosigina bo‘libqolmay, oltin, mis, polimetall va boshqa konlarning vulqonogen konlari uchun ishonchli belgi xamdir.hosil bo‘ladigan o‘ziga xos tur greyzen konlari ajratilmoqda. Shunday qilib, endilikda xech shubhalanmay quyidagi to‘rt turni ajratish mumkin: Greyzen konlari (500°-400°); Yuqori haroratli gidrotermal konlar (400°-300°); O‘rta haroratli gidrotermal konlar (300°"200°); Past haroratli gidrotermal konlar (200°-50°). Download 57.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling