Gidrotermal konlar
burmalarni, ekran hosil qiluvchi jinslarni kuzatish maqsadga muvofiq
Download 57.79 Kb.
|
GIDROTERMAL KONLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bundan tashqari mis, qo‘rg‘oshin, rux, mishyak, surma kabi ele- mentlarning oksidlangan minerallarining uchrashi gidrotermal konlar- ning oksidlanish zonasi joylashganidan darak beradi.
burmalarni, ekran hosil qiluvchi jinslarni kuzatish maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Bulardan tashqari tog‘ jinslarida kechadigan turli xil gidro- termal o‘zgargan jinslar – greyzenlar, seritsitlar, berezitlar, listvenit- larning uchrashi gidrotermal konlarning joylashganidan habar beruv- chi geologik belgi hisoblanadi. Vulkanogen gidrotermal konlarni izlab topish va o‘rganishda o‘sha hududda keng tarqalgan vulkanogen jinslarga (andezitlar, datsitlar, riolitlar, bazaltlar) ahamiyat berish zarur bo‘ladi. Bunday jinslarning kremniylashishi, kaolinlashishi, ba’zan karbonatlashishi, ularda alunit, kaolinit, flyuorit, barit, kvars, xalsedon, opal kabi mine- rallarning uchrashi vulkanogen gidrotermal konlar uchun xos bo‘lgan belgilar hisoblanadi. Bundan tashqari mis, qo‘rg‘oshin, rux, mishyak, surma kabi ele- mentlarning oksidlangan minerallarining uchrashi gidrotermal konlar- ning oksidlanish zonasi joylashganidan darak beradi.idan darak beradi. Gidrotermal konlar (gidro... va yun. therme —issiq, qaynoq) —Yer qaʼrida harakatlanadigan qaynoq suvli eritmalarning choʻkmasidan hosil boʻlgan foydali qazilma konlarining yirik guruhi. Gidrotermal eritmalardagi suv manbai 4 guruhga boʻlinadi: 1) magmatik suv —magma soviyotganda va undan togʻ jinslari kristallanayotganda ajralib chiqadi; 2) metamorfik suv —Yer poʻstining chuqur zonalarida tarkibida suv mavjud boʻlgan minerallarning qayta kristallanishidan hosil boʻladi; 3) dengiz choʻkindi jinslari gʻovaklarida saqlangan va Yer poʻstidagi siljishlar yoki ichki temperatura taʼsiridan harakatlanadigan suv; 4) oʻzidan suv oʻtkazuvchi jinslar orqali Yerning chuqur qismlariga yetib boradigan meteor suv. Eritmadagi mineral moddalarning choʻkishidan shakllangan G.k. soviyotgan magmadan ajralishi mumkin. Qaynoq suvli eritmalar turli kimyoviy elementlar (uchuvchan komponentlar)ga boy. Bu eritmalarning dastlabki temperaturasi 700—600° boʻlib, asta-sekin soviydi va 50—20° gacha pasayadi. Koʻpincha Gidrotermal konlarda eng koʻp ruda hosil boʻlishi 400-100° intervalda sodir boʻladi. Bu eritmalar asosan yoriqlar boʻylab harakat qiladi. Yer yuziga chiqish paytida ulardagi bosim va temperatura pasayib, togʻ jinslarining boʻshliq va darzliklarida turli minerallar kristallanadi. Eritmalar baʼzan oʻzida ohaktosh, dolomit va b.ni eritib, qayta kristallanib, tomirsimon yoki qatlamsimon Gidrotermal konlar hosil qiladi. Rudaga boy qaynoq eritmalar togʻ jinslari bilan reaksiyaga kirishib, ularni oʻzgartiradi. Gidrotermal konlarning koʻpchiligi antiklinal burmalarning gumbaz qismidan kesib oʻtgan yoriqlarda joylashadi. Yoriqlarning qaynoq eritmalar bilan toʻlishi natijasida ularga moslashgan shakli va hajmi turlicha Gidrotermal konlar hosil boʻladi. Gidrotermal konlarning shakli va hajmi ular joylashgan togʻ jinslarining tarkibi, strukturasi va yotish holatiga bogʻliq; koʻpincha tomir, shtokverk qatlamsimon va notoʻgʻri shaklda uchraydi. Gidrotermal konlarni sulfid, oksid, sof elementlar, volframat, karbonat va silikatlar tashkil qiladi. Gidrotermal konlarda rudali minerallar notekis tarqalgan, baʼzan faqat ogʻir metallar sulfididangina iborat. Tarkibidagi asosiy rudaning koʻpligiga qarab Gidrotermal konlarning quyidagi asosiy ruda xillari ajratiladi: 1) sulfid rudalar —mis, rux, qoʻrgʻoshin, molibden, vismut, nikel, kobalt, surma, simob konlari; 2) oksid rudalar — temir, volfram, tantal, niobiy, qalay, uran konlari uchun mansub; 3) karbonat rudalar, baʼzi bir temir va marganes konlariga xos; 4) sof rudalar — oltin va kumush; 5) silikatli, nometall konlar (asbest, slyuda), shuningdek baʼzi bir nodir metall (berilliy, litiy, toriy, kamyob elementlar) konlarini hosil qiladi. Download 57.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling